✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʻzoza Karimova rahbarligidagi delegatsiya vakillari Xanchjou shahridagi “Chown Century City” eksperimental maktabi hamda “Unitree robotics” korxonasi bosh-ofisida boʻlishdi.
🔹 “Chown Century City” maktabida sunʼiy intellekt va STEM yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan innovatsion oʻquv dasturlari, zamonaviy raqamli infratuzilma va interfaol taʼlim metodikalari bilan tanishishdi.
➖ Shuningdek, mazkur maktab bilan STEM va sunʼiy intellekt taʼlimi sohasida oʻzaro dastur almashish hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
👉 “Unitree Robotics” kompaniyasi bilan STEM oʻqituvchilari va iqtidorli oʻquvchilarning mazkur kompaniya bazasida amaliyot oʻtashini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
🔴 Ayni damda yurtimiz bo‘ylab “Yilning eng faol maxsus pedagogi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
🟢 Unda ishtirokchilar o‘z bilim, tajriba va innovatsion yondashuvlarini namoyish etib, belgilangan shartlar asosida o‘zaro bellashmoqda.
➖ Fotolavhalarda Andijon, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi jarayonlar aks ettirilgan.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔴 Ayni damda yurtimiz bo‘ylab “Yilning eng faol maxsus pedagogi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
📚Mazkur tanlov maxsus va inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Koreya–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi rahbari Kim Chang Keon hamda Kvangvun universiteti va maktab guruhi boshqaruvi raisi Cho Sun Young bilan uchrashdi.
🔰 Muloqot davomida mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish yo‘nalishidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
🌐 Koreya tomoni o‘z navbatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi hamda mamlakatimizda xalqaro maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish rejalari mavjudligini ma’lum qildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM