Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimovaning Buxorodagi uchrashuvlari davom etmoqda.


✅ Bugun vazir E‘zoza Karimova ishtirokida Olot tumanidagi 12-maktabda "Vazir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nargiza Ne‘matova ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchi yoshlar o‘z fikr-mulohaza hamda tashabbuslarini bildirishdi. Vazir ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berib, o‘z tavsiyalari bilan bo'lishdi.


➖ Muloqotda tashabbuskor yoshlar tomonidan:

➖ xorijda o‘qimoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun nufuzli xorijiy oliygohlarda hujjat topshirishga ko‘maklashuvchi onlayn platforma yaratish,
➖sun'iy intellekt hamda axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganish uchun qo‘shimcha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish kabi takliflar bildirildi.

🌐 Shuningdek, tadbir yakunida bir guruh faol o‘quvchilar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Olot tumani hokimligida Olot va Qorako‘l tumanlari soha rahbarlari, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan muloqot qildi.


Unda viloyat miqyosida ta’lim tizimining har bir yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, dolzarb vazifalar belgilab olindi.


🔰 Uchrashuv davomida ta’lim sohasiga oid ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan:

➖ maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish;
➖o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish;
➖o‘qituvchi va tarbiyachilar salohiyatini oshirish;
➖ “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni samarali tashkil etish;
➖ “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari sifatini oshirish;
➖ ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirish;
➖ murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish haqida so‘z bordi.

🔴 Ayni damda jarayonlar davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

📣 Hurmatli pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalar!


✅ Xabar qilinganidek, joriy yilning 1–6-may kunlari 9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun qurʼa tashlash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Tasodifiy tanlash tizimi asosida o‘tkazilgan qurʼa natijalariga ko‘ra:

➖ o‘g‘il bolalar uchun — 1-bilet;
➖ qiz bolalar uchun — 4-bilet asosida yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: har bir biletda amaliy mashqlar belgilangan bo‘lib, bunda o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, harakat texnikasi va sport madaniyati baholanadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from E’zoza Karimova
Ingliz tilidan B2 darajani zabt etgan 8 yoshli Akbaralini topdim

Olot tumaniga tashrifimiz doirasida 2-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Asadov Akbarali bilan uchrashuvimiz menda juda katta taassurot qoldirdi. Atigi sakkiz yoshda bo‘lishiga qaramay, Akbaralining ingliz tili bo‘yicha xalqaro B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritgani chinakamiga havas qilarli natijadir. Tuman hokimi Nargiza Nematova bilan birga ushbu iqtidorli o‘quvchimizni munosib taqdirladik.

Ushbu muvaffaqiyat ortida ota-onaning to‘g‘ri yo‘naltirishi va ikki yarim yillik tinimsiz mehnat yotibdi. Akbarali nafaqat tilda, balki aniq fanlarda ham ilg‘or bo‘lib, mental arifmetika bo‘yicha viloyatda birinchi o‘rinni egallagan. Uning ingliz tilidan so‘ng endigi maqsadini matematikani yanada chuqur o‘rganishga qaratgani barchamizni quvontirdi. Akbarali kabi bilimga chanqoq o‘quvchilarimizning yutuqlari shuni koʻrsatadiki, xohish va to‘g‘ri muhit bo‘lsa, bilim olishda hech qanday chegara yo‘q.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 413-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Turon kichkintoylari» bolalar teatr jamoalari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

🗣Sahna ko‘rinishlari shunchaki tomosha emas, balki bolajonlarning:
➡️Nutqini o‘stirish;
➡️Sahna madaniyatini shakllantirish;
➡️Ijodiy tafakkurini boyitishda muhim poydevordir.


➡️Kichkintoylarning sahnadagi erkin va ishonchli harakatlari barcha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM