Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#KelajakMarkazlari
#Maktabmaslahatchilari

📢 Bugun 18-may sanasidan boshlab belgilangan jadval asosida Respublikamizning tuman-shaharlari bo'ylab Maktab maslahatchisi lavozimi uchun 2-mavsum tanlovining Test bosqichiga start berildi. 

😊 Ma'lumot uchun, respublikamiz bo'yicha test sinovlariga malaka talablariga mos kelgan 38 ming 299 nafar talabgor tavsiya etilgan.

🗓 Eslatib o'tamiz, test sinovlari 19-21-22-may kunlari ham davom etadi


Kelajak markazlari
Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔈 “O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI BO‘YICHA YANGI TO‘PLAM TAQDIM ETILMOQDA

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va asosiy maqsadlarini sodda hamda tushunarli shaklda yorituvchi yangi to‘plam tayyorlandi.

To‘plam Strategiyaning yangilangan tahriri asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 5 ta ustuvor yo‘nalish doirasidagi 100 ta maqsad, ularning aholi hayotidagi amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalar aks ettirilgan.

Ayniqsa, taʼlim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilma, ekologiya va iqtisodiy rivojlanish kabi sohalarga oid ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mazkur to‘plam keng auditoriyani “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari hamda kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ustuvor islohotlar bilan sodda va tushunarli shaklda tanishtirishga mo‘ljallangan.

Undan taqdimotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar, targ‘ibot tadbirlari hamda aholini Strategiyaning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishda samarali foydalanish mumkin.

📥 To‘plamni yuklab olish

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

✅ Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” kasbiy koʻrik-tanlovining respublika bosqichi davom etmoqda.

 
🔹 Jarayonlar poytaxtimizdagi 20-sonli, 146-sonli, 201-sonli hamda 423-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda oʻtkazilmoqda.

Bunda ishtirokchilar:

➖ pedagog mahoratni aniqlash;
➖ maktabgacha taʼlim va tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan loyiha taqdimoti;
➖ test sinovi boʻyicha belgilangan sinovlardan oʻtadi.

 
➖ “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026» kasbiy koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi ertaga Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida boʻlib oʻtadi.
 
👉 Maʼlumot uchun: tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari bir martalik pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
 
➖ Shuningdek, oliy maʼlumotli gʻoliblarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

🏫 Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)?

➖ Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi.

🔰 Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak?

Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l...

Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal?
➖ Sog‘lom rejim: Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti!
➖ Vaqt tejalishi: Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin.
➖ Xavfsizlik va xotirjamlik: Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir.
➖ Ijtimoiy muhit va do‘stlar: Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi.


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi.

Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima?

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_kubogi

✅Xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi hududiy bosqichlari yakunlandi.

🗣Musobaqalar davomida hududlardan tashrif buyurgan jamoalar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

📍Sirdaryo viloyatida Guliston shahar 5-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Xorazm viloyatida Shovot tumanidagi 19-son umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yozgi_oromgohlar

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Ijtimoiy reyestr” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning “aʼlo” baholarga oʻqiydigan farzandlarini oromgohlarda dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.


🔹 Unda vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalar hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

➖ Taʼkidlanganidek, joriy yilda mazkur toifadagi 40 ming nafardan ortiq 7-14 yoshdagi bolalarga Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olish va sogʻlomlashtirilishlari uchun tegishli yoʻllanma berilishi rejalashtirilgan.

👉 Yigʻilishda mazkur vazifalarni oʻz vaqtida samarali tashkil etish boʻyicha vazirlikning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlariga zarur vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM