Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#ikkinchi_kun

Xorazmda “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi o‘quv-seminar doirasida hududdagi ta’lim obyektlari o‘rganilmoqda

Xabar berganimizdek, Xorazm viloyatida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi. Seminar doirasida hududdagi ta’lim obyektlariga amaliy tashriflar amalga oshirilmoqda. Ishtirokchilar viloyatdagi ta’lim tashkilotlari faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilayotgan yangi metodikalar hamda muassasalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

🔰 Xususan, mutaxassislar tomonidan quyidagi obyektlarda amaliy o‘rganishlar va tajriba almashish jarayonlari olib borilmoqda:
➖ Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha “Xorazm tajribasi”ni o‘rganish;
➖ Urganch shahridagi “Renessans” nodavlat ta’lim tashkilotida “Xitoy metodikasi” asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish amaliyoti bilan tanishish.


🔹 Tashrif va amaliy mashg‘ulotlar davomida hududlarda ta’limni boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, raqamlashtirish jarayonlari va ilg‘or metodikalarni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashilmoqda. Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤Telegram          🌐 Facebook
🌐Youtube           🌐Instagram
🔎Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

☀️"Yoz — otmoqda soz" shiori ostida yozgi mashg‘ulotlar davom etmoqda

✅Yozgi mashg‘ulotlar bolalar uchun ijod qilish, sport bilan shug‘ullanish, do‘stlari bilan mazmunli vaqt o‘tkazish va yangi ko‘nikmalarni egallash imkonini yaratmoqda.

➡️Videolavha Toshkent shahar Olmazor tumani 146-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatidan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
⚔️ Eco-schools Uzbekistan loyihasining ishtirokchilari o‘rtasida juda qiziqarli va munozarali bahs bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Ayrimlar chiqindilarni nazorat ostida yoqish yoki qayta ishlash orqali elektr energiyasini ishlab chiqaradigan chiqindilarni qayta ishlash zavodlarini qurish — Waste-to-Energy texnologiyasi tarafdori bo‘ldi.

⚛️ Boshqalar esa buning samaradorligiga shubha bilan qarashdi va zamonaviy atom elektr stansiyalarining unumdorlik darajasi bir necha barobar yuqori ekanligini bildirishdi. Ular qo‘shimcha afzalliklar qatoriga jarayonning uzluksizligini va ko‘p bosqichli xavfsizlik tizimini kiritib o‘tishdi.

🏁 Eko qurultoy yakunlangach, loyihalar davom ettirilishi mumkin...

❓ Siz kimning tarafidasiz?

~~~

⚔️ Очень интересный и неоднозначный батл разыгрался между участниками проекта Eco-schools Uzbekistan.

⚡️ Одни топили за постройку мусороперерабатывающих заводов, которые производят электроэнергию путем контролируемого сжигания или переработки отходов — технология Waste-to-Energy.

⚛️ Другие сомневались в эффективности и говорили что уровень производительности современных АЭС многократно выше. К дополнительным плюсам ребята отнесли непрерывность процесса и многоуровневую систему безопасности.

🏁 По окончанию Эко курултая проекты ребят могут получить продолжение…

❓ А вы на чьей стороне?

#WasteToEnergy #SafeNuclear #CleanEnergy #CircularEconomy #SustainableDevelopment

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm
#Ishtirokchi_fikri

🔴 Xorazmda davom etayotgan o‘quv seminari ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishishdi.


🔹 Zamira Erejepova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i,
🔹 Gavhar Berkinova — Jizzax viloyati Forish tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i
🔹 Zamira Xo‘jayeva — Navoiy viloyati Karmana shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig’i

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Хоrazm
#2_kun

⏰ Seminarning ikkinchi kuni — amaliy o‘rganishlar va mazmunli mashg‘ulotlar

Seminar ishtirokchilari kun davomida “Renessans” nodavlat ta’lim tashkiloti, Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Urganch shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


📍 Ta’lim obyektlaridagi o‘rganishlardan so‘ng ishtirokchilar Ma’mun universitetida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi

✅ Pedagog kadrlarning malakasini oshirish yo‘nalishida:

➖ “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” tadbirlarida 11 ta yo‘nalishda 72 soatlik dastur asosida 443 707 nafar maktab o‘qituvchisining malakasi oshirildi.

📊 2 228 nafar rahbar, jumladan, 960 nafar bog‘cha direktori va 1 268 nafar maktab direktori menejerlik kurslarida o‘qitildi.

🔰 Shuningdek, 1 768 nafar nomzod, jumladan, 1 086 nafar maktab direktorligiga nomzod va 682 nafar bog‘cha direktorligiga nomzod o‘qitildi.

⏰ Ta’lim muassasalarining 153 nafar xodimi, jumladan, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining 80 nafar pedagog xodimi hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 73 nafar professor-o‘qituvchisi xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborildi.

🌐 Yangi O‘zbekiston universitetida Massachusets texnologiya instituti dasturi asosida respublika bo‘ylab 1 400 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi.


📊 Keyingi bosqichda 48 902 nafar rahbar va pedagog xodim malakasini oshirish, “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” hamda “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, 2 080 nafar rahbarni menejerlik kurslarida o‘qitish belgilangan.

🔰 Eng yaxshi 100 nafar informatika fani o‘qituvchisini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish hamda xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv-metodik ta’minotni bosqichma-bosqich yaratish rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM