Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
#KelajakMarkazlari

🎭 “Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Jadidlar izidan” — 1,5 million o’quvchini qamrab olgan yirik loyihalar!

📈 Raqamlar dinamikasi mazkur tanlovlar nafaqat ommalashib borayotganini, balki maktab o‘quvchilari hayotida muhim ijtimoiy-madaniy hodisaga aylanayotganini ham ko‘rsatadi.

🌐 Tanlovlar statistikasi haqida batafsil VIDEOLAVHAda.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

📌 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

⚡Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

➡️ Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

🔷 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

🔷 Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;

🔷 Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

🔷 Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

🔷 aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

🔷qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

🔷 Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

🔷 Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.

➕Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

✅Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

✅Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

✅Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

⛔Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISO 2026: O‘zbekiston terma jamoasi REKORD NATIJANI qayd etdi!

📌Seul, Janubiy Koreya

🫂11–14-avgust kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida 21-Xalqaro Standartlar Olimpiadasi (ISO 2026) bo‘lib o‘tdi.

🔵Mazkur nufuzli musobaqada 20 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham yirik xalqaro intellektual bellashuvda munosib ishtirok etib, 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdilar.

Gʻoliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥇Asadbek Baxronov — Buxoro shahridagi Prezident maktabi — OLTIN MEDAL

🥇 Feruza Luqmonova — Buxoro shahridagi Prezident maktabi — OLTIN MEDAL

🥇 Saidakbar Jahonaliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi — OLTIN MEDAL

🫂Xalqaro Standartlar olimpiadasi — bu ko‘p bosqichli, murakkab va yuqori intellektual tayyorgarlik talab qiladigan bellashuv bo‘lib, unda nafaqat bilim, balki tahliliy fikrlash, mantiqiy yechim topish, jamoaviy ishlash va vaqtni boshqarish ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkaziladi.


⭐️G‘oliblarni tabriklaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
❓ Eco-schools Uzbekistan loyihasining ishtirokchilari qurultoy davomida aslo zerikmadilar. Ular tanlovlar va musobaqalar, taqdimotlar va ko‘rgazmalar, ekspertlar bilan uchrashuvlar, plogging hamda ekologiya aksiyalarida faol ishtirok etdilar. Belarus jamoasi ajoyib tarzda g‘olib chiqqan "Eko-zakovat" xalqaro o‘yinida bizning qatnashchilarimiz faqat birgina topilmagan javob tufayli ikkinchi o‘rinni egalladilar. "Eng yaxshi ekologiya loyihasi" tanlovida Qirg‘iziston va Rossiya yoshlarining kuchli tashabbuslari bizda ayniqsa katta taassurot qoldirdi.

❗️ Lekin eng muhimi shundaki, ishtirokchilarimiz xalqaro eko-hamjamiyatning bir qismiga aylandilar, o‘z ishlarining natijalarini baholashga hamda ekologiya sohasida yangi marralarni belgilashga muvaffaq bo‘ldilar.

~~~

❓ Скучать участникам проекта Eco-schools Uzbekistan на курултае было некогда. Они стали активными участниками конкурсов и соревнований, презентаций и выставок, экспертных встреч, плоггингов и экологических акций. В международном составе игры «Что? Где? Когда?», где красиво победили ребята из Беларуси, наши ребята заняли второе место, уступив лишь один не взятый вопрос. В конкурсе на «Лучший экологический проект» нам очень понравились сильные молодёжные инициативы России и Кыргызстана.

❗️ Но главное для нас то, что наши ребята стали частью международного эко-сообщества, смогли оценить результаты своей деятельности и наметить новые экологические горизонты.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🔴 Mustaqillikning 35 yillik bayrami arafasida yurtimizdagi qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilmoqda.

Xususan, Namangan shahridagi 1-maktabda 3 ming 500 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olayotgan mazkur ilm maskanida 2 ta sinfxona hamda kutubxona tadbirkorlarning 350 million so‘mlik homiylik mablag‘lari hisobidan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.


🔰 Zamonaviy talablar asosida jihozlangan kutubxonadan 7 mingdan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari o‘rin olgan. Shuningdek, o‘quvchilarning 2 mingdan ziyod elektron kitobdan foydalanishi uchun zarur imkoniyat yaratilgan.

📍 Shuningdek, Namangan shahridagi 85- va 88-umumta’lim maktablariga qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hamda 16-sonli DMTTda qurilish-ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Инклюзив_таълим

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda “Anglesey Food” MCHJ o‘rtasida imzolangan Memorandumga binoan, “Maktabga tayyormiz” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugun mazkur loyiha doirasida inklyuziv ta‘limda tahsil olayotgan 35 nafar 2-4 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv qurollar sovg‘a qilindi.


🔰 Tadbirda mas‘ullar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda?

Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan.


Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda.

So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi.

Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring!

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🔴 Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab "Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi" Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bundan ko'zlangan maqsad — yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat.


🔰 Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan “Taqdimot” sharti bo‘yicha chiqishlar namoyish etildi. Unda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy boyliklar aks ettirildi.

📍Qoraqalpog'iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent shahri

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM