Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Maktabda futbol maydonini qurish uchun tamal toshi qo‘yildi

➖Bugun poytaxtimizdagi 90-maktabda o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun futbol maydoni qurilishi munosabati bilan tamal toshi qo‘yildi.

➡️Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi-vitse prezidenti Ravshan Irmatov, mahalla faollari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

◀️Maktab jamoasi va mahalla aholisi ushbu sport maydoni uzoq yillar o‘quvchilarga xizmat qilishi, futbol maydonida eng sara yoshlar tarbiyalanib, yurtimiz bayrog‘ini dunyo uzra xilpiratishi haqida samimiy tilaklar bildirdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta’lim maktabida bo‘lim tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🔴Tanlovda tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 7 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.

🏆 Natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 34-sonli eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Turdiyeva Nodira Kobilovna;
🥈 2-o‘rin — 183-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nurmatova Gulnoza Nematjon qizi;
🥉 3-o‘rin — 164-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Axrarxodjayeva Gulnoza Abdisattarovna.


➡️Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi
“2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmonida:

➖ 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga koʻchirilishi belgilangan.

👉 Shunga asosan:

➖ 2026-yil 11-may kuni — umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun (11-may kuni belgilangan) dars soatlari tashkil etiladi (boshlangʻich sinf o‘quvchilari bundan mustasno).

➖ Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2026-yil 11-may — dam olish kuni hisoblanadi.

👉 Maʼlumot uchun: nodavlat taʼlim muassasalarida dam olish kunlarini belgilash mazkur taʼlim muassasalarining oʻz ichki tartib-qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida ilk bor — “Milliy qadriyatlar targʻibotchisi” respublika tanloviga start berilmoqda!

🔰 Mazkur tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan fidoyi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishlari mumkin.

➖ Tanlovning asosiy maqsadi — maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchi-yoshlar ongida milliy qadriyatlar va vatanparvarlik fazilatlarini singdirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

📝 Tanlov jarayonlari uch bosqichda oʻtkaziladi:
➖ Birinchi (tuman/shahar) bosqich — iyun oyida;
➖ Ikkinchi (hududiy/viloyat) bosqich — avgust oyida;
➖ Uchinchi (respublika) bosqich — sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.


📊 Ishtirokchilar 3 ta asosiy shart bo‘yicha o‘zaro bellashadilar:
🔹 Hujjatlar saralashi — Tuman (shahar) bosqichida qatnashish uchun nomzodlar pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborishlari talab etiladi;
🔹 Bilim sinovi va faoliyat taqdimoti — Hududiy bosqichda nomzodlarga ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, raqamli hamda ma’naviy-ma’rifiy savodxonligi yuzasidan test savollari taqdim etiladi va amaliy faoliyati baholanadi;
🔹 Hal qiluvchi taqdimot — Respublika bosqichida nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligi boʻyicha taqdimoti o‘tkazilib, eng munosib targ‘ibotchilar aniqlanadi.

🏆 Tanlov gʻoliblari diplom, qimmatbaho esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

✨ O‘z mahoratingizni namoyon eting va sohaning eng yaxshisi ekanligingizni isbotlang!

Bizni kuzating

❤ Telegram         🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farg’ona viloyati, Qo‘qon shahridagi umumta’lim maktablarida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ota-onalar bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur jarayonlar vazirlik
mas’ullari, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan.


🔰 Ota-onalar va maktab jamoasi bilan o‘tkazilayotgan muloqotlarda farzand tarbiyasida ota-onalar mas’uliyati, ular bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan qizlarning zamonaviy ta’lim olishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari borasida dolzarb vazifalar belgilab olinmoqda.

➖ Xususan:

➖Qo‘qon shahridagi umumta’lim maktablarida “Lider qizlar” klubini tashkil etish,
➖har bir maktabda shahardagi hunarmandlar hamkorligida “Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan” shiori ostida milliy do‘ppido‘zlik to‘garaklari va milliy liboslar ko‘rgazmalarini o’tkazish,
➖o‘quvchilarning milliy qadriyatlar va an’analarimizga sodiq ruhda tarbiyalash maqsadida ko‘rgazmali seminarlar o’tkazildi.

🌐 Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mahkamova Zulayho, “Ma’rifatli ayol” targ‘ibot guruhi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
 
✅
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilxom Siradjev hamda Jahon bankining Yevropa
va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi rahbari
Rita Almeyda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Uchrashuv davomida ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning holati muhokama qilinib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

 
➖ Rita Almeyda O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalarning natijаdorligiga yuqori baho berib, Jahon banki mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
 
🌐 Uchrashuv yakunida muhokama etilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullar belgilandi va loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

Maktabgacha va maktab ta'lim vazirining tegishli buyrug'iga binoan:


➖Burxon Axmedov — Ichki audit departamenti direktori;

➖Baxadir Dadabayev — Jamoatchilik asosida vazirning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi;

➖Baxtiyor Amirov — Vazir yordamchisi;

➖Behzod Xo'jaqulov — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig'i;

➖ Xusan G'aniyev — Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boshqarmasi boshlig'i;

➖ Dilshod Yusupov — Hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi;

➖ Rustam Uktamov — Infratuzilmani rivojlantirish va binolarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi boshligʻi;

➖ Azamat Nishanov — Davlat xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi;

➖ Qahramon Almardanov — O'quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklar boshqarmasi boshligʻi;

➖ Sirojiddin Abdukarimov — Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish va sun'iy intellektni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM