Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Xorijiy_tillar

"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" Respublika tanlovi 2-kun jarayonlaridan videolavha.


✅ Eslatib o’tamiz, tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar:

🥇 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 400 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 300 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadi.

✈️ Shuningdek, Respublika bosqichi ishtirokchilari va ularning ustozlari xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchi_fikri

✅ Bugun Respublikamiz bo‘ylab "Milliy qadriyatlar targʻibotchisi" tanlovining hududiy bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🌐Mazkur sinov jarayonlarida o’zaro kuch sinashgan ishtirokchilar fikriga quloq tutdik.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_ekspert_fikri

Steve King,
Cambridge University Press & Assessment tashkilotining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerikada ta’lim islohotlari boʻyicha rahbari:

➖ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi uchun nihoyatda muhim kun. Biz, Cambridge vakillari, takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturi va davlat ta’lim standartlari taqdimotida ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Dastlab Milliy o‘quv dasturini takomillashtirishda qo‘llanilgan asosiy yondashuv va metodologiyalar bilan yaqindan tanishdik.

Kunning ikkinchi yarmida esa alohida fan yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ishlab chiqilgan yechimlarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Bugungi tadbir, ayni paytda, takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturining jamoatchilik muhokamasi boshlanishini ham anglatadi.

Muhokama jarayoni yakunlari va bildirilgan takliflar asosida kelgusi yilda yangi o‘quv dasturini O‘zbekiston bo‘ylab barcha maktablarda – maktabga tayyorlov bosqichidan boshlab yuqori sinflargacha – muvaffaqiyatli joriy etish ko‘zda tutilgan.


_______

👉 Abigail Barnett — Cambridge University Press & Assessment tashkilotining O‘quv dasturlari departamenti direktorining Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturi haqida

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

📍Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Baxtli Bolalik” nomli 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yong‘in xavfsizligi — hayot garovi” mavzusida ochiq mashg‘ulot tashkil etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonlik o‘qituvchilar ishtirokida Gonkongda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturi boshlandi

🌐 Dastur Gonkong Fan va Texnologiyalar Universitetining Guanchjou kampusida tashkil etilmoqda.


🔰
Dastur davomida o‘qituvchilar sun’iy intellekt sohasidagi eng so‘nggi yondashuvlar, zamonaviy o‘qitish metodlari va amaliy texnologiyalar bilan tanishib, universitet professorlari va mutaxassislari bilan tajriba almashadi.

➖ Eslatib o‘tamiz, “Day of AI” loyihasi doirasida respublika bo‘ylab 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchisi sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirdi. Ular orasidan eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan 50 nafar o‘qituvchi ushbu xalqaro dasturda ishtirok etish uchun saralab olindi.

📍 Ma’lumot uchun, Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti — dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, QS World University Rankings 2027-reytingida 33-o‘rinni egallagan.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#Islohotlar_samarasi

✅ Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish yoʻnalishida:

➖Bog‘cha va maktablarda har bir oy va hafta nomi alohida nomlanib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yagona namunaviy rejasi ishlab chiqildi.

➖2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soati” darslari namunaviy reja asosida har dushanba kuni o‘tish amaliyoti joriy etildi.

Ushbu darslar uchun soha olimlari, ekspertlar va deputatlarni jalb etgan holda 180 ta ssenariy asosida 410 ta videokontentlar tayyorlanib, “milliytarbiya.uz” platformasiga joylashtirdi.

➖Ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida har o‘quv yilida «Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi» respublika tanlovini o‘tkazilmoqda.

➖Maktablarda xavfsiz, zo‘ravonlikdan holi muhitni yaratish maqsadida «Xavfsiz maktab» konsepsiyasi va «Xavfsiz maktab» muhitini joriy etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib,  tasdiqlandi.

➖208 ta (har bitta tuman (shahar)da 1 tadan) «Jasorat maktabi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  «Jasorat maktablari»ga ikki bosqichli saralash orqali 5 408 nafar (bitta sinfda 26 nafar) o‘quvchilar qabul qilindi.  Shundan, 4 064 nafari o‘g‘il, 1 344 nafari qizlarni tashkil etadi.

➖Joriy yilning 1-iyul kuni Respublikamiz bo'ylab “Jasorat maktablari”ga hujjat topshirgan talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.

➖ Jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazish uchun 1 664 nafar (har bir maktab uchun 8 nafardan kam bo‘lmagan) hakamlar hay’ati tarkibi tasdiqlandi.

➖ "Jasorat maktablari"ga hujjat topshirgan talabgorlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari joriy yilning 5-6 avgust kunlari 208 ta tuman (shahar) binolarida bo‘lib o‘tdi.

➖ Jasorat maktablari” o‘quvchilari o‘rtasida ikki bosqichdan iborat “Jasorat uchqunlari” harbiy- vatanparvarlik va sport musobaqasi o‘tkazildi. Gʻoliblar kuni kecha Ozarbayjon shahriga ta’lim sayohatiga yuborildi.

➖ Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Turon” maktab teatri”, «Iqtidor», «Jadidlar izidan» tanlovlari o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblari, Turkiya, Germaniya hamda Ozarbayjon davlatlariga ta’lim sayohatiga yuborildi.

➖ Maktabdan tashqari ta’lim tizimi faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqilib, «Kelajak markazlari» tashkil etildi va har bir maktabda ularning maslahatchi lavozimi joriy etildi.

➖Dolzarb 90 kun doirasida hududlardan 41 729 ming nafar o‘quvchilar Toshkent shahridagi «Amir Temur», «O‘zbekiston tarixi» muzeylari, «Shaxidlar xiyoboni», «Shon sharaf»  majmuasiga tashriflari amalga oshirildi.

➖Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida futbol bo‘yicha  o‘quvchi-qizlar o‘rtasida hamda ustoz-ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

 Ushbu musobaqalarda 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblariga jami 920 mln so‘m pul mukofotlari hamda “Damas” avtomashinasi topshirildi.

➖Joriy yilning 18–20-avgust kunlari 208 ta “Jasorat maktabi” chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

➖ Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan jami 2800 nafar o‘quvchilar “Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi doirasida Islom sivilizatsiya markaziga sayohat uyushtirildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Milliy_forum

Beshinchi “Ustozlar milliy forumi” doirasida hududlarda seminar jarayonlari va sport musobaqalari boʻlib oʻtmoqda


➖ Maʻlumot oʻrnida: joriy yil 17-18-avgust kunlari Forum viloyat miqyosida, 20-21-avgust kunlari tuman (shahar)larda shoʻba yigʻilishlari koʻrinishida, 24-29-avgust kunlari barcha taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Sirdaryo viloyati
📍Andijon viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Fargʻona viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Toshkent shahri

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2021-yilda start berilib, o‘sha vaqti loyihaga 22 ta maktab a’zo bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa bu ko‘rsatgich 694 taga yetdi.

🤓 Loyihaga 430 mingdan ortiq o‘quvchilar va mingdan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Shuningdek, 11 mingdan ortiq eko-faol o‘quvchilar bazasi mavjud.

5️⃣ 5 yil davomida 50 ta onlayn, 80 ta mahalliy, 9 ta mintaqaviy va xalqaro tadbirlar tashkil etilib, O‘zbekistonning 30 ta maktablari "Yashil bayroq" xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi.

👨‍🏫 Loyihani samarali boshqarish uchun hududiy koordinatorlar, mentor pedagoglar va mentor o‘quvchilar tizimi yo‘lga qo‘yildi.

🏫 Shuningdek, "Yosh fermer" loyihasi doirasida 200 ta maktabdan 18 mingdan ortiq o‘quvchi va 200 dan ortiq o‘qituvchilar dasturga jalb qilindi. Maktablarda tashkil etilgan bug‘xonalarda 34 tonnadan ortiq mahsulotlar yetishtirildi.

~~~

🚀 Проект «Eco-Schools Uzbekistan» стартовал в 2021 году. В первый год к проекту присоединились 22 школы. А сейчас их число уже 694.

🤓 В проект вовлечено более 430000 учащихся и свыше тысячи учителей. Кроме того, насчитывается база из более 11000 экоактивистов.

5️⃣ За пять лет было организовано 50 онлайн, 80 местных, 9 региональных и международных мероприятий, 30 школ Узбекистана удостоились международной награды «Зелёный флаг».

👨‍🏫 Для эффективного управления проектом, создана система региональных координаторов, ментор-учителей и ментор-учеников.

🏫 Также, проект «Юный фермер» охватил из 200 школ более 18000 учеников и свыше 200 учителей. В парниках, созданных в этих школах, было выращено более 34 тонн сельскохозяйственной продукции.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Maktablar yangi o‘quv yiliga shay


🔴 Respublikamiz bo‘ylab barcha ta’lim maskanlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda.

🌐 Jarayonlar Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi 53-maktab misolida.


➖ Ma‘lumot o‘rnida: 2026-2027-o‘quv yilida tumandagi 60 ta umumiy o‘rta ta’lim hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida 4436 nafar maktab yoshidagi bolani 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi


✅ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
 
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutit huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi (Markaz) tashkil etiladi.


Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
 
➖ maktabgacha ta’lim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
 
➖ YUNESKOga a’zo mamlakatlarning maktabgacha ta’lim dasturlari va usullari bilan bog‘liq qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish;
 
➖ bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
 
➖ 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish va davriy hisobotlar tayyorlash;
 
➖ maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlashda yangi yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro trening, seminar va konferensiyalarni tashkil etish.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🔴 Qoraqalpog’iston: vazir yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o’rganmoqda

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuvlar avvalida vazir Amudaryo tumani 76-maktabda bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, kasbga yo‘naltirish xonalari, mavjud sharoitlar, Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.


🔰Shuningdek, vazir Nukus shahridagi 30-sonli MTTda bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

➖Kun davomida Nukus shahridagi 16-va 31-maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quv xonalarining jihozlanishi, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda mavjud infratuzilma holati o‘rganildi va mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM