Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Vazir_kubogi

✅ Jizzax va Navoiy viloyatlarida pedagog ayol-qizlar hamda maktabgacha ta’lim xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichlari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyatida Arnasoy tumani 22-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida Navoiy shahridagi 11-maktab jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.


🏆Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kubok, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

“Jasorat maktablari”ga qabul jarayoni davom etmoqda!

📝 Hozirga qadar my.gov.uz hamda ariza.piima.uz platformasi orqali 8 229 ta ariza qabul qilindi.

👉 2026–2027-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 4-iyuniga qadar amalga oshiriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍

✅ Bugun Toshkent viloyati, Angren shahridagi ta‘lim muassasalari faoliyatiga bag‘ishlab, "Ta‘lim manzillarida islohotlar samarasi" mavzusida press-tur tashkil etildi.


➖ Toshkent viloyati MMTB tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda mas‘ullar, pedagoglar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Press-tur doirasida 2025–2026-o‘quv yili davomida viloyatda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar hamda erishilgan natijalar Angren shahri misolida taqdimot qilindi.


🔰 Xususan, tadbir davomida ishtirokchilar dastlab Yangi Angren Madaniyat va sport maskanida bo‘lishdi hamda yoshlarning startap va innovatsion loyihalari, ijodiy to‘garaklar va robototexnika xonalaridagi dars jarayonlarini kuzatishdi.

🌐 Shundan so‘ng, 12-sonli umumta’lim maktabi va davlat-xususiy sheriklik asosidagi "Happy child" maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta‘lim jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

🔹Unda o‘quvchilar yutuqlari, ekologik va ijodiy burchaklar, erta rivojlantirish markazlari faoliyati namoyish qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1
#Hukumat_soati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi.


✅ “Hukumat soati”da dastlab maktab ta’limi sifati, inklyuziv muhitni rivojlantirish va pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🔹 Kun tartibidagi masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova deputatlarning savollariga javob berdi.

➖ Vazir o‘tgan olti yilda mamlakatda ta’lim tizimining “lokomotiv” muassasalari sifatida 14 ta Prezident, 9 ta ijod hamda 203 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilganini, shu bilan birga, bugungi kunda yangi baholash tizimi 3 434 ta maktabni qamrab olgan bo‘lib, kelgusi o‘quv yilidan boshlab ushbu ko‘rsatkichni 4500 taga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi.


📊 Mazkur maktablarda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 53 foizdan 72 foizgacha oshgan. Yangi baholash tizimi joriy qilingan maktablar orasida yuqori natijalarga erishgan 275 ta maktabning butun pedagog jamoalariga 40 foizgacha ustama to‘lanmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab ustama oluvchi maktablar sonini 2 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda.

⏰ Bundan tashqari, xorijiy til sertifikatiga ega o‘quvchilar soni esa 40 ming nafardan oshgan. Shuningdek, ta’lim tizimiga AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoydan 1 456 nafar xorijlik mutaxassis jalb qilingan. Hozirgi kunda 310 ming nafar pedagog malaka toifasiga ega.

🌐 BATAFSIL

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Andijon viloyati Xonobod shahrida 2026-yilda rejalashtirilgan “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🫥“Ilk rivojlanish markazi” orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga bepul ta’lim-tarbiya berish yo‘lga qo‘yildi.

✨Mazkur markaz bolalarning bilim olishi, iqtidorini rivojlantirishi hamda barkamol voyaga yetishi uchun xizmat qiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-may - "Kutubxonachilar kuni": umrini kitob va ma’rifatga baxsh etgan fidoyi kutubxonachi e’tirof etildi

Angor tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi Emina Davlyatova 1993-yilda oliygohni tamomlab, mehnat faoliyatini aynan shu maktabda boshlagan va bugungi kungacha shu yerda sidqidildan xizmat qilib kelmoqda.


➖ E’tiborlisi, uning mehnati ana shunday yuksak e’tirof etilib, Emina Davlyatovaga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz kutubxonachilar!

Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM