Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)?

➖ Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi.

🔰 Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak?

Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l...

Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal?
➖ Sog‘lom rejim: Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti!
➖ Vaqt tejalishi: Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin.
➖ Xavfsizlik va xotirjamlik: Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir.
➖ Ijtimoiy muhit va do‘stlar: Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi.


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi.

Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima?

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova Qozog‘iston Respublikasi Maorif vaziri Juldiz Suleymenova bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar O’zbekiston va Qozog’iston rahbarlari tomonidan olib borilayotgan samarali siyosat natijasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini qayd etdilar.


➖ Xususan, maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishidagi aloqalar tobora mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki mamlakat vakillarining fan olimpiadalari, forumlar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar kabi nufuzli tadbirlardagi faol ishtiroki e’tirof etildi.

🔰Uchrashuvda kelgusida pedagoglar malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 14-21— IYUN, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_tadbiri

✅ Poytaxtimizda “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.


🔰Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, vazir o’rinbosarlari, Respublika “Kelajak” markazi direktori Indira Xoldorova va mas’ullar ishtirok etdi hamda g‘oliblarni samimiy tabriklashdi.

Ma’lumot o’rnida, yakuniy natijalarga ko‘ra, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovida:


🥇Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahar 14-maktabning “Navo” jamoasi 1-o’rin,

🥈Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonliko‘l tumani
1-maktabning
“Nihol” jamoasi 2-o’rin,

🥉Namangan viloyati, Namangan shahri 31-maktabning “Shodiyona” jamoasi 3-o’rinni qoʻlga kiritdi.

“Turon” maktab teatri tanlovida esa:


🥇 Samarqand viloyati, Samarqand shahri 80-maktabning “Turon” jamoasi 1-o’rin,

🥈 Buxoro viloyati, Kogon shahri 3-maktabning “Elegant” jamoasi 2-o’rin,

🥉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani 55-maktabning “Tan nuri” jamoasi 3-o’rinni egalladi.

✈️ G’olib jamoalar xorijga ta’lim
sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026
#Eslatma

🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot

➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q!

🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.

Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz?

➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz.
➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi.
➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz.

Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi.


Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering:
➖
Qabul muddatlari:
Arizalar
20-iyundan 1-avgustga qadar
faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa
1-avgustdan so‘ng
(bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda)
amalga oshiriladi.
➖
Yosh chegarasi:
Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida
7 yoshga to‘ladigan
bolalar qabul qilinadi.
➖
Til bilish darajasi:
Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa,
qabul rad etilishi mumkin.
Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi
295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentni
ng 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan.
➖
Xizmat narxi:
Mazkur davlat xizmatidan foydalanish
mutlaqo bepul!


Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Yoz — o‘tmoqda soz!

✅Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 71-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida bolalar ochiq havodagi harakatli o‘yinlar hamda ijodiy mashg‘ulotlar orqali vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон
#дуал_таълим

📣 Hurmatli maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari!


✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan:

➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlarni dual taʼlim shakli (1+5) boʻyicha tayyorlash belgilangan.

➖ Eslatib oʻtamiz: 2026-2027-oʻquv yili uchun abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtish (birinchi bosqich) jarayonlari davom etmoqda (joriy yilning 25-iyun kuniga qadar).

🔹Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat olib borayotgan (kamida uch yil) oʻrta-maxsus maʼlumotli xodimlar amaldagi tartibga koʻra Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

👉 Test topshirish asosiy fanlarini quyidagi tartibda tanlash lozim:

➖ Birinchi fan — Biologiya;
➖ Ikkinchi fan — Ona tili va adabiyoti.

⏰ Maʼlumot uchun: pedagog kadrlar oliy taʼlim tashkilotlari (dual taʼlim) bakalavriatiga amaldagi tartibga muvofiq oʻtkaziladigan test sinovlari asosida qabul qilinadi.

👉 Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida dual taʼlim shaklida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM