Ta’lim24.uz
100K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#birinchi_kun

🔴 Xorazmda «Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi o‘quv-seminarga start berildi.

Seminarning ilk kuni ishtirokchilar tantanali ravishda kutib olinib, “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.


📊 208 nafar ishtirokchi qatnashgan bellashuvda bilim, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Taqdirlash_marosimi

✅ “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning yopilish va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va rejalar haqida so‘z yuritdi.


🔹 Tadbirda shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi mas’ullari, vazir o‘rinbosarlari, ustozlar hamda vazirlik markaziy apparati vakillari qatnashdi.

🔰 Jarayonlar davomida sohada uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan bir guruh ustozlar “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko’krak nishonlari bilan taqdirlandi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: 2 kun davom etgan forumda hududlardan 300 nafardan ortiq ilgʻor, tashabbuskor, yetakchi oʻqituvchi va tarbiyachilar jalb etildi.

➖ Ushbu Forumning davomi kaskad usulida 17-18-avgust kunlari viloyat miqyosida, 20-21-avgust kunlari tuman (shahar)larda shoʻba yigʻilishlari koʻrinishida, 24-29-avgust kunlari barcha taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum

✅ 3 kun davom etgan Beshinchi “Ustozlar Milliy forumi” jarayonlaridan videolavha.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMarkazlari
#KelajakCamp

💘 “KelajakCamp” — unutilmas taassurotlarga boy dam olish maskani!

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kelajak” markazi tomonidan ijtimoiy reestrda turadigan oilalar farzandlarini yozgi ta’til davrida mazmunli dam oldirish, sog‘lomlashtirish hamda bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida “KelajakCamp” yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalariga jalb etish ishlari olib borilmoqda.

🏕 Mazkur maydonchalarda bolalarning maroqli hordiq chiqarishi, jismoniy faolligini oshirishi, yangi do‘stlar orttirishi hamda turli qiziqarli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm
#Bayram_tuhfasi

Xorazmda ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga shay

✅ Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahridagi 8-maktabda Investisiya dasturi asosida 12 mlrd 154,7 mln so‘m mablag‘ sarflanib, muassasa mukammal ta’mirlandi.

📍 Shuningdek, Urganch shahridagi «Renessans» nodavlat ta’lim tashkilotida ham bolalar uchun munosib sharoitlar yaratilgan.

🔰 Bunda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratilib, o‘quv xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda muassasaning ichki va tashqi hududi yangilanib, yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.

➖ Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Xorazm viloyatida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida hududiy bo‘linmalar uchun o‘quv seminari doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

⏰ O‘quv treningi davomida tadbir ishtirokchilari hududdagi qator ta’lim muassasalari faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishadi.

🔴Jarayonlar davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM