✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarlari Temur Komilov va Farhod Boqiyev ishtirokida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining taʼlim tashkilotlariga xavfsiz kelib ketishini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
➖ Yigʻilishda qayd etilganidek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining yoʻllarda xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
🔹 Xususan, tarbiyalanuvchilar uchun “Yoʻl harakati qoidalari” taʼlim oʻyini va yoʻl harakati qoidalariga oid targʻibot materiallari ishlab chiqilgan va joylardagi barcha taʼlim maskanlariga yetkazilgan.
👉 Tadbirda bolalarning taʼlim muassasalariga kelib ketish jarayonida noxush holatlarga duch kelmaslik va bunda belgilangan tartib va qoidalarga doimiy amal qilib borish boʻyicha hududiy masʼullar oldiga zarur vazifalar belgilab berildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Eʻzoza Karimova rahbarligidagi delegatsiya vakillarining Xitoy Xalq Respublikasidagi uchrashuvlari davom etmoqda.
Tashrifning uchinchi kuni Shanxay shahrida soha istiqbolini belgilovchi strategik kelishuvlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan muloqotlarga boy bo‘ldi.
🔹 Xususan, YUNESKOning II toifali “O‘qituvchilar taʼlimi markazi” (TEC) bosh direktori Chjan Minxsyuan bilan muloqot bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent shahrida YUNESKO shafeligi ostidagi II-toifali “Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi”ni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolashga va poytaxtimizda pedagoglarning professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi “Pedagog maqomini yuksaltirish qo‘shma markazi” tashkil etilishi bo‘yicha kelishib olishdi.
Eng muhim yangiliklardan biri — 2026-yil sentabr oyidan boshlab o‘qituvchi va talabalar uchun qisqa muddatli xalqaro almashinuv dasturlarining yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi. Bu tizim kadrlarimizning xalqaro tajriba almashish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
🔰 Tashrif doirasida Shanxay pedagogika universiteti va Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan sunʼiy intellekt hamda xitoy tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish belgilandi.
Shuningdek, “O‘zbek-Xitoy pedagogik oliy taʼlim muassasalari” alyansining tashkil etilishi ikki mamlakat ta’lim tizimlarini o‘zaro yaqinlashtiruvchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таьлим
📊 Unda Respublikamiz bo‘ylab tanlovning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 664 nafar direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.
➖ oliy maʼlumotli ishtirokchilarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi;
➖oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.
____
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM