Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#shaxmat_musobaqasi

✈️ G‘oliblar Osiyo chempionatiga boradi!

✅ Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 23-30-aprel kunlari Andijon viloyatida 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati musobaqalari oʻz nihoyasiga yetdi.

🔹 Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan yuzlab yosh shaxmatchilar ishtirok etib, oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

➖ Qizgʻin va murosasiz kechgan bahs natijalariga koʻra eng kuchli, deb topilgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan maxsus Diplom, medal hamda xorijiy davlatda oʻtkaziladigan shaxmat boʻyicha Osiyo chempionati bahslariga borish uchun taʼlim sayohati yoʻllanmalari topshirildi.


Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 “Onalar maktabi” — barkamol farzand tarbiyasida ota-onalar uchun eng yaqin ko‘makchi bo‘luvchi yangi loyiha!

➖ Farzand tarbiyasi — nafaqat oila, balki butun jamiyat kelajagini belgilovchi eng muhim poydevordir. Barkamol, sog'lom va bilimli avlodni voyaga yetkazishda oila va ta'lim muassasasi hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

🔰 Aynan shu maqsad yo‘lida ota-onalarga farzand tarbiyasida eng zamonaviy, ilmiy va psixologik yondashuvlarni o‘rgatishga qaratilgan “Onalar maktabi” maxsus platformasi (Telegram kanali) o‘z faoliyatini olib bormoqda.

💻 Ushbu platforma orqali siz qanday bilimlarga ega bo‘lasiz?
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning fiziologik, intellektual hamda ruhiy o‘sish bosqichlari bo‘yicha mutaxassislar tahlili;
Farzand bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, o‘tish davri qiyinchiliklarini yengish va ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish usullari;
Ota-onalar uchun tayyorlangan maxsus o‘rgatuvchi videolar, kognitiv qobiliyatlarni oshiruvchi mashg‘ulotlar va ekspertlar tavsiyalari;
Ilg‘or tarbiya metodlarini qo‘llayotgan ota-onalar hamda malakali pedagoglar ishtirokidagi ochiq muloqotlar.


⏰ Farzandlarimiz kamoloti yo‘lida birlashamiz va bu mas’uliyatli yo‘lda siz bilan birga bo‘lishdan mamnunmiz. Oldinda sizni farzandingiz kelajagi uchun eng zarur va foydali tavsiyalar kutmoqda.

🔗 Kanalga ulanish: https://t.me/MMTV_onalarmaktabi

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Олий_таълим

🔴 Shu kunlarda Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.


🔰 Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy rivojlanishga tayyorlash maqsadida sinov jarayonlari tashkil etildi.

Ushbu tizim pedagogika OTMlari orasida ilk bor yo‘lga qo‘yilib, sinov testlari 50 ta savol asosida o‘tkazildi.

➖ Urganch Davlat Pedagogika instituti vakillari “Engineering, Technology and Mathematics – ITECX 2026” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

🔹Konferensiya doirasida muhandislik, texnologiya, matematika, sun’iy intellekt hamda STEM yo‘nalishlaridagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion yechimlar muhokama qilindi.

✅ Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan O‘zbek Milliy akademik drama teatri ishtirokida «San'at va ilm chorrahasida» nomli O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo‘minov ijod yo‘liga bag‘ishlangan kecha o‘tkazildi.

Unda keng jamoatchilik vakillari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Vazir_kubogi

🔴 Ayni damda yurtimiz bo‘ylab voleybol bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri kubogi musobaqalari davom etmoqda.

Bu haqida ommaviy axborot vositalarida va hududiy matbuot kotiblari tomonidan keng yoritilmoqda:


🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔰 Jizzax viloyati
🔰
Buxoro viloyati
🔰Namangan viloyati
🔰Farg'ona viloyati
🔰
Sirdaryo viloyati
🔰Qashqadaryo viloyati
🔰Toshkent shahri
🔰Andijon viloyati
🔰Toshkent viloyati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Ayni damda “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida "Milliy tanlov” gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda

Mazkur tanlov Davlat rahbarining tashabbusi bilan “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida yoʻlga qoʻyilgan.

🔰 Unda 2025-yil davomida loyihada yuqori natija koʻrsatgan yoshlar, maktab oʻquvchilari, talabalar, oʻqituvchilar, maktablar, oliy taʼlim muassasalari hamda loyihani rivojlantirishga hissa qoʻshgan tashkilotlar taqdirlanadi.

👉 G‘oliblar ro‘yxati bilan
quyida tanishishingiz mumkin.

Ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanmoqda:


➖ Eng faol ishtirokchi
➖100 nafar "Eng faol Informatika fani o‘qituvchilari"
➖10 nafar xorijga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Eng faol informatika fani o‘qituvchisi"
➖Eng faol Oliy ta‘lim tashkiloti
➖Eng faol maktab

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari hamda xorijga sayohat bilan taqdirlandi. Xususan:


🔹1000 nafar maktab o‘quvchi va talabalarga Noutbuk, planshet va texnikalar;
🔹100 nafar informatika o‘qituvchisiga 1000 AQSh dollaridan;
🔹10 nafar o‘qituvchi chet elga sayohat;
🔹3 ta universitetga pul mablag‘lari va
🔹2 ta eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga Prezident sovg‘asi — Elektromobil.

🔴 Taqdirlash marosimini JONLI EFIRDA tomosha qiling.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda KOICA hamkorligida o‘yinga asoslangan ta’limni joriy etishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlari bevosita kuzatilib, seminar muvaffaqiyatli yakunlandi.


🟢Seminar davomida o‘yinga asoslangan ta’limning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek bolalarda ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM