Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Forum

Buxoro. Vazir maktab maslahatchilari bilan ochiq muloqot qildi


✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Maktab maslahatchilari Respublika forumi doirasida ishtirokchilar bilan muloqot qildi.

Unda Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari Baxtiyor Adilov, Respublika “Kelajak” markazi direktori Indira Xoldorova, maktab maslahatchilari va ma’sullar qatnashdi.


📃 Uchrashuvda qo’shimcha ta’lim tizimini takomillashtirish, maktablarda o'quvchilar kengashini tashkil etish, bolalarni kasb-hunar, ilm-fan, san’at va sport kabi sohalarga bo’lgan qiziqishini oshirish hamda iste’dodlarini erta aniqlab to’g’ri yo’nalish ko’rsatish borasidagi aniq reja va takliflar bildirildi.

➖ Vazir E'zoza Karimova har bir taklif va tashabbus yuzasidan o’z fikr-mulohazalari hamda tavsiyalari bilan bo’lishdi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi.

🔃 Shuningdek, tadbir davomida respublikamizning 14 ta hududi uchun tayinlangan Bosh maslahatchilar e’lon qilindi va ularga "Ishonch yorliqlari" topshirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida bo‘lib, hududda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Unda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, pedagoglar salohiyatini oshirish, kadrlarni ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish hamda ta’lim xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.


🔰 Shuningdek, vazir E’zoza Karimova “Bilim va malaka sinov” markazi faoliyati bilan tanishib, pedagoglarning bilim va kasbiy salohiyatini xolis baholash uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

⏰ Zamonaviy kompyuterlar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan jihozlangan markazda sinovlarni sifatli, qulay va shaffof tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IOAI 2026: Ilk ishtirok - 3 ta MEDAL!

📊 Olimpiadada 103 ta davlatlardan 500 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi.

🔰 Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:

🥈 1 ta kumush, 🥉 2 ta bronza — jami 3 ta medal! G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥈Bilolbek Yo‘ldoshxo‘jayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi — kumush medal,
🥉Muhammadziyo Saytjonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi — bronza medal,
🥉Umrzoq Ochilov — Samarqand shahridagi Prezident maktabi — bronza medal.

Eslatma: O‘zbekiston Terma jamoasi 2026-yilda ushbu Xalqaro sun'iy intellekt olimpiadasida ILK MAROTABA ishtirok etdi.


Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating:
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👋😊 Barchaga salom, oromgoh 4-kuni tavsilotlari bilan tanishamiz.

📈 Kunning birinchi yarmida mentorlar jamoalari tomonidan hududiy yillik rejalarni tuzish va ularning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🥇 Shundan soʻng, oromgoh natijalarini tahlil qilish va mentorlarga sertifikatlarni topshirish maqsadida "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi yozgi ta’lim oromgohi yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

👍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev va "Zamin" xalqaro jamoat fondi direktori Aziz Ganiev ishtirok etib, oʻquvchi va pedagoglarning mentorlik faoliyatiga omad tilashdi.

~~~

👋😊 Всем привет!

⏰ Познакомимся с событиями завершающего дня лагеря.

📈 В первой половине дня команды менторов занимались разработкой региональных годовых планов, после чего представили свои проекты.

🥇 Затем состоялась церемония закрытия летнего образовательного лагеря проекта «Eco-Schools Uzbekistan», в рамках которой были подведены итоги лагеря и вручены сертификаты наставникам.

👍 В церемонии приняли участие заместитель министра дошкольного и школьного образования Азизбек Турдиев и директор Международного общественного фонда «Zamin» Азиз Ганиев и пожелали учащимся и педагогам успехов в их деятельности.

#EcoSchoolsUzbekistan #SummerCamp

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим

✅ Yurtimiz bo'ylab maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.


Bundan ko'zlangan maqsad — iste’dodli va tashabbuskor bolalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


🔰 Unda eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar "Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
_________

➖ Videolavhada Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM