Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#IOI_2026

🏆 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tarixda ilk bor 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qilmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari, tashkiliy ishlar va kutilayotgan natijalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.


🔰 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov, Fan olimpiadalari markazi direktori To'raboy Shermatov, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori Azamat Eshankulov ishtirok etib, IOI 2026'ning Oʻzbekiston uchun ahamiyati, tayyorgarlik ishlari hamda xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan maʼlumot berdi.

📊 Ma‘lumot o‘rnida: Xalqaro informatika olimpiadasi dunyoning eng nufuzli intellektual musobaqalaridan biri boʻlib, har yili yuzlab iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlaydi.

Joriy yilda mazkur olimpiadada 97 dan ortiq davlatdan 745 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan.

🔆 IOI 2026 nafaqat yosh dasturchilar oʻrtasidagi bilimlar bellashuvi, balki Oʻzbekistonning raqamli taʼlim, innovatsiyalar va xalqaro ilmiy hamkorlikdagi salohiyatini dunyoga namoyish etadigan muhim voqea boʻladi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari davom etmoqda.


➖ Bugun tashkil etilgan asosiy sessiya tadbirlarida qator strategik yoʻnalishlarda taqdimot hamda psixologik treninglar oʻtkazildi.

➖ Xususan, “Mehrli maktab” faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, “har bir bola muhim” tamoyili asosida taʼlim muassasalarida inklyuziv madaniyatni qaror toptirish, xavfsiz oʻquv muhitini shakllantirish mexanizmlari muhokama qilindi.

🔰 Shuningdek, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, taʼlim jarayonida individual yondashuvni taʼminlash, inklyuziv taʼlimni sifatli tashkil etishning ilmiy-amaliy jihatlari, maxsus pedagoglarni kompleks qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar tilga olindi.

👉 Interaktiv tarzda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida hududlardagi mavjud amaliyot, tizimdagi muammolarning innovatsion yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, inklyuziv muhitni kengaytirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM