Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#kitob_karvoni

✅  Bugun poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Buyuklar izidan – kelajak sari” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

➖ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi hamda keng jamoatchilik vakillari, kitobxon yoshlar ishtirok etdi.

🔹 Tadbirda “Buyuklar haqida 100 dalil” va “Temurbek” kitoblarini
(jami 112 500 dona) oʻz ichiga olgan “Kitob karvoni”ni hududlarga yuborish marosimi bo‘lib o‘tdi.


👉  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan mazkur adabiyotlar vazirlik tomonidan yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktab kutubxonalariga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Samarqand

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqand viloyatidagi tuman va shahar MMTB rahbarlari bilan muloqot qildi.

Unda maktabgacha ta’lim sohasida qamrovni kengaytirish, xususan MTT lar mavjud bo‘lmagan hududlarda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🔹 Shuningdek, tumanlarda faoliyat yuritayotgan “Ilk rivojlanish” markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

➖ Vazir o‘z nutqida hokimliklari bilan hamkorlikda tadbirkorlar o‘rtasida Davlatimiz rahbarining PF-19 sonli qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

🌐 Shuningdek, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlariga to‘liq jalb etish, 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish hamda 11-sinf o‘quvchilarini oliy ta’limga tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

🔰 Bundan tashqari, viloyatdagi mavjud vakant ta’lim muassasalari direktorligi lavozimlariga menejerlik sertifikatiga ega malakali nomzodlarni tayinlash orqali boshqaruv samaradorligini oshirish masalasiga alohida urg‘u berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BMO_2026
#Xalqaro_olimpiada

BMO 2026. Tarixiy natija — 5 ta OLTIN MEDAL!


🔴Hozirda Gretsiyada 43-Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO) bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Olimpiadaning yakuniy natijalari e’lon qilindi va O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etdi:

🥇5 TA OLTIN MEDAL!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥇Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali — OLTIN MEDAL,
🥇Umarbek Ubaydullayev —Sergeli tumani IM o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Javohir Anvarov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Elshod Oʻralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Elbek Zohidjonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM o‘quvchisi — OLTIN MEDAL.

📢Ma’lumot uchun:
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada Terma jamoamiz a’zolarining natijasi Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida munosib sovgʻa boʻldi.


❗️Eslatma:
2025-yili Bosniya va Gersogovinada oʻtkazilgan 42-Bolqon Matematika olimpiadasida Terma jamoa a'zolari 1 ta oltin va 4 ta kumush medallar bilan taqdirlangan edi.

Gʻoliblarni tabriklaymiz!

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон

📣 "Jasorat maktablari"ga birinchi bosqich kirish imtihonlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi


✅ Xabar qilinganidek, joriy yilning 15-mayidan 4-iyuniga qadar "Jasorat maktablari"ga kirish uchun hujjatlar qabul qilinadi.

🔹 Mazkur maktablarga birinchi bosqich kirish imtihonlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi. Unda imtihon savollari qanday manbalarga asoslanishi, savollar turlari va ularni baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.


➖ “Jasorat maktablari”ga oʻqishga kirish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan barcha nomzod oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari ushbu spetsifikatsiya bilan tanishib chiqishi tavsiya etiladi.

👉 Spetsifikatsiya to‘liq matni bilan
quyida tanishishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining qoʻshma majlisi
boʻlib oʻtdi.

🔹 Unda viloyatdagi umumtaʼlim maktablari rahbar va pedagoglar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, maktab direktorlari uchun tashkil etilgan menejerlik kurslarini oʻrganish natijalari muhokama qilindi.

➖ Yigʻilishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev ishtirok etdi hamda bu borada vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdi.

➖ Taʼkidlanganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar va pedagoglarini 5 yilda bir marta bevosita malaka oshirib kelmoqda hamda oʻtgan yilning oʻzida 125 ming nafardan ortiq xodimlar malakasi oshirildi.

🔰 2024-2026-yillarda menejerlik oʻquv kurslariga qabul qilingan 8 309 nafar tinglovchining 4 595 nafari menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan.

👉 Yigʻilish davomida umumtaʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshma qaror qabul qilindi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅O‘yinga asoslangan ta’lim: Jizzax shahridagi maktabgacha ta’lim pedagoglari tomonidan 31 ta loyiha ishlab chiqildi.

✍️Loyihalar bolalarning ijodiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilishi hamda ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil qilingan.

Jizzax viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtidorli_yoshlar_hayotidan

✅ Yurtimizda imkoniyati cheklangan boʻlsada, oʻz orzulari va maqsadlari sari dadil qadam qoʻyib katta natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlar koʻp.


➖ Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Shahnoza Ergasheva ana shunday umidli va iqtidorli yosh rassomlardan.

👉 Uning ijod namunalari, teran fikrlari va kelajak orzulari haqida Renessans telekanalining “Ovoza” dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabda futbol maydonini qurish uchun tamal toshi qo‘yildi

➖Bugun poytaxtimizdagi 90-maktabda o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun futbol maydoni qurilishi munosabati bilan tamal toshi qo‘yildi.

➡️Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi-vitse prezidenti Ravshan Irmatov, mahalla faollari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

◀️Maktab jamoasi va mahalla aholisi ushbu sport maydoni uzoq yillar o‘quvchilarga xizmat qilishi, futbol maydonida eng sara yoshlar tarbiyalanib, yurtimiz bayrog‘ini dunyo uzra xilpiratishi haqida samimiy tilaklar bildirdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta’lim maktabida bo‘lim tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🔴Tanlovda tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 7 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.

🏆 Natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 34-sonli eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Turdiyeva Nodira Kobilovna;
🥈 2-o‘rin — 183-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nurmatova Gulnoza Nematjon qizi;
🥉 3-o‘rin — 164-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Axrarxodjayeva Gulnoza Abdisattarovna.


➡️Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM