Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Yil_oʻqituvchisi
#ishtirokchilar_fikri

✅ “Yil oʻqituvchisi" tanlovi ishtirokchilari uchunchi bosqich jarayonalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi:


➖Oydin Xasanova, Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 6-umumtaʻlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi

➖
 Sherzod Amonov, Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi
 
➖Nilufar Aliyeva, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 23-umumtaʻlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi
 
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY IZOH

Oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlarini taqsimlashda oʻzgartirishlar kiritilganligiga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:


2025-yilning 28-oktabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli qoʻshma qarori bilan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, 3271-1 raqam bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan asosiy maqsad,  oʻqituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlash talablarini soddalashtirish va jarayonni yanada shaffof hamda adolatli tashkil etishdan iborat.

Aniqroq aytganda, shu vaqtga qadar amalda boʻlgan dars taqsimoti ustuvorlik mezonlari 19 tadan 10 taga qisqartirildi. Bu oʻzgarishlar koʻp sonli oʻqituvchilarning takliflari asosida amalga oshirildi.

Xususan, barcha oʻqituvchilar uchun birdek imkoniyat yaratish maqsadida “TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar” yoki “Xalqaro va asosiy fan olimpiadalarida oʻquvchilari gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar” kabi mezonlar chiqarib tashlandi. Sababi bunday imkoniyatlardan har bir pedagog foydalana olmaydi.

Shu bois, yangi tartib boʻyicha dars soatlarini taqsimot qilishda asosiy eʼtibor natija koʻrsatgan raqabatdosh hamda fanni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga va zamonaviy kompetensiyalarga ega oʻqituvchining kasbiy salohiyati va natijasiga qaratilgan.

Natijada dars soatlarini taqsimlashda oʻz ustida ishlaydigan, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan va sifatli taʼlim bera oladigan oʻqituvchilarga birinchi navbatda dars soatlari berish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali tajribali oʻqituvchilar tomonidan sifatli taʼlim berilishi taʼminlanadi, shuningdek, oʻquvchilarning bilim natijalarini yaxshilash hamda maktablarda taʼlim sifati oshishiga xizmat qiladi.

Yangi oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladigan mazkur tartib maktablarda dars soatlari taqsimotida pedagogning kasbiy salohiyatini munosib baholash, natijaga asoslangan kadrlar tayyorlash siyosati yoʻlga qo‘yishda muhim jihatdir.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#2_kun

✅ "Yil oʻqituvchisi" tanlovining poytaxtimizda tashkil etilayotgan uchinchi bosqich sinovlari ishtirokchi ustozlarning oʻzaro doʻstona bellashuviga aylanib bormoqda.


➖ Koʻtarinki ruh va yuqori kayfiyatda oʻtkazilayotgan tanlov jarayonlari va ishtirokchilarning fikrlari navbatdagi videolavhada


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi

✅ Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda
.

Jarayonlar hududlarda:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍 Andijon viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent viloyati
📍 Xorazm viloyati

👉 Quyida tanlov ishtirokchilarining fikrlari bilan tanishing:


➖ Oʻktam Obloqulov,
Samarqand shahridagi 62-umumtaʻlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi

➖ Malohat Matmuratova, Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi 1-umumtaʻlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi

➖Sarvinoz Rajabova, Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 1-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

➖Feruza Sattorova, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi 2-umumta’lim maktabining o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Inson uchun
📚 Har bir bola maktabga ishonch bilan borishga haqli!

⭐️ Keling, birgalikda ko‘proq bolalarning maktab sari ishonch bilan qadam tashlashiga yordam beraylik!

Instagram | Facebook | YouTube | Telegram | insonuchun.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sohaga_doir_hujjatlar

📣 Yangi oʻquv yilidan boshlab tegishli sertifikatga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 15 foiz ustama toʻlanadi


✅ Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish;

➖ huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish;

➖ xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi.

➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etiladi;

➖ malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi;

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;

👉 2026-yildan boshlab:

➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi;

➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi.

👉 Qaror bilan tasdiqlangan “Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan:

➖ malaka imtihonida ishtirok etishda talabgordan roʻyxatdan oʻtish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

➖ Ijtimoiy reestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.

❗️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.


👉 Qarorning toʻliq matni

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#videolavha

✅ “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich test sinovlari bugun barcha hududlar, xususan Toshkent shahrida ham yuqori va bayramona kayfiyatda oʻtkazildi.


➖ Ishtirokchi ustozlarning oʻzaro doʻstona muloqotlari hamda sinov jarayonlari haqidagi samimiy fikrlari mazkur tanlovning pedagoglar kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahamiyat kasb etganligini koʻrsatib turibdi.

👉 Videolavhada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev hamda poytaxtimiz ta’lim muassasalari pedagoglarining fikrlari oʻrin olgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM