Ta’lim24.uz
99.7K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Avstriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Rodostich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.


Unda tomonlar O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashishdi.


🌐 Muloqot chog‘ida xususan, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borilayotgan loyihalar, ta’lim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish, zamonaviy infratuzilmalar hamda yangi o‘quv o‘rinlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

O‘z navbatida, elchi Mattias Rodostich O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilayotganini ta’kidladi.


➖ Shuningdek, tomonlar ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, Avstriyaning “ILF Consulting Engineers Austria GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini oshirish, mazkur yo‘nalishda ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish yuzasidan fikr almashishdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Ajdodlar xotirasini eʼzozlash, yoshi ulugʻ hamda tabarruk insonlarni qadrlash, ularga katta hurmat koʻrsatish xalqimizga xos boʻlgan azaliy qadriyatlardan biridir.

Shu maʼnoda bugun yurtimiz boʻylab keng miqyosda nishonalayotgan “9-may —Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan vatan sarhadlarini munosib qoʻriqlash va bugungi tinch va osuda kunimizni yaratishda oʻz hissalarini qoʻshgan ota-bobolarimizning yodini yana bir bor qalbdan oʻtkazishimiz xayrlidir.

Oʻzbekiston farzandlari kamoli va davlatimiz rivojida oʻz mehnati bilan katta oʻrin tutgan, sharafli kasbi ortidan bugun minglab shogirdlari qurshovida qarilik gashtini surayotgan, katta hurmat va eʼzoz topgan faxriy pedagoglarimiz ham barchamizga aziz va qadrlidir.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va mustaqil Yangi Oʻzbekistonimiz taraqqiyoti uchun umrini baxshida etgan bu kabi yuz minglab yurtdoshlarimizning nomi va xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#йўқлов_тадбири

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova hamda vazir oʻrinbosarlari ayni kunlarda yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan “9-may —Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat olib borgan mehnat faxriylari holidan xabar olishdi.

 
🔹Xususan, vazirlik markaziy apparatida bir necha yillar samarali mehnat qilgan hamda soha rivojiga oʻz munosib hissalarini qoʻshgan: 

➖ Yusupov Jamshid Karimovich (1939-yilda tugʻilgan);
➖ Shafiyev Marat Shafiyevich (1940-yilda tugʻilgan);
➖ Sultanov Tolkin Axmedovich (1947-yilda tugʻilgan)larning yashash xonadonlariga yoʻqlab borishdi hamda bugungi bayram bilan qutlashdi.

👉 Oʻtkazilgan muloqotlar davomida yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar va tizim rivoji yoʻlida qilinayotgan oʻzgarishlar xususida fikr yuritildi hamda ustoz faxriylarning o‘z hayot yoʻliga doir xotiralari tinglandi.
 
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

✅ Bugun "9-may —Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan poytaxtimizdagi Gʻalaba bog‘ida joylashgan “Matonat madhiyasi” va "Millat fidoyilari" yodgorliklari poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉 Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi ham ishtirok etdi hamda vatan tinchligi uchun jon fido qilgan bobolarimiz xotirasini yod etishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🗣Tadbir davomida “G‘alaba bog‘i”ga sayohat uyushtirilib, ajdodlar xotirasi yod etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 3-10-MAY, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida bo‘lib turibdi.


➖ Tadbirlar doirasida vazir E’zoza Karimova Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri Huay Jinpeng bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Unda sunʼiy intellektni maktablarda taʼlimiga joriy etilishida Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.


🔰Vazir Huay Jinpeng O‘zbekistondagi taʼlim islohotlarini yuqori baholadi va ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

📍 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida “Taʼlim sohasida sunʼiy intellekt bo‘yicha hamkorlik” to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

⏰ Ma’lumot o‘rnida: mazkur uchrashuvlar “Raqamli taʼlim bo‘yicha Jahon konferensiyasi—2026” doirasida amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM