Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Tanlov

🔴 Ayni damda yurtimiz bo‘ylab “Yilning eng faol maxsus pedagogi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

📚Mazkur tanlov maxsus va inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.


🟢Unda ishtirokchilar o‘z bilim, tajriba va innovatsion yondashuvlarini namoyish etib, belgilangan shartlar asosida o‘zaro bellashmoqda.

➖ Fotolavhalarda Andijon, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi jarayonlar aks ettirilgan.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Koreya–O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi rahbari Kim Chang Keon hamda Kvangvun universiteti va maktab guruhi boshqaruvi raisi Cho Sun Young bilan uchrashdi.


🔰 Muloqot davomida mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.


Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish yo‘nalishidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

🌐 Koreya tomoni o‘z navbatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi hamda mamlakatimizda xalqaro maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish rejalari mavjudligini ma’lum qildi.

➖ Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev joriy yilda oʻtkazilgan malaka toifa sinovlarida eng yuqori ballarni qoʻlga kiritgan bir guruh informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilari bilan uchrashdi.


➖ Mazkur pedagoglar shu yilning 12-24-may kunlari Janubiy Koreya Respublikasida safarda boʻlishadi hamda u yerda sunʼiy intellekt, zamonaviy dasturiy tizimlar va raqamli taʼlim platformalardan foydalanilgan amaliy darslarni tashkil etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishadi.

➖ Shuningdek, Janubiy Koreyadagi ilgʻor raqamli taʼlim muassasalari hamda kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

👉 Maʼlumot uchun: mazkur taʼlim safari xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “KLIC Training Program” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.
 
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya_burchagi
#Maktabgacha_taʼlim

✅Toshkent shahar Shayxontohur tumani 456-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning ekologik bilim va madaniyatini oshirish maqsadida “Ekologik burchak” hamda “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etildi.

🌱“Ekologik burchak”da bolajonlarning qo‘l mehnati asosida yaratilgan ijodiy ishlari va rasmlari jamlandi. “Ekologik yo‘lakchalar” orqali esa tarbiyalanuvchilarga o‘simlik va hayvonot olami haqida tushunchalar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PrezidentIqtidorliFarzandlari #MilliyDastur #Qabul2026

🇺🇿 "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturiga 2026–2027-o'quv yili uchun qabul kvotasi va imtihon sanasi rasman tasdiqlandi.

🇺🇿 14 hudud bo'yicha jami — 1500 ta o'rin:

➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi — 140
➡️ Andijon viloyati — 120
➡️ Buxoro viloyati — 110
➡️ Farg'ona viloyati — 150
➡️ Jizzax viloyati — 100
➡️ Namangan viloyati — 98
➡️ Navoiy viloyati — 60
➡️ Qashqadaryo viloyati — 120
➡️ Samarqand viloyati — 140
➡️ Sirdaryo viloyati — 80
➡️ Surxondaryo viloyati — 106
➡️ Toshkent viloyati — 120
➡️ Xorazm viloyati — 100
➡️ Toshkent shahri — 56

🖌 Ariza qabul qilish muddati: 2026-yil 15-maydan 4-iyungacha. Ariza onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

🔴 Eslatib o'tamiz: dasturga qabul imtihonlari bo'yicha spetsifikatsiya avvalroq e'lon qilingan edi.

🔴 Saralash imtihoni — 2026-yil 2-iyul.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz yoki savolingizni @piftuzbot botiga yo'llashingiz mumkin.


Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM