Ta’lim24.uz
100K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi tadbirlari o‘quv dasturlarini ishlab chiquvchi ishchi guruhlari uchun trening boshlandi


Ochilish tadbirida Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ishtirok etdi va 2025–2026-o‘quv yilida erishilgan natijalar hamda yangi o‘quv yilidagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

➖ Treninglar davomida:

➖2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) va Kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarining natijalarini tahlil qilish hamda takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash;
➖Ishchi guruh a‘zolarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan reflektiv amaliyot, sinf tadqiqoti va inklyuziv ta‘lim tamoyillari bilan tanishtirish;
➖Samarali kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlarini loyihalash hamda o‘qituvchilarning o‘rganish natijalarini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
➖PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash dasturlarining mazmunini KRK va KRS dasturlariga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
➖Fan yo‘nalishlari bo‘yicha 2026–2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan KRK va KRS o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ekspertlik muhokamasi orqali takomillashtirish va yakuniy variantlarini tayyorlash kabi yo'nalishlarda so'z boradi.


🔰 Jarayonlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 17-iyulga qadar davom etadi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Yaponiya

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining BRIGHT loyihasi doirasida vazirlik delegatsiyasi Naruto pedagogika universitetida malaka oshirishmoqda.

📍Delegatsiya tarkibida vazirlik vakillari, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mas‘ullari va pedagoglar qatnashmoqda.


🔰 Jarayonlar davomida PDCA, Classroom Action Research hamda ta’limda dalillarga asoslangan qaror qabul qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ushbu bilim va ko‘nikmalarni kelgusida yurtimiz maktablarida joriy etish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Oyoqlari yordamida yozib bilim olgan qiz xorijiy universitetlarga muddatidan oldin talaba bo‘ldi

✅ Mirishkor tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Jasmina Toirova o‘zining matonati, qat’iyati va bilimga bo‘lgan intilishi bilan barchaga o‘rnak bo‘lmoqda.

2025-yil sentyabr oyidan maktabda tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sinfida tahsil olayotgan Jasmina qo‘llaridan foydalana olmasligiga qaramay, oyoqlari yordamida yozib, ta’limdagi yuksak natijalarga erishdi.

U ingliz tili bo‘yicha B2 darajadagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi hamda Xitoy, Chexiya va Malaziya davlatlaridagi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talaba bo‘ldi.


➖ Jasminaning bu muvaffaqiyati inklyuziv ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar, ustozlarining fidokorona mehnati hamda ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi samarasidir.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Sayohat

✅ "O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati" loyihasi doirasida farg‘onalik bir guruh faol o‘quvchilar ishtirokida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔰 Unda o‘quvchilar xalqimizning boy tarixi, milliy va ma’naviy merosi hamda buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishishdi.


⏰ Eslatib o‘tamiz, sayohat tadbirlari avgust oyining yakuniga qadar davom etadi.

🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.


Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan soha xodimlarining ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy hamda sayohat tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

🔹 Xususan, bugun vazirlik markaziy apparatida mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar poytaxtimizda joylashgan Islom sivilizatsiya markaziga sayohat qilishdi.

👉 Bu kabi sayohat tadbirlari xodimlarning maʼnaviy bilim va dunyoqarashini boyitish hamda yurtimiz tarixi va madaniyatiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM