✅ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi tomonidan “Taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosiga zamonaviy yondashuvlar: tuman va shaharlar misolida” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov va vazirlikning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
🔹 Seminarda Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanida taʼlimni zamonaviy asosda yoʻlga qoʻyish, yoshlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga oʻqitish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash borasidagi ish tajribasini mamlakatimizning boshqa hududlarida ham joriy etish masalasi muhokama qilindi.
👉 Shuningdek, mazkur vazifalarni amalga oshirishda vazirlik hamda mahalliy hokimliklarning oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish boʻyicha muhim rejalar belgilab olindi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_kun
✅ Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston — yangicha ta’lim” mavzusidagi Respublika seminarining ikkinchi kuni boshlandi.
Dastlab ishtirokchilar uchun Farg‘ona shahridagi 2-maktabda muloqot tadbiri tashkil etildi.
🔹 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Farg‘ona shahar hokimligi mas’ullari va tadbir ishtirokchilari qatnashdi.
🔰 Jarayonlar davomida mazkur muassasalardagi bolajonlarni kasb-hunarga yo‘naltirish doirasidagi ishlar, xususan, kulolchilik, kashtachilik, pishiriq pishirish, robototexnika, rassomchilik, “Qo’lqopli teatr” hamda “Turon kichkintoylari” to’garaklaridan jarayonlar namoyish etildi.
Mas’ullar tomonidan har bir to’garak faoliyati, kutilayotgan natijalar va xorijiy tajriba haqida batafsil ma’lumot berildi.
❗️ Ta’kidlash joiz, ushbu MTTlarda bolalarning erkin o‘yin faoliyatini ta’minlash ko’zda tutilgan.
Shuningdek, MTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida futbol, boks va gimnastika o’yinlari bo’lib o‘tdi.
🌐 JONLI EFIR
#Фарғона
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Hududlarga safarlarimiz – Prezident topshiriqlari ijrosining qat’iy nazorati va joylardagi har bir muammoga qaratilgan e’tibordir. Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli, ularni zudlik bilan ta’mirlash talab etiladi. Bu bolalarimizning kelajagi uchun zarur.
1977-yilda ochilgan 21-sonli bolalar bog‘chasi qaytadan quriladi, 46 ming nafar odamga xizmat ko‘rsatadigan 9-sonli poliklinika uchun esa yangi bino barpo etiladi. Hozirda mazkur muassasa 1972-yilda qurilgan, tibbiy standartlarga javob bermaydigan binoda – kam ta’minlangan fuqarolar uchun mo‘ljallangan yotoqxonada joylashgan. Ushbu bino ham to‘liq ta’mirlanadi va u yerda yashovchilarning sharoitlari yaxshilanadi.
Bundan tashqari, ikki yil ichida viloyatning chekka tumanlarida joylashgan yana 36 ta poliklinikani rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
—
Наши поездки — это строгий контроль поручений Президента и внимание к каждой местной проблеме. В Бухаре мы осмотрели детсады и поликлиники, чьё плачевное состояние требует срочного ремонта ради будущего детей.
Будет заново отстроен детский сад № 21, открытый в 1977 году, а для поликлиники № 9, обслуживающей 46 тысяч человек, планируется возвести новое здание. Сейчас она расположена в старой постройке 1972 года, которая не соответствует медицинским стандартам. К тому же в ней находится общежитие для малообеспеченных семей. Сама постройка будет полностью отремонтирована, и жилищные условия для проживающих улучшены.
Также в ближайшие два года намечена реконструкция ещё 36 поликлиник в отдалённых районах области.