Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Йил_тарбиячиси

🔴 Ayni damda yurtimiz bo‘ylab "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining ikkinchi — viloyat bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 664 nafar direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilari ishtirok etishmoqda.


⏰ Jarayonlar 8-mayga qadar davom etadi.

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔹Surxondaryo viloyati
🔹
Xorazm viloyati
🔹Samarqand viloyati
🔹
Sirdaryo viloyati
🔹Jizzax viloyati

🔰 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

✅ Maktab oʻquvchilari davomatini “aqlli” kameralar orqali aniqlash boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan xabarlar koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda.


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 18-sentabrdagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga koʻra:

➖ maktab oʻquvchilarining davomati sinf miqyosida fan oʻqituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan “e-maktab” platformasi orqali har kuni belgilab boriladi.

Nizomga asosan:

➖ maktabda faoliyat yurituvchi inspektor-psixolog tomonidan sababsiz dars qoldiruvchi oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga dastlab oʻrnatilgan tartibda rasmiy ogohlantirish xati yuboriladi.

👉 Bunda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan oʻquvchining maktabga taʼlim olishi uchun muntazam borishini taʻminlash soʻraladi hamda mazkur qonuniy talabni bajarmaslik ularga nisbatan tegishli qonuniy javobgarlik belgilanishiga sabab boʻlishi haqida ogohlantiriladi.

🔹 Shuningdek, oʻquvchilarning muntazam ravishda darslarga qatnashmaslik holatlari aniqlanganda, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra tegishli javobgarlikka tortish chorasi koʻriladi.

❗️Aytish lozimki, ayni vaqtda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ayrim maktablarga sinov tariqasida oʻrnatilayotgan “aqlli” kameralar mazkur jarayonlarni yanada samarali tashkil etishda maktab maʼmuriyatiga katta koʻmak berishi, tabiiy.

Bu esa nafaqat, maktab jamoasi, balki ota onalarning ham oʻz farzandlarini taʼlim olishi va darslarga qatnishishini onlayn nazorat qilish, shuningdek, ularning xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉 Maʼlumot uchun: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasidan:

➖ ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda;

➖ xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз
#3_savolga_3_javob

❓ Men oʻzimiz yashab turgan koʻp qavatli uyning pastki qavatida xususiy bogʻcha ochmoqchi edim. Eshitishimcha, bunda qaysidir soliq toʻlovlari uchun imtiyozlar belgilanibdi, shu haqida maʼlumot berib oʻtsangiz.


✅ Albatta, Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida bir qator, xususan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan nodavlat bogʻchalar uchun ham soliq imtiyozi qayd etib oʻtilgan.

👉 Unga koʻra, 2026-yil 1-apreldan 2030-yil 1-yanvarga qadar:

➖ respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida 5 foiz etib belgilangan.


🔹 Ammo eʼtibor berish lozimki, ushbu imtiyoz faqat koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno).

❓ Men hozir 20 yoshdaman, maktabning faqat 7-sinfini tugatganligim uchun bu yil oʻtkazilayotgan eksternat tartibidagi imtihonda qatnashyapman. Savolim, joriy yilda oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish uchun shu yilning oʻzida 9- va 11-sinf attestatlarini olsam boʻladimi?


✅ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan “Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti” talablariga muvofiq:

➖ bir fuqaro bir yilning oʻzida 9-sinf va 11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlardan oʻtkazilmaydi.

👉 Shu sababli siz joriy yilda faqat 9-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishingiz mumkin. Mazkur imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtib, 9-sinf shahodatnomasini olganingizdan soʻng, keyingi yili 11-sinf doirasida eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

❓Ikki nafar o‘g‘lim bor, joriy yilda ularning birini Prezident maktabiga, birini Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kiritish uchun hujjat topshirmoqchimiz. Eshitishimcha, bu maktablarda darslar faqat ingliz tilida olib borilar ekan, shu toʻgʻrimi?


✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Prezident maktablarida taʼlim jarayoni:


➖ STEM (matematika, fizika, kimyo, kompyuter taʼlimi, biologiya, tabiiy fanlar, zamonaviy yondashuv) fanlaridan — ingliz tilida;

➖ umumtaʼlim (ona tili, tarix, tarbiya, geografiya, sanʼat, jismoniy tarbiya, musiqa, madaniyat, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik) fanlaridan — oʻzbek tilida;

👉 shuningdek, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida:

➖ IB fan guruhiga kiruvchi (ingliz tili, xalqaro siyosat, biznes menejment, iqtisodiyot, kimyo, biologiya, fizika, kompyuter taʼlimi, matematika) fanlardan — ingliz tilida;

➖ umumtaʼlim (Oʻzbekiston tarixi, tarbiya, jismoniy tarbiya, oʻzbek tili va adabiyoti) fanlaridan — oʻzbek tilida olib boriladi.

👉 Maʼlumot uchun: Prezident maktablariga oʻquvchilar 5-sinfdan, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 9-sinfdan qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_toifasi

📣 Hurmatli jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari!


✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining 2026-yil 7-apreldagi tegishli qoʻshma qarorida umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani pedagog kadrlarining oʻquv fanidan malaka sinovlari amaliy imtihoni Sport vazirligi tomonidan oʻtkazilishi belgilangan.

➖ Unga koʻra, ushbu amaliy imtihon sinovlari joriy yilning 12 — 20-may kunlari oʻtkazilishi belgilandi.

📍 Amaliy imtihonlarda ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

👉 Mazkur imtihonlarni oʻtkazish manzillari hamda tegishli sanalar bilan
quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya

🔴 Ayni damda yurtimiz bo‘ylab pedagoglarning malaka toifasi uchun sinovlar davom etmoqda.

Unda ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘qituvchilarimiz ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Jumladan:


🔹Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 243-maktabning davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi Islom Sulaymonov — 82 ball;

🔹Toshkent viloyati, Piskent tumanidagi 27-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Izzatilla To’raqulov — 94 ball.

➖ Mazkur sinovlarda qatnashayotgan ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan pedagoglar (maxsus guvohnomaga ega) uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

🔰 Ular test sinovlarida o‘zlariga biriktirilgan yordamchilar bilan ishtirok etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 588-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Turon kichkintoylar” teatri faoliyat boshladi.

🫥“Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostidagi ushbu loyiha ota-onalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Teatr mashg‘ulotlari bolalarning nutqi, sahna madaniyati va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#VazirKubogi

✅ Respublikamizning barcha hududlarida qizg‘in tarzda tashkil etilgan voleybol bo’yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqalarining birinchi bosqichi yakunlandi.

🔰 Unda 110 ming nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.


⏰ Musobaqaning dastlabki bosqichi haqida batafsil INFOGRAFIKAda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✈️DIQQAT, EʼLON!

✈️Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida tozalash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

✈️Shu munosabat bilan 25-apreldan 1-maygacha “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilar uchun kirish toʻxtatiladi. Bu kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududiga kirish mumkin boʻladi.

✈️6-maydan 8-may kunlari esa “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.

✈️Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi maʻmuriyati

✈️Telefon raqamlari: 71-203-03-86; 71-203-03-81

🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GERIO_2026
#Opening_ceremony

GERIO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi!


🖼 Bugun azim Toshkentda Buyuk sharq renessansi Xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

✅Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari A.Turdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori O.Xasanov, Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, mutassaddilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.


➖ Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayotgan mazkur olimpiadada buyuk allomalarning tarixiga oid ma’lumotlar boʻyicha tashkil etilmoqda.

📢Olimpiadaga Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlaridan kelgan hamda Oʻzbekiston vakillaridan iborat jami 40 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.

❗️ Ochilish marosimidan soʻng olimpiada sinov jarayonlariga start beriladi hamda 2 turda oʻtkaziladi.

🌐 Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.

👉 Olimpiada so‘nggida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

➡️Ayni damda Respublikamiz bo’ylab “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining hududiy bosqichi o’tkazilmoqda.

➕ Bugun jarayonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida tashkil etildi.

◀️Tanlovning respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta’lim sayohatini qo’lga kiritadi.

⬇️Videolavhada Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan jarayonlar aks etgan.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM