Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova boshchiligida joylardagi Direktorlar kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari salohiyatini oshirish hamda yangi oʻquv yilida bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

➖ Unda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari hamda Direktorlar kengashi aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda umumtaʼlim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalariga ega rahbar kadrlar bilan taʼminlashga doir tahliliy maʼlumotlar masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.

➖ Qayd etilganidek, menejerlik kurslarida hozirga qadar 5 200 nafarga yaqin direktorlik lavozimi uchun nomzodlar qatnashgan. Hududiy boʻlinmalar rahbarlariga umumtaʼlim maktablari direktorligi vakant lavozimlariga joylardagi Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida munosib nomzodlarni tayinlash boʻyicha muhim koʻrsatmalar berib oʻtildi.

🔹 Yigʻilishda yangi oʻquv yilida bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonlari ham har bir hudud misolida tahlil qilindi.

Masʼullarga maktab yoshidagi bolalarni maktabga qabul qilish ishlarini tizimli tashkil etish hamda taʼlim muassasalarini zarur darsliklar bilan taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

👉 Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from E’zoza Karimova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy qadriyatlar targ‘ibotida innovatsion yondashuv

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar davrida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan milliy adabiyotimiz va qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda samarali foydalanilayotgani g‘oyat e’tiborga molikdir.Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ozarbayjonlik taniqli shoir Akif Bag‘ir qalamiga mansub “O‘zbek kelayotir, yo‘l bo‘shat jahon!” nomli mashhur she’ri asosida zamonaviy yechimlar yordamida o‘ziga xos qo‘shiq va videoklip tayyorlangani tahsinga sazovordir.

Mazkur ijodiy yondashuv kabi sifatli va ta’sirchan loyihalar, shubhasiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga katta hissa qo‘shadi.

Videoni toʻliq va sifatli formatda koʻrish uchun havola: https://youtu.be/Omsapx-IOrk

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🎼 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi uchun tayyorlangan maxsus qoʻshiq.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar
#OAV_biz_haqimizda

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan muhim islohotlarga bagʻishlangan “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Oʻzbekiston 2030” teleloyihasi


Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 PEDAGOGLAR TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILINADI!

✅ Yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga oliy ma’lumotga ega yuqori salohiyatli pedagoglar shaffof tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

⏰ Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni joriy yilning 5-avgustiga qadar (shu kuni ham) pedagog.uzedu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

🌐 Tanlov e’lon qilingan maktablar RO‘YXATI

⏰ Ma’lumot uchun: tanlov jarayonlari pedagog.uzedu.uz platformasida o‘tkaziladi.

📍 Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun tegishli hududiy boshqarmalarga murojaat qilishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim_sayohati

✅
Xabaringiz bor, “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi respublika bosqichi gʻolib jamoa aʼzolari va ularning ustozi Ozarbayjon Respublikasiga taʼlim sayohatiga yuborilgan edi.

🔹 Oʻquvchilar u yerda koʻplab sayohat maskanlari, xususan Bokuning qadimiy tarixiy markazlaridan biri Icharishahar, mashhur Qiz qalʼasi, “Gobustan” tarixiy-arxeologik qoʻriqxonasi, Haydar Aliyev markazi, Gilam muzeyi kabi diqqatga sazavor maskanlarda boʻlishdi.

➖ Shu bilan birga, oʻquvchilar sayohat davomida Ozarbayjonning boshqa tarixiy, madaniy maskanlarida ham boʻlishi rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul #Abituriyent2026

🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔


📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:

✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.

🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari

🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.

🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.

🌍 Xalqaro hamkorlik

Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.

💼 Professional sertifikatlar

✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.

💻 Zamonaviy ta’lim

Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

🤝 Bandlik kafolati

Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:

✅ Hisob palatasi;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.

🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)

👥 Kvota — 200 nafar.

Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.

🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from E’zoza Karimova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi — yurtimiz o‘tmishi va kelajagini bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik!

Yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, ularni ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash — eng muhim vazifalarimizdan biridir.

Shu maqsadda “Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston va Temuriylar tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “G‘alaba bog‘i” majmuasiga sayohatlar tashkil etilmoqda.

Ushbu loyiha farzandlarimizning o‘zligini anglashi, Vataniga sadoqatli hamda kelajakda yurtimizga munosib insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Ushbu loyiha doirasida yurtimiz bo'ylab 14 000 nafar faol o'quvchilarni qamrab olish va jarayonlar avgust oxirigacha davom etishi rejalashtirilgan.


✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 19-26-IYUL, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅ Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish davrida ota-onalar bilan hamkorlik” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.


➖ Unda yozgi sog‘lomlashtirish davrida tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qiziqarli ta’lim-tarbiya muhitini yaratish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Buxoro viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2026

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2026/2027-oʻquv yili uchun magistratura yoʻnalishiga doir quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha qabul davom etmoqda:


➖"Menejment" (Taʼlim menejmenti) 25 ta kvota);
➖ "Kattalar taʼlimi" (25 ta kvota)

🔹 Hujjatlar my.edu.uz sayti orqali joriy yil 30-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi.

👉 Maʼlumot uchun: xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar boʻyicha Menejment (Taʼlim menejmenti) mutaxassisligi uchun B2, Kattalar taʼlimi mutaxassisligi uchun B1 xorijiy til bilish sertifikati talab etiladi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_hujjatlari

📣 Fan olimpiadalari gʻoliblariga "Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasi beriladi


✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

➖ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.

🔹 Nizomga koʻra, taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblariga quyidagi yoʻllanmalar taqdim etiladi:

➖ respublika darajasida – respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga Oʻzbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat;

➖ viloyat darajasida – hududiy bosqichda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat.


🔹 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yoʻllanmaga ega boʻlgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.

👉 Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlar kiritiladi:


➖ transport xizmati;
➖ yashash va ovqatlantirish;
➖ ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);
➖ sayohat sugʻurtasi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM