Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

✅ Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


➖ Konferensiya ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEFning O‘zbekistondagi ta’lim bo‘yicha rahbari Alberto Biancoli hamda boshqa qator xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔹 Tadbirda rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan hamkorlik ishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

➖ Tadbirning tantanali taqdirlash marosimida vazir E’zoza Karimova qatnashib, tizimda olib borilayotgan islohotlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.

🔰 Shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida faol ishtirok etib, samarali faoliyat yuritgan bir guruh pedagoglar “Xalq ta’limi a’lochisi” va "Xalq taʼlimi fidoyisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi hamda qator faol pedagoglarga tashakkurnomalar berildi.

👉 Shu kuni, tadbir doirasida rahbar va pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida amalga oshirilgan ishlar, ishlab chiqilgan o‘quv adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#1_kun

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Yangi Oʻzbekiston-yangicha ta'lim" shiori ostida oʻtkazilayotgan Respublika seminarining birinchi kunidan videolavha.
________

➖ Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati
➖ Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati

Jarayonlar OAVda ham keng yoritilmoqda:


🔹
UzA
🔹Rasmiy axborot
🔹
Farg‘ona viloyati hokimligi
🔹
O‘zbekiston ta’limi
🔹
Ferganamedia.uz
🔹
Zamon.uz

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, 10-DMTTda bolalarni kichik yoshdan tabiatni sevish va uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga qaratilgan turli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

🌿Mashg‘ulotlar davomida bolajonlar ekologik bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egallamoqda. Gullarni parvarish qilish, daraxtlarga g‘amxo‘rlik qilish va atrof-muhitni ozoda saqlash orqali ularda tabiatga mehr tuyg‘usi shakllanmoqda.


Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi tomonidan “Taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosiga zamonaviy yondashuvlar: tuman va shaharlar misolida” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.


➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov va vazirlikning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

🔹 Seminarda Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanida taʼlimni zamonaviy asosda yoʻlga qoʻyish, yoshlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga oʻqitish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash borasidagi ish tajribasini mamlakatimizning boshqa hududlarida ham joriy etish masalasi muhokama qilindi.

👉 Shuningdek, mazkur vazifalarni amalga oshirishda vazirlik hamda mahalliy hokimliklarning oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish boʻyicha muhim rejalar belgilab olindi.

Bizni kuzating
:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#2_kun

✅ Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston — yangicha ta’lim” mavzusidagi Respublika seminarining ikkinchi kuni boshlandi.

Dastlab ishtirokchilar uchun Farg‘ona shahridagi 2-maktabda muloqot tadbiri tashkil etildi.


🔹 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Farg‘ona shahar hokimligi mas’ullari va tadbir ishtirokchilari qatnashdi.

➖ Shundan so‘ng, hududdagi 66- va 67-maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga bag’ishlangan taqdimotlar hamda amaliy tur bo‘lib o‘tdi.

🔰 Jarayonlar davomida mazkur muassasalardagi bolajonlarni kasb-hunarga yo‘naltirish doirasidagi ishlar, xususan, kulolchilik, kashtachilik, pishiriq pishirish, robototexnika, rassomchilik, “Qo’lqopli teatr” hamda “Turon kichkintoylari” to’garaklaridan jarayonlar namoyish etildi.

Mas’ullar tomonidan har bir to’garak faoliyati, kutilayotgan natijalar va xorijiy tajriba haqida batafsil ma’lumot berildi.

❗️ Ta’kidlash joiz, ushbu MTTlarda bolalarning erkin o‘yin faoliyatini ta’minlash ko’zda tutilgan.

Shuningdek, MTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida futbol, boks va gimnastika o’yinlari bo’lib o‘tdi.

🌐 JONLI EFIR

#Фарғона

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM