Ta’lim24.uz
100K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Ustozlar_forumi

🔴 Poytaxtimizda Beshinchi “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda.

Bugun malakali mutaxassislar va trenerlar tomonidan:


➖“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi asosida bolalarning beshta tayanch kompetensiyasini shakllantirish,
➖Maktabda baholash jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va hujjatlashtirish tartibi,
➖O‘quv jarayoni boshqarishda eMaktab platformasi bilan ishlash samaradorligi oshirish,
➖Kontent strategiyasi: raqamli dunyoda ta’sir o‘tkazish san’ati,
➖Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi kadrlarni qayta tayyorlash jarayonlarida retrain.uzedu.uz platformasidan foydalanish,
➖Inklyuziv ta’limda oila va jamoatchilikning roli kabi mavzularda mahorat darslari o'tkazilmoqda.

⏰ Jarayonlar davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👋😊 Hammaga salom!

🌡 Yoz mavsumi voqealarga boy bo‘ldi!

📈 Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Lochin” oromgohida ekologiya bo‘yicha V Xalqaro qurultoy boshlanib, unda, albatta, Eco-schools Uzbekistan loyihasi ham ishtirok etadi!

👍 Tadbir juda ko‘p qiziqarli voqealarga boy bo‘ladi!

~~~

👋😊 Всем привет!

🌡 Горячее на события выдалось лето!

📈 Лагерь Lochin в Кашкадарьской области принимает V Международный Курултай по экологии, в котором, конечно, не обойдётся без участия проекта Eco-schools Uzbekistan!

👍 Будет много интересного!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IOI_2026
#Sinov

🏆 IOI 2026: Nufuzli olimpiadaning birinchi kuni sinovlari o‘tkazilmoqda!

🔴 Bugun 38-Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 doirasidagi dastlabki sinov kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Ishtirokchilarga o‘z bilim va mahoratini namoyish etish uchun 5 soat vaqt berilgan. Musobaqa sinovlari 2 kun davomida tashkil etilib, ikkinchi kun sinovlari 13-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.


⬇️Quyidagi havola orqali esa olimpiada natijalarini onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin:
🔗 IOI 2026 — natijalar reytingi

?
Yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechish orqali o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, dasturlash ko‘nikmalari va muammolarga yechim topish qobiliyatini namoyish etmoqda!

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga omad tilaymiz!

#IOI2026 #IOI #InformaticsOlympiad #Uzbekistan

 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#5_forum
#Мактабгача_таълим

V Ustozlar Milliy Forumi: Reggio Emilia yondashuvi


✅V Ustozlar Milliy Forumi doirasida maktabgacha ta’lim sho‘basida “Reggio Emilia pedagogik yondashuvini milliy maktabgacha ta’lim tizimiga integratsiya qilish: zamonaviy yondashuvlar va amaliy tajriba” mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

🔹Mashg‘ulotlarda Reggio Emilia yondashuvining asosiy tamoyillari, bolaning ta’lim jarayonidagi faol ishtiroki, pedagogning yo‘naltiruvchi roli hamda rivojlantiruvchi muhit yaratish usullari yoritildi.

⏺Amaliy mashg‘ulotlarda bolalarning qiziqish va ehtiyojlariga asoslangan faoliyatni tashkil etish, ijodiy-tadqiqot muhitini yaratish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tajribalar namoyish etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#birinchi_kun

🔴 Xorazmda «Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi o‘quv-seminarga start berildi.

Seminarning ilk kuni ishtirokchilar tantanali ravishda kutib olinib, “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.


📊 208 nafar ishtirokchi qatnashgan bellashuvda bilim, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Taqdirlash_marosimi

✅ “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning yopilish va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va rejalar haqida so‘z yuritdi.


🔹 Tadbirda shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi mas’ullari, vazir o‘rinbosarlari, ustozlar hamda vazirlik markaziy apparati vakillari qatnashdi.

🔰 Jarayonlar davomida sohada uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan bir guruh ustozlar “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko’krak nishonlari bilan taqdirlandi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: 2 kun davom etgan forumda hududlardan 300 nafardan ortiq ilgʻor, tashabbuskor, yetakchi oʻqituvchi va tarbiyachilar jalb etildi.

➖ Ushbu Forumning davomi kaskad usulida 17-18-avgust kunlari viloyat miqyosida, 20-21-avgust kunlari tuman (shahar)larda shoʻba yigʻilishlari koʻrinishida, 24-29-avgust kunlari barcha taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM