Ta’lim24.uz
99.7K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#tayinlov

Maktabgacha va maktab ta'lim vazirining tegishli buyrug'iga binoan:


➖Burxon Axmedov — Ichki audit departamenti direktori;

➖Baxadir Dadabayev — Jamoatchilik asosida vazirning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi;

➖Baxtiyor Amirov — Vazir yordamchisi;

➖Behzod Xo'jaqulov — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig'i;

➖ Xusan G'aniyev — Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boshqarmasi boshlig'i;

➖ Dilshod Yusupov — Hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi;

➖ Rustam Uktamov — Infratuzilmani rivojlantirish va binolarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi boshligʻi;

➖ Azamat Nishanov — Davlat xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi;

➖ Qahramon Almardanov — O'quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklar boshqarmasi boshligʻi;

➖ Sirojiddin Abdukarimov — Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish va sun'iy intellektni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.


➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarlari, vazirlik markaziy apparati masʼul xodimlari qatnashdi hamda mazkur sananing oʻrni va ahamiyati xususida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

✅ Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Shodmonqul Salomning vatan va tinchlik mavzularidagi sheʼrlaridan tinglandi.

👉 Shuningdek, tadbirda Mudofaa vazirligining tegishli buyrugʻi asosida “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga 5 yil” esdalik yubiley medali bilan taqdirlangan vazirlikning bir guruh masʼul xodimlariga ushbu mukofotlar topshirildi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_kubogi

✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Vazir kubogi” sport musobaqasining voleybol bo‘yicha o‘qituvchi ayollar o‘rtasidagi tuman bosqichi qizg‘in va faol ishtirok ruhida o‘tdi.

🫥Videolavhada Toshkent shahar Yashnobod tumani 282-maktabning 1-o‘rinni egallagan ustozlar jamoasi aks ettirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Главный военный клинический госпиталь Вооруженных Сил, где навестил участников Второй мировой войны.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xotiravaqadrlashkuni #faxriylar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#сўраган_эдингиз
#3_savolga_3_javob

❓Prezident maktablariga 2026-2027-oʻquv yili uchun ariza topshirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?


✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Prezident maktablariga oʻqish uchun ariza topshirishda:

➖ oʻquvchining fotosurati (oxirgi 2 oy davomida tushilgan boʻlishi lozim)
➖ oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi
➖tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR kod bilan tasdiqlangan elektron tabel
➖ oʻquvchi ota-onasi (qonuniy vakili)ning pasport maʼlumotlari
➖ bogʻlanish uchun telefon raqamlari haqidagi maʼlumotlar talab qilinadi.


👉 Maʼlumot uchun: oʻquvchilar Prezident maktablariga 5-sinfdan qabul qilinadi.

❓ Prezident maktablariga hujjat topshirishda oʻquvchilarning baholariga qanday talablar qoʻyiladi?


✅ Prezident maktablariga kirmoqchi boʻlgan talabgor oʻquvchilarning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʼlo) boʻlishi kerak.


👉 Maʼlumot uchun: boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

❓ Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?


✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:


➖ aniq fanlar yoʻnalishiga — 5-sinfdan;
➖ tabiiy fanlar yoʻnalishiga — 7-sinfdan
(shuningdek mazkur maktablarning mavjud boʻsh oʻrinlariga) oʻquvchilar qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#Maktabgacha_taʼlim

✅“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2026” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari Farg‘ona, Toshkent hamda Andijon viloyatlarida yuqori saviyada yakunlandi.

📍Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan viloyat bosqichi Farg‘ona shahridagi 47-maktabda tashkil etilib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

📍Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 14-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbir ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

📍Andijon viloyatida 94 nafar yuqori malakali tarbiyachi viloyat bosqichida o‘zaro bellashib, o‘z mahoratini namoyon etdi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM