Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
🌍🌍🌍🌍
#Президент_совғаси

✅ Bugun vazirlik tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan "Prezident sovg‘alari"ni hududlarga yetkazish jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi.

➖ Tadbir vazirlik huzuridagi  “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasida 1-sinf o‘quvchilar uchun 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” karvonining hududlarga yuborilishi jarayoni bilan boshlandi.


🔰 Shundan soʻng, Chilonzor tumanidagi 202-umumtaʼlim maktabi misolida mas'ullar tomonidan:

➖ yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik,
➖1-sinfga oʻquvchilarni qabul qilish jarayonlari,
➖yangilangan o‘quv dasturlari va darsliklar,
➖1-sinf o‘quvchilarining maktab sumkasi og‘irligi me’yori,
➖maktabga tayyorlov guruhlari faoliyati
haqida batafsil maʼlumot berildi.

🔹PRESS-RELIZ O'ZBEK TILIDA

🔹PRESS-RELIZ RUS TILIDA

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment
#Press_tur

✅ 2026-2027- o‘quv yili uchun "Prezident sovg‘asi" karvoni yo‘lga tushdi.


🌐 Press-turdan VIDEOLAVHA.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_markazi

Milliy qo‘g‘irchoqlar xalqaro bozorda

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Kelajak markazi” pedagogi Mavluda Sarmanova 40 yildan buyon to‘quvchilik bilan shug‘ullanib, o‘z tajribasini yosh avlodga o‘rgatib kelmoqda.

Ayni paytda ustoz 40 nafardan ziyod shogirdga to‘qish sirlarini o‘rgatmoqda. Mavluda Sarmanovaning qo‘l mehnati namunalari xalqaro festivallarda ham namoyish etilgan.

Ustozning navbatdagi maqsadi — ertak qahramonlari va milliy qo‘g‘irchoqlar jamlangan mo‘jaz o‘yinchoqlar do‘konini tashkil etish.

Bu orqali nafaqat o‘z mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, balki yosh shogirdlarining ijodiy ishlari uchun ham yangi imkoniyat yaratishni rejalashtirmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktab direktori lavozimiga tayinlashning yangi tizimi Qumqo‘rg‘on tumani misolida

Yurtimizda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga munosib rahbar kadrlarni tanlash va samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan Direktorlar kengashi faoliyati o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Gulmira Nuraliyeva maktab direktori lavozimi uchun Kengash tomonidan o‘tkazilgan ochiq suhbatda ishtirok etib, jarayon yuzasidan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bugungi kunda maktab direktori lavozimiga nomzodlar manager.uzedu.uz platformasi orqali ochiq tanlov asosida saralanmoqda. Kengash suhbatida ularning boshqaruv salohiyati, strategik fikrlashi va muammolarni hal etish qobiliyati har tomonlama baholanib, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan rahbarlar oldiga maktabni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik istiqbolli reja ishlab chiqish kabi muhim vazifalar qo‘yilmoqda.

Mazkur tizim yangi tayinlangan rahbarlarni “Ustoz–shogird” tamoyili asosida tajribali mutaxassislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini muntazam monitoring qilib borish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, maktablarda zamonaviy boshqaruv madaniyatini shakllantirish, o‘quvchi hamda pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish hamda umumiy o‘rta ta’lim sifatini izchil oshirishga xizmat qiladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment
#Jasorat_maktablari

🔴 “Jasorat maktablari”ga qabul qilish imtihonlarining ikkinchi bosqichidan videolavha

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari o‘z ishini boshladi

Mazkur nufuzli tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan 140 nafar inklyuziv ta’lim mutaxassisi va maxsus pedagoglar ishtirok etishmoqda.

Ishtirokchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida do‘stona muhitni yanada mustahkamlash maqsadida seminarning birinchi kunida sport va intellektual musobaqalar o‘tkazildi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha:
1-o‘rin — Sirdaryo viloyati;
2-o‘rin — Navoiy viloyati;
3-o‘rin — Jizzax viloyati.

Stol tennisi bo‘yicha:
1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
2-o‘rin — Andijon viloyati;
3-o‘rin — Navoiy viloyati.

Shashka bo‘yicha:
1-o‘rin — Namangan viloyati;
2-o‘rin — Namangan viloyati;
3-o‘rin — Surxondaryo viloyati.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun Registon maydonida kechki sayr tashkil qilindi hamda maxsus lazer shousi namoyish etildi.
To‘rt kunlik o‘quv-amaliy dastur doirasida inklyuziv ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarni belgilash, ilg‘or metodlarni ommalashtirish hamda “Vazir va maxsus pedagoglar” uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Surxondaryo. Vazirning birinchi o‘rinbosari yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

Uchrashuvlar davomida maktablarning moddiy-texnik bazasi, hududlarni obodonlashtirish ishlari, sanitariya-gigiyena holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.


🔰 Shuningdek, vazirning birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov Sariosiyo tumanidagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

🌐 Jarayonlar davomida qurilishi davom etayotgan yangi maktab binolaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan mas’ullar axboroti eshitildi va ularga tegishli topshirishlar berildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM