Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Germaniya Tashqi ishlar federal idorasi huzuridagi Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA) Bo‘lim boshlig‘i Y. Luts Kassner bilan uchrashdi.

Unda mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda qo‘shma dastur va loyihalar haqida so’z bordi.


➖ Xususan, umumta’lim maktablarida nemis tilini o‘qitishni rivojlantirish borasida Germaniyaning turli tashkilotlari bilan olib borilayotgan hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘z navbatida, Y. Luts Kassner O‘zbekiston maktablarida nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va uni o‘qitish darajasini yuqori baholab, mazkur yo‘nalishda ZfA hamkor maktablarida samarali va izchil hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.


🔰 Shuningdek, O‘zbekistondagi ZfA-hamkor maktablariga nemis tili bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

🌐 Tomonlar ZfA tizimiga nomzod maktablar sonini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_toifasi
#Диққат_эълон

📣 Hurmatli malaka sinovlarida qatnashayotgan pedagoglar!


✅ Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 27-aprel kuni matematika fanidan oʻtkazilgan malaka toifa sinovlari vaqtida soat 13:30 dan boshlab texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ustozlar jarayonlarni belgilangan vaqtda yakunlay olmagan.

📍 Shu munosabat bilan, mazkur pedagoglar uchun matematika fanidan malaka (test) sinovlari joriy yilning 13-may kuni qo'shimcha o‘tkaziladi (27-aprel kuni soat 8:00 dan 13:30 gacha testni to‘liq yakunlagan pedagoglar bundan mustasno).

➖ Bu haqida pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga ham tegishli xabarnomalar yuboriladi. Test sinovlari belgilangan mazkur manzillarda oʻtkaziladi.

Hurmatli pedagoglar!


❗️Eslatib oʻtamiz: siz mazkur qayta test sinovlarida qatnashish orqali oʻzingizning avvalgi natijangiz bekor boʻlishi hamda keyingi natijalaringizga rozi ekanligingizni bildirgan boʻlasiz.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gʻalaba bogʻiga sochilgan maktublar

Urush iztiroblari va tinchlik qadrini oʻzida aks ettirgan maskan – Gʻalaba bogʻidagi ogʻriqli maktublarni oʻqiymiz.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Eslatma: videokontent yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.

Kelajak soati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitob_karvoni

✅  Bugun poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Buyuklar izidan – kelajak sari” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

➖ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi hamda keng jamoatchilik vakillari, kitobxon yoshlar ishtirok etdi.

🔹 Tadbirda “Buyuklar haqida 100 dalil” va “Temurbek” kitoblarini
(jami 112 500 dona) oʻz ichiga olgan “Kitob karvoni”ni hududlarga yuborish marosimi bo‘lib o‘tdi.


👉  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan mazkur adabiyotlar vazirlik tomonidan yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktab kutubxonalariga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Samarqand

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqand viloyatidagi tuman va shahar MMTB rahbarlari bilan muloqot qildi.

Unda maktabgacha ta’lim sohasida qamrovni kengaytirish, xususan MTT lar mavjud bo‘lmagan hududlarda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🔹 Shuningdek, tumanlarda faoliyat yuritayotgan “Ilk rivojlanish” markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

➖ Vazir o‘z nutqida hokimliklari bilan hamkorlikda tadbirkorlar o‘rtasida Davlatimiz rahbarining PF-19 sonli qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

🌐 Shuningdek, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlariga to‘liq jalb etish, 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish hamda 11-sinf o‘quvchilarini oliy ta’limga tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

🔰 Bundan tashqari, viloyatdagi mavjud vakant ta’lim muassasalari direktorligi lavozimlariga menejerlik sertifikatiga ega malakali nomzodlarni tayinlash orqali boshqaruv samaradorligini oshirish masalasiga alohida urg‘u berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BMO_2026
#Xalqaro_olimpiada

BMO 2026. Tarixiy natija — 5 ta OLTIN MEDAL!


🔴Hozirda Gretsiyada 43-Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO) bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Olimpiadaning yakuniy natijalari e’lon qilindi va O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etdi:

🥇5 TA OLTIN MEDAL!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥇Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali — OLTIN MEDAL,
🥇Umarbek Ubaydullayev —Sergeli tumani IM o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Javohir Anvarov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Elshod Oʻralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Elbek Zohidjonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM o‘quvchisi — OLTIN MEDAL.

📢Ma’lumot uchun:
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada Terma jamoamiz a’zolarining natijasi Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida munosib sovgʻa boʻldi.


❗️Eslatma:
2025-yili Bosniya va Gersogovinada oʻtkazilgan 42-Bolqon Matematika olimpiadasida Terma jamoa a'zolari 1 ta oltin va 4 ta kumush medallar bilan taqdirlangan edi.

Gʻoliblarni tabriklaymiz!

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон

📣 "Jasorat maktablari"ga birinchi bosqich kirish imtihonlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi


✅ Xabar qilinganidek, joriy yilning 15-mayidan 4-iyuniga qadar "Jasorat maktablari"ga kirish uchun hujjatlar qabul qilinadi.

🔹 Mazkur maktablarga birinchi bosqich kirish imtihonlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi. Unda imtihon savollari qanday manbalarga asoslanishi, savollar turlari va ularni baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.


➖ “Jasorat maktablari”ga oʻqishga kirish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan barcha nomzod oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari ushbu spetsifikatsiya bilan tanishib chiqishi tavsiya etiladi.

👉 Spetsifikatsiya to‘liq matni bilan
quyida tanishishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM