Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

🔴 Vazirning Samarqanddagi uchrashuvlari davom etmoqda

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqand shahridagi 67-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

Jarayonlar davomida muassasada inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun to‘siqsiz va qulay muhit yaratish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda ta’lim sifati va qamrovini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


🔰 Shuningdek, 67-son DMTTni inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch bog‘cha sifatida tashkil etish belgilandi.

🌐 Bu yerda inklyuziv ta’limning ilg‘or tajribalari joriy etilib, pedagoglar malakasini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash va boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy amaliyot maydoni yaratiladi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: mazkur muassasa 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 399 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqanddagi “Mehrli maktab” gospital maktabi filiali qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, ta’lim xonalarining loyihasi, bolalar uchun yaratilayotgan zamonaviy va inklyuziv ta’lim muhiti hamda shart-sharoitlar yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.

🌐 Shuningdek, vazir E’zoza Karimova Samarqand viloyati, Toyloq tumanida joylashgan “Ilk rivojlanish markazi” faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi.

Unda muassasaning faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy-texnik baza, pedagoglar va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

➖ Uchrashuvlar doirasida vazir E’zoza Karimova Toyloq tumani hokimi Behzod Rahmatullayev bilan ham muloqot qildi.

⏰ Unda tumandagi maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari faoliyati, mavjud muammolar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

🌐 Xususan, muloqot davomida yangi tashkil etilayotgan Toyloq tumani 2-ixtisoslashtirilgan maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari, “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish kabi masalalar haqida so‘z bordi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 26-IYUL-2-AVGUST, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Jizzax shahridagi maktablarda “Ota-onalar bog‘i” barpo etildi

Yurtimizda hududlar tozaligi va mahallalar obodligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida ta’lim muassasalarida ham ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Jizzax shahridagi 11- va 23-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Ota-onalar bog‘i” barpo etildi.

Yangi o‘quv yili hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida barpo etilgan ushbu yashil maskanlar ta’lim muassasalarida yanada qulay va sog‘lom muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Maktab hududiga ekilgan manzarali daraxtlar, bunyod etilgan dam olish maskanlari yosh avlod salomatligi, ekologik madaniyati va ma’naviy kamolotiga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

Mazkur tashabbus o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlari va tanaffuslarda toza havoda mazmunli hordiq chiqarishlari, ular qalbida tabiatga mehr va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida yaratilgan madhiya videoklipini e’tiboringizga havola etamiz.

🟢Madhiya Navoiy shahridagi 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodkor jamoasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, videoklip loyiha doirasida Toshkent shahriga uyushtirilgan ma’rifiy sayohat davomida suratga olindi.

🇺🇿Videoklipda yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda yoshlarning Vatanga muhabbat, ma’rifat va ezgu qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ulari badiiy talqinda o‘z ifodasini topgan.

Navoiy viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 2026-yilning IYUL oyi davomida amalga oshirilgan muhim tadbir va yangiliklar.


🌐 Batafsil infografikada.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi tegishli qaroriga asosan, poytaxtimizda Rossiyaning muhandislik sohasidagi yetakchi oliygohlaridan biri N.E. Bauman nomidagi MDTU filiali tashkil etilgan.

➖ Taʼlim muassasasida informatika va hisoblash texnikasi, axborot tizimlari va texnologiyalari, elektron vositalarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanishi koʻzda tutilgan.

👉 Ayni vaqtda mazkur oliygohning Toshkent shahridagi filialiga abituriyentlar qabuli davom etmoqda (joriy yil 28-avgustga qadar)

➡️ Hujjatlarni topshirish

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM