Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Қорақалпоғистон

✅ Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan Beshinchi “Ustozlar milliy forumi” hududiy bosqichining taqdirlash tadbirida ishtirok etdi.


Unda vazir ishtirokchi ustozlarni samimiy tabriklab, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi o‘quv yilidagi yangiliklar va rejalar haqida so‘z yuritdi.


🔰 Shundan so‘ng bir guruh faol va fidoyi pedagoglar "Xalq ta'limi a‘lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

➖ Maʻlumot oʻrnida: “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbir kaskad usulida davom ettirilmoqda.

📊 Forumning hududiy bosqichida Respublikamiz bo‘ylab 4 ming nafardan ortiq soha xodimlari ishtirok etishmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Xorijiy_tillar

✅ "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" Respublika tanlovi doirasida bugun "Zakovat" o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in o‘tgan musobaqalar yakuniy natijalariga ko‘ra:


🥇Toshkent shahri jamoasi — 1-o‘rinni,
🥈Farg‘ona viloyati jamoasi — 2-o‘rinni,
🥉Qashqadaryo viloyati jamoasi — 3-o‘rinni egalladi.

⏰ Tantanali taqdirlash tadbiri ertaga — 20-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#3_kun #Renessans_oromgohi

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺DIQQAT, E'LON

➖Ta’lim sifati, yoshlarimiz kelajagi va mamlakatimiz taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan soha mutaxassislari, pedagoglar hamda ota-onalar diqqatiga!

✅Bugundan boshlab umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganini ma'lum qilamiz.
 
🗣 Jamoatchilik muhokamasi 15 kun davom etadi. Shu vaqt mobaynida https://dts.rtmuzedu.uz/ platformasi orqali o‘z fikr-mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringizni bildirishingiz mumkin.

🔻Xalqaro tajribalar asosida yetakchi mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan ushbu hujjatlar mazmunini yanada boyitishda sizning takliflaringiz muhim o‘rin tutadi.
 
🔴Har bir asosli fikr biz uchun muhim! Ta’lim mazmunini birgalikda shakllantirish, farzandlarimiz uchun zamonaviy, sifatli va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga o‘z hissangizni qo‘shing!

💬Asosiy maqsad – yangi avlodni tez o‘zgarayotgan zamonga mos, raqobatbardosh, bilimli va zamonaviy ko‘nikmalarga ega shaxs sifatida tarbiyalashdir.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy ta’limga berilayotgan e’tibor — xalqaro e’tirofda

✅O‘zbekistonda xususiy ta’lim sektorini rivojlantirish va ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⏺Buning yorqin namunasi sifatida Toshkent shahridagi “Sehriyo” nodavlat ta’lim muassasasining joriy yil iyul oyida Singapurda o‘tkazilgan “Brands For Good Awards-2026” xalqaro mukofotining “EDU FOR GOOD” toifasida g‘olib deb topilganini ta’kidlash mumkin.

🗣Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Sehriyo” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda xususiy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy va xalqaro tajribalarni joriy etishdagi o‘rni qayd etildi.

🫥“Sehriyo” maktabining xalqaro mukofotga sazovor bo‘lishi — xususiy ta’lim sektoriga yaratilayotgan imkoniyatlar va sog‘lom raqobatning muhim natijasidir”, — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev.

Ma’lumot uchun: “EDU FOR GOOD” xalqaro mukofoti ta’lim tashkilotlariga ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy mas’uliyati, barqaror rivojlanish tashabbuslari hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_biz
#Fan_olimpiadalari

O‘quvchilarimiz Xalqaro standartlar olimpiadasida rekord natija qayd etishdi


➖ Eslatib o‘tamiz, 11–14-avgust kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida 21-Xalqaro Standartlar Olimpiadasi (ISO 2026) bo‘lib o‘tdi.

📊 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi REKORD NATIJANI ko‘rsatib, 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritishdi.

🌐 "O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" ko‘rsatuvida shu haqida.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi

Xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirish yo‘nalishida:

📊 "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi" an‘anaviy tarzda bu yil 5-marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan vaqt davomida mazkur tanlovga 200 ming nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishdi.

✈️ Tanlov g‘oliblari Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya davlatlarida ta‘lim sayohatlarida bo‘lishdi.

🌐 So‘nggi to‘rt yilda sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni ham deyarli 8 barobarga oshib, 90 424 nafarga yetdi.

📊 Maktablarga 2023-yildan hozirgi kunga qadar 1 500 nafarga yaqin til egalari va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etildi. Yangi o’quv yilida esa yana 2 500 nafar xorijlik mutaxassislar olib kelinishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda "STEP" (Smart Tongues Education Programme) loyihasi doirasida Toshkent shahridagi qator umumta’lim maktablari bitiruvchilarining xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasini aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli baholash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

🔰 Mazkur sinov natijalariga asosan, poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 11 ming nafarga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bepul milliy sertifikatlarni (CEFR) qo‘lga kiritishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон
‼️‼️‼️

Yurtimiz maktablarida 2026/2027 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

✅ Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (chorshanba kuni) boshlanadi.

📊 Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
_____

С 2 сентября во всех школах страны начнётся новый учебный год

✅ Во всех общеобразовательных школах республики учебный год начнется 2 сентября.

📊 Кроме того, в этом году более 795 тысяч первоклассникам торжественно вручат «Подарок Президента», включающий 12 наименований школьных принадлежностей.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram       🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM