Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi

✅ “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi sinovlari bugun ham mamlakatimizning barcha hududlarida qizgʻin davom etmoqda. Bunda nomzod pedagoglar maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha oʻz taqdimotlarini namoyish etishadi.


🔰 Taqdimot ishida pedagoglarning oʻz kasbiy rivojlanishi, oʻz ustida ishlashi, maʼnaviy-tarbiyaviy va sinfdan tashqari faoliyati, dars oʻtish jarayonlaridagi pedagogik tashabbuskorligi belgilangan mezonlar asosida baholab boriladi.

👉 Maʼlumot uchun: tanlovning uchinchi bosqichida respublikamizning 208 ta tuman (shahar)ida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

➖ Videolavhada tanlovning Surxondaryo viloyatida oʻtkazilgan jarayonlar aks etgan.

Jarayonlar hududlarda
:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍 Andijon viloyati
📍
Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍
Navoiy viloyati
📍 Namangan viloyati
📍
Qashqadaryo viloyati
📍
Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍
Surxondaryo viloyati
📍
Toshkent shahri
📍
Toshkent viloyati
📍
Xorazm viloyati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#ishtirokchilar_fikri

✅ “Yil oʻqituvchisi" tanlovining uchinchi bosqich sinovlarida ishtirok etgan pedagoglarning tanlov jarayonlari haqidagi fikrlariga quloq tutamiz.


➖ Nodira Rahimova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 64-umumtaʼlim maktabining davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi

➖ Nargiza Tungatova, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani oʻqituvchisi

➖ Nilufar Shukrullayeva
, Navoiy viloyati, Gʻozgʻon shahridagi 1-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fidoyi_ustozlar_hayotidan

✅ Oʻqituvchilarning bugungi kunda jamiyatda tutgan oʻrni, ularning kasbiy maqomi hamda oylik maoshi yildan yilga ortib bormoqda. Bu oʻzgarishlar yurtimizning chekka hududlarida ham yaqqol koʻzga tashlanadi.

➖ Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibasi, 2000 AQSH dollari miqdorida oylik maosh olib kelayotgan fidoyi ustozlarimizdan biri Hilola Xudoymurodovaning kasbiy faoliyatiga doir tayyorlangan filmda ushbu fikrlar batafsil bildirib oʻtilgan.

👉 Agrobankning “Qahramonlar” ijtimoiy loyihasida tayyorlangan filmni toʻliq shaklda quyida tomosha qilishingiz mumkin
.

🌐 YOUTUBE

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#diqqat_eʼlon

✅ Xabar qilinganidek, ertaga mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi doirasida kitobxonlik boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.

👉 Quyida test o'tkaziladigan manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Nukus shahri Y.Alako‘z ko‘chasi 54-uy
Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida

📍 Andijon viloyati
Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy
Mo‘ljal: viloyat Malaka oshirish instituti

📍 Buxoro viloyati
Buxoro shahar Bilim va malakalarni baholash test markazi
Manzil: Buxoro shahar Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy
Mo‘ljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);

📍 Jizzax viloyati
Jizzax shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi, To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy;
Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi
.

📍 Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi 2-uy
Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.

📍 Navoiy viloyati
Navoiy shahar “Kelajak markazi” binosi
Manzil: Navoiy shahar, Aloqa ko‘chasi 6-uy
Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.

📍 Namangan viloyati
Namangan shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy
Mo‘ljal: Chorsu.

📍 Samarqand viloyati
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy
Mo'ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📍 Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 14-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabi
Manzil: Termiz shahar "A.Jomiy" MFY, So'fi Olloyor ko'chasi, 4/54-uy.
Mo'ljal: "TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO" buyum bozori.

📍 Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” binosi
Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy
Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i

📍 Toshkent viloyati
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.

📍 Farg‘ona viloyati
Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A.
Mo‘ljal “Chery” avtosaloni.

📍 Xorazm viloyati
Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi)
Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy.
Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi

📍 Toshkent shahri
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy
Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.


👉 Ma'lumot uchun: test sinovlari barcha hududlarda 30-iyul kuni soat 09:00 da boshlanadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvardagi tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Ishchi guruh aʼzolari Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahridagi 27-umumtaʼlim maktabida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

➖ Hozirda mazkur taʼlim muassasasida oʻquvchilarning darslarga boʻlgan qiziqishini oshirish uchun qator toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, taʼlim muassasasida “Ichki ishlar sinfi” tashkil etilishi natijasida joriy yilda maktab oʻquvchilari ishtirokida hech qanday huquqbuzurlik holati kuzatilmadi.

➖ Oʻrganishlar davomida maktabdagi mavjud muammolar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalarni sportga jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijasi masʼullar ishtirokida tahliliy koʻrib chiqildi.


👉 Oʻquv jarayonida taʼlim sifatini oshirish uchun sinfxonalarni elektron doskalar bilan taʼminlash hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mitti qalblardagi ulkan iftixor: Vatanparvarlik oila va bogʻchadan boshlanadi!

Bolajonlarning qalbi shunchalik begʻuborki, ularga qadriyatlar ham ilk yoshidanoq, oddiy hayotiy xotiralar orqali singib boradi. Insonni vatanparvar etib tarbiyalashda yoshning ahamiyati yoʻq — bu tuygʻuning urugʻlari eng avvalo oila bagʻrida qadalib, soʻngra bogʻcha ostonasida rivojlanadi. Murgʻak qalb egalari davlat ramzlarini shunchaki tadbirlar yoki sport musobaqalaridagina emas, balki har kuni oʻz uyida, oʻz xonasida dildan his etib, ardoqlashni oʻrganishlari zarur. Tugʻilgan kunida doʻstlariga shirinliklar qatorida mitti bayroqchalar ulashgan yoki uni xonasiga faxr bilan osib qoʻygan bola timsolida biz kelajakdagi chinakam sadoqat va gʻururning ilk koʻrinishini koʻramiz.

Bugun mitti qoʻllarida Vatan bayrogʻini mahkam tutib, tabassum qilib turgan bolajon ertaga aynan shu bayroqni butun dunyo uzra yuksaklarga koʻtaradi. Bu samimiy hislar kelajakda fanda, sportda yoki biror yirik kashfiyotlarda oʻz yurtining nomini ulugʻlash istagiga aylanadi. Vatanni sevgan va uni qadrlagan inson qaysi soha egasi boʻlmasin, doimo mamlakati shaʼnini munosib himoya qilishga va xalqining yuzi yorugʻ boʻlishiga intilib yashaydi. Oila va bogʻchadagi tarbiya ana shunday ulkan zafarlarning eng mustahkam poydevoridir.

Yurtimiz mustaqilligining qutlugʻ 35 yilligi tobora yaqinlashib kelmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan bu yilgi bayram uchun belgilangan “Yagona vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu gʻoya bevosita mana shu kelajak bunyodkorlari boʻlgan farzandlarimiz orqali oʻz tasdigʻini topadi. Zero, yangi hayotni barpo etish va yorugʻ kelajakni yaratish kabi ulugʻ maqsadimiz — farzandlarimizni oiladan va bogʻchadan boshlab chinakam vatanparvar etib tarbiyalashdan boshlanadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#ishtirokchilar_fikri

✅ “Yil oʻqituvchisi" tanlovi ishtirokchilari uchunchi bosqich jarayonalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi:


➖Oydin Xasanova, Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 6-umumtaʻlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi

➖
 Sherzod Amonov, Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi
 
➖Nilufar Aliyeva, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 23-umumtaʻlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi
 
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY IZOH

Oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlarini taqsimlashda oʻzgartirishlar kiritilganligiga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:


2025-yilning 28-oktabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli qoʻshma qarori bilan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, 3271-1 raqam bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan asosiy maqsad,  oʻqituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlash talablarini soddalashtirish va jarayonni yanada shaffof hamda adolatli tashkil etishdan iborat.

Aniqroq aytganda, shu vaqtga qadar amalda boʻlgan dars taqsimoti ustuvorlik mezonlari 19 tadan 10 taga qisqartirildi. Bu oʻzgarishlar koʻp sonli oʻqituvchilarning takliflari asosida amalga oshirildi.

Xususan, barcha oʻqituvchilar uchun birdek imkoniyat yaratish maqsadida “TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar” yoki “Xalqaro va asosiy fan olimpiadalarida oʻquvchilari gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar” kabi mezonlar chiqarib tashlandi. Sababi bunday imkoniyatlardan har bir pedagog foydalana olmaydi.

Shu bois, yangi tartib boʻyicha dars soatlarini taqsimot qilishda asosiy eʼtibor natija koʻrsatgan raqabatdosh hamda fanni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga va zamonaviy kompetensiyalarga ega oʻqituvchining kasbiy salohiyati va natijasiga qaratilgan.

Natijada dars soatlarini taqsimlashda oʻz ustida ishlaydigan, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan va sifatli taʼlim bera oladigan oʻqituvchilarga birinchi navbatda dars soatlari berish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali tajribali oʻqituvchilar tomonidan sifatli taʼlim berilishi taʼminlanadi, shuningdek, oʻquvchilarning bilim natijalarini yaxshilash hamda maktablarda taʼlim sifati oshishiga xizmat qiladi.

Yangi oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladigan mazkur tartib maktablarda dars soatlari taqsimotida pedagogning kasbiy salohiyatini munosib baholash, natijaga asoslangan kadrlar tayyorlash siyosati yoʻlga qo‘yishda muhim jihatdir.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#2_kun

✅ "Yil oʻqituvchisi" tanlovining poytaxtimizda tashkil etilayotgan uchinchi bosqich sinovlari ishtirokchi ustozlarning oʻzaro doʻstona bellashuviga aylanib bormoqda.


➖ Koʻtarinki ruh va yuqori kayfiyatda oʻtkazilayotgan tanlov jarayonlari va ishtirokchilarning fikrlari navbatdagi videolavhada


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi

✅ Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda
.

Jarayonlar hududlarda:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍 Andijon viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent viloyati
📍 Xorazm viloyati

👉 Quyida tanlov ishtirokchilarining fikrlari bilan tanishing:


➖ Oʻktam Obloqulov,
Samarqand shahridagi 62-umumtaʻlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi

➖ Malohat Matmuratova, Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi 1-umumtaʻlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

➖Sarvinoz Rajabova, Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 1-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

➖Feruza Sattorova, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi 2-umumta’lim maktabining o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X