Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

Toshkentda tashkil etilayotgan Reggio Emilia Markazi filiali mutaxassislari Italiyada malaka oshirishadi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Italiyaning "Fondazione Reggio Children" prezidenti Francesco Profumo bilan uchrashdi.

🌐 Italiyaning Reggio-Emilia shahrida bo‘lgan mazkur uchrashuvda UNICEF bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tashkil etilayotgan Reggio Emilia tadqiqot va innovatsiya markazini ochish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida markazning o‘ziga xosligi, faoliyat yo‘nalishlari va pedagogik amaliyoti, shuningdek kadrlar siyosati — davlat, xususiy va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.


🔰 Shuningdek, markazda faoliyat yuritadigan kadrlarni tayyorlash maqsadida Italiyada malaka oshirish rejasi hamda markazning ochilish marosimi doirasida xalqaro anjuman tashkil etish belgilab olindi.

➖ Bundan tashqari, markaz xodimlari va mutaxassislarining salohiyatini oshirish maqsadida Redjio Emiliya shahrida 2 hafta davomida maxsus dastur tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabga_tayyormiz

“Maktabga tayyormiz” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


✅ Ushbu loyiha doirasida joriy yilning iyul-avgust oylarida maktab bozoriga 2-4-sinflar uchun hamyonbop kanselyariya to‘plamlarini tayyorlash rejalashtirilgan.

➖ Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev va "Anglesey Food" MCHJ XK (Korzinka) rahbari Zafar Hoshimov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyihaning muhim jihatlari haqida so‘z yuritildi va hamkorlik memorandumi imzolandi.

📊 Uchrashuvda ta‘kidlanganidek, loyiha doirasida 27 nomdagi kanselyariya to‘plamlarning bir qismi vazirlik tavsiyasiga asosan bir guruh faol va inklyuziv ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga bepul tarzda berilishi, qo‘shimcha tarzda "Sovg‘a vaucheri" ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅
#IChO_2026

🔰IChO 2026: Nazariy bosqich boshlanish arafasida

⚡️Ayni daqiqalarda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) eng muhim bosqichlaridan biri — nazariy imtihon boshlanish arafasida.

🌍 Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli yosh kimyogarlar nazariy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga tayyor.


🔴 Jarayonlarni JONLI EFIRda kuzatib boring.

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон

📣 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!


✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy takliflar boti ish boshladi: @uzedu_taklif_bot

➖  Mazkur bot orqali tizim faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan barcha taklif va mulohazalaringizni yuborishingiz mumkin. Barcha takliflar vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

👉 Takliflar joriy yilning 25-iyuliga qadar qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videosharh

✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilishda korrupsiyadan xoli, ochiq va shaffof tizimni taʼminlash boʻyicha bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Xususan
:

➖ joriy yil 1-fevraldan boshlab — tajriba-sinov tariqasida Buxoro tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarida;

➖ joriy yil 1-iyuldan boshlab — Buxoro viloyatidagi barcha 13 ta, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida 1 tadan (jami 26 ta) tuman va shaharlardagi taʼlim tashkilotlarida xodimlarni pedagog.uzedu.uz platformasi orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi Gʻayrat Muqumov mazkur jarayonlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtadi.

🔹 Boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ariza yuborishga doir videoyoʻriqnoma bilan quyida tanishishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#ICHO_2026

ICHO — 2026: nazariy imtihonlar haqida 🍉 FAKT

🔴 Poytaxtimizda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining NAZARIY sinov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

📊 Bugungi sinovlar doirasida ishtirokchilarga kimyo fanidan 9 ta masala-topshiriq beriladi. Buning uchun ularga 5 soat vaqt ajratiladi.

💬Masalalar orasida O‘zbekistonga oid qiziqarli savollar ham o‘rin olgan.

📍Mazkur bosqich yakunlangandan so‘ng, ishtirokchilar va mentorlar uchrashuvi tashkil etiladi. Olimpiadaning tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 18-IYUL kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi tadbirlari o‘quv dasturlarini ishlab chiquvchi ishchi guruhlari uchun trening boshlandi


Ochilish tadbirida Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ishtirok etdi va 2025–2026-o‘quv yilida erishilgan natijalar hamda yangi o‘quv yilidagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

➖ Treninglar davomida:

➖2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) va Kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarining natijalarini tahlil qilish hamda takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash;
➖Ishchi guruh a‘zolarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan reflektiv amaliyot, sinf tadqiqoti va inklyuziv ta‘lim tamoyillari bilan tanishtirish;
➖Samarali kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlarini loyihalash hamda o‘qituvchilarning o‘rganish natijalarini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
➖PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash dasturlarining mazmunini KRK va KRS dasturlariga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
➖Fan yo‘nalishlari bo‘yicha 2026–2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan KRK va KRS o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ekspertlik muhokamasi orqali takomillashtirish va yakuniy variantlarini tayyorlash kabi yo'nalishlarda so'z boradi.


🔰 Jarayonlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 17-iyulga qadar davom etadi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Yaponiya

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining BRIGHT loyihasi doirasida vazirlik delegatsiyasi Naruto pedagogika universitetida malaka oshirishmoqda.

📍Delegatsiya tarkibida vazirlik vakillari, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mas‘ullari va pedagoglar qatnashmoqda.


🔰 Jarayonlar davomida PDCA, Classroom Action Research hamda ta’limda dalillarga asoslangan qaror qabul qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ushbu bilim va ko‘nikmalarni kelgusida yurtimiz maktablarida joriy etish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM