🔴 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
🔹Joriy yilning 15–16-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvension markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔹Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 532-son qarori ijrosi doirasida Adliya vazirligi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
🔹Tanlovning respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 nafar huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🔹Ishtirokchilar test sinovlari, huquqiy bilimlar bo‘yicha blits-savollar hamda taqdimot shartlari asosida o‘zaro bellashdilar.
🔹Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, 1-o‘rin uchun 30 million, 2-o‘rin uchun 20 million hamda 3-o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
📌 Mazkur ko‘rik-tanlov huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🏆 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin — Qo‘chqorov Asliddin Imomovich
Navoiy viloyati Navoiy shahri 23-maktab
🥈 2-o‘rin — Sa’dullaeva Dilrabo Xayrullaevna
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 32-maktab
🥉 3-o‘rin — Xoliqov Hayotjon Rajabali o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xususiy maktab
🏅 “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi g‘oliblari:
Tilovov Suhrob To‘lqin o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 65-maktab
Xoshimova Muxfira G‘afurjon qizi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-maktab
🏅 “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi g‘oliblari:
Ochilov Tolib Ixtiyor o‘g‘li
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 96-maktab
Yaxshimuratova Iroda Olimbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 40-maktab
🔹Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, 1-o‘rin uchun 30 million, 2-o‘rin uchun 20 million hamda 3-o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
📌 Mazkur ko‘rik-tanlov huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim
✅ Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 342-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qoshida “Kichik qadamlar, katta sahnalar” shiori ostida “Turon kichkintoylar” teatri faoliyati tashkil etildi.
✨Teatr mashg‘ulotlari orqali bolalarning nutqni rivojlantirish, sahna madaniyati hamda ijodiy tafakkurini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✨Teatr mashg‘ulotlari orqali bolalarning nutqni rivojlantirish, sahna madaniyati hamda ijodiy tafakkurini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
🔴 Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi boshlandi.
🔰 Tanlovda ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha kuch sinashmoqda:
➖ davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mutaxassislari:
🔹 “Eng namunali direktor oʻrinbosari”;
🔹 “Eng yaxshi oʻyin orqali taʼlim beruvchi tarbiyachi”;
🔹 “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
🔹”Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;
🔹 “Raqamli va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etuvchi tarbiyachi”;
🔹”Maʼnaviy qadriyatlar tarbiyachisi”.
➖
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari:
🔹 “Oʻyin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi”;
🔹”Eng namunali tarbiyachi”.
🌐 Ochilish marosimi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tmoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: ushbu tanlov 2019-yildan beri oʻtkazilib kelinmoqda.
🌐 JONLI EFIR
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rasmiy axborot
18 may, 2026 yil.
London fond birjasi.
Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi start nuqtasi.
Eng muhimi – bu safar O‘zbekiston investor qidirmayapti. Investorlarning o‘zi O‘zbekistonga qiziqmoqda.
Dunyo moliyasining eng yirik nomlari endi O‘zbekiston iqtisodiyotini kuzatuvchi emas, balki uning ishtirokchisiga aylanmoqda.
Bu – O‘zbekiston iqtisodiyoti xalqaro kapital bozorlariga yangi bosqichda kirib borayotganining amaliy ifodasi.
Bugun London fond birjasida nafaqat aksiyalar savdosi boshlanadi. Bugun Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy imiji, ochiqligi va investision ishonchi xalqaro bahoga chiqadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official/15823
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMarkazlari
#Maktabmaslahatchilari
📢 Bugun 18-may sanasidan boshlab belgilangan jadval asosida Respublikamizning tuman-shaharlari bo'ylab Maktab maslahatchisi lavozimi uchun 2-mavsum tanlovining Test bosqichiga start berildi.
😊 Ma'lumot uchun, respublikamiz bo'yicha test sinovlariga malaka talablariga mos kelgan 38 ming 299 nafar talabgor tavsiya etilgan.
Kelajak markazlari
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Maktabmaslahatchilari
🗓 Eslatib o'tamiz, test sinovlari 19-21-22-may kunlari ham davom etadi
Kelajak markazlari
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va asosiy maqsadlarini sodda hamda tushunarli shaklda yorituvchi yangi to‘plam tayyorlandi.
To‘plam Strategiyaning yangilangan tahriri asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 5 ta ustuvor yo‘nalish doirasidagi 100 ta maqsad, ularning aholi hayotidagi amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalar aks ettirilgan.
Ayniqsa, taʼlim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilma, ekologiya va iqtisodiy rivojlanish kabi sohalarga oid ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Mazkur to‘plam keng auditoriyani “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari hamda kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ustuvor islohotlar bilan sodda va tushunarli shaklda tanishtirishga mo‘ljallangan.
Undan taqdimotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar, targ‘ibot tadbirlari hamda aholini Strategiyaning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishda samarali foydalanish mumkin.
Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM