Ta’lim24.uz
99.3K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#qonunchilik_hujjatlari

📣 Fan olimpiadalari gʻoliblariga "Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasi beriladi


✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

➖ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.

🔹 Nizomga koʻra, taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblariga quyidagi yoʻllanmalar taqdim etiladi:

➖ respublika darajasida – respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga Oʻzbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat;

➖ viloyat darajasida – hududiy bosqichda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat.


🔹 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yoʻllanmaga ega boʻlgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.

👉 Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlar kiritiladi:


➖ transport xizmati;
➖ yashash va ovqatlantirish;
➖ ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);
➖ sayohat sugʻurtasi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон
#kasbiy_sertifikatlash

📣
Joriy yilning 7-avgust kuni navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari oʻtkaziladi

✅ Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi.

➖ Ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.


➖ Navbatdan tashqari
kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

👉 Eslatma: navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 2026-yil 31-iyul (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅ “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida pedagogika oliy ta’lim tashkiloti, Pedagogik mahorat markazi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillari uchun “O‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

➖ Seminar davomida ishtirokchilarga oʻyinga asoslangan ta’lim metodikasining nazariy asoslari bilan bir qatorda, uni ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllashning amaliy usullari interaktiv mashgʻulotlar orqali namoyish etildi.

👉 Shuningdek, zamonaviy o‘yin metodlarini ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash bo‘yicha bilim va amaliy tavsiyalar berildi.


Jizzax viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#audiochat

📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli kuzatuvchilar!


✅ Joriy yilning 28-iyul kuni soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy telegram sahifasida 2026-2027-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi.

➖ Unda qabul jarayonlari tartibi va bu boradagi yangiliklarga doir savollarga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javob beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительных работ в Новом Ташкенте.

#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X