Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Forum

“Yangi O‘zbekistonda - yangicha boshqaruvlar davri” shiori ostida respublika forumi bo‘lib o‘tdi


✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Samarqandda “Yangi O‘zbekistonda - yangicha boshqaruvlar davri” shiori ostida Direktorlar kengashi Respublika forumi tashkil etildi.

Unda Respublikamiz bo‘ylab maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘rinbosarlari, hamda inson resurslarini boshqarish bo‘limlari mas’ullari ishtirok etdi.


🔰 Unda bugungi kunda ta’lim muassasasi rahbarlariga qo‘yilayotgan talablar, innovatsion boshqaruv usullari va zamonaviy rahbarning liderlik fazilatlari xususida so‘z bordi.

➖ Tadbir davomida ishtirokchilar uchun amaliy treninglar, tajriba almashuvlari va interaktiv muloqotlar, xususan, zamonaviy menejment, jamoa bilan ishlash va rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Samarqand viloyati MMTB Axborot xizmati         

Bizni kuzating:

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimovaning yoshlar bilan oʻtkazayotgan anʼanaviy muloqot tadbirlari bugun poytaxtimizdagi 64-umumtaʼlim maktabida tashkil etildi.

➖ Toshkent shahridagi turli umumtaʼlim maktablari hamda Prezident va ijod maktablari oʻquvchi-yoshlari ishtirokida tashkil etilgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi qizgʻin muhokamalarga boy oʻtdi.

🔹 Uchrashuvda oʻquvchilar tomonidan:

➖ kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish hamda avtobus bekatlarida koʻcha kutubxonalari jamlanmasini yaratish;

➖ maktab oʻquvchilari oʻrtasida ham “Milliy qadriyatlar” tanlovini doimiy oʻtkazib borish, bunda yoshlarning vatanparvarlik tuygʻularini oshirib borishga katta urgʻu berish;

➖ poytaxtimizdagi mavjud oʻquv markazlari bazasini shakllantirish boʻyicha yoshlar loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;

➖ oʻquvchilar oʻrtasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish maqsadida turli tanlov va loyihalar sonini oshirib borish kabi qator taklif va mulohazalar ilgari surildi.


👉 Vazir mazkur takliflarni har tomonlama oʻrganish va amaliyotga joriy etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha masʼullarga zarur topshiriqlar berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yosh_gvardiyachi

✅ Joriy yilning 19-21-may kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Milliy gvardiya hamda boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlar hamkorligida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.


➖ Bugun poytaxtimizadagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida mazkur musobaqa gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Yakuniy natijalariga ko‘ra:

➖ 1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, 18-maktab jamoasiga
➖ 2-o‘rin — Toshkent shahar Uchtepa tumani 295-maktab jamoasiga,
➖ 3-o‘rin — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, 11-maktab jamoasiga nasib etdi.


👉 Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tominidan tegishli darajadagi medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Finlyandiyaning “Eduten” kompaniyasi Milliy loyihalar rahbari Yussi-Pekka Yarvinen bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda raqamli ta’limni rivojlantirish, sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy platformalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.


🔰 Shuningdek, O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.


Uchrashuv davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.


➖ Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan sohaga doir dolzarb takliflar ilgari surildi.

Xususan, tadbir davomida:

➖davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning davomadini yuritishda texnik nosozliklarni bartaraf etish,
➖nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish masalalari koʻrib chiqildi.

🌐 Muloqotda Davlatimiz rahbarining PF-19-sonli Farmoni mazmun-mohiyati, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar yana bir bor tushuntirib o’tildi.

🔰 Uchrashuv yakunida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ko‘mak berish, ularni o‘quv-didaktik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
 
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM