Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Xorijiy_tillar

Nemis tili fani ustozlari uchun navbatdagi o‘quvlar boshlandi

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, TELC va “Profi Deutsch” nemis tilini o‘qitish va imtihon markazi tomonidan tashkil etilgan nemis tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

24–29-avgust kunlari davom etadigan o‘quvlar davomida ishtirokchilar uchun nemis tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlarga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.


O‘quvlar davomida:
➖Darsni rejalashtirish va o‘quv dasturini ishlab chiqish,
➖"Einfach besser“ darsligi va materiallari bilan tanishuv,
➖Tinglab tushunish, o‘qish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish,
➖yozma nutqni rivojlantirishning usul va vositalari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

📍Jarayonlar A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

Kuzgi malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi


✅ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida umumtaʻlim hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

🌐
BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_sertifikat
#yangilik

BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM YANGILIK!

✅ 2026-yil 29-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 411-son qarori bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun yangi sertifikat tizimi joriy etildi.

📌2026/2027-o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahorati to‘g‘risida” sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin.

🎓 Sertifikat darajalari:
A+ | A | B+ | B | C+ | C

⏳ Sertifikatning amal qilish muddati — 3 yil.

✍️Boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi va boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega pedagoglar B+, A yoki A+ darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritsa, sertifikat amal qilgan davr mobaynida lavozim maoshiga har oy 15% qo‘shimcha ustama oladi.

📝 Imtihonda nimalar baholanadi?
Talabgorlarning:
➡️boshlang‘ich sinf fanlari bo‘yicha bilim darajasi;
➡️ o‘qitish metodikasi;
➡️ pedagogik mahorati baholanadi.

💬Imtihon topshiriqlarining fanlar tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori, baholash mezonlari va o‘tkazish muddatlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlanib, rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.

💳 Sertifikat imtihoni uchun to‘lov — BHMning 1,5 baravari.

Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalar a’zolari hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun belgilangan to‘lovga 50% chegirma qo‘llaniladi.


🌐 Ariza YIDXP (my.gov.uz) orqali topshiriladi.

📊 Imtihon natijalari yakunlangandan so‘ng 21 ish kunidan kechiktirmay YIDXP orqali e’lon qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ “
Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitish: zamonaviy metodika va innovatsion yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.


⏰ Unda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov ishtirok etdi.

Unda umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish, davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglari uchun o‘zbek tilini o‘qitishning zamonaviy usullari, muloqotga yo‘naltirilgan ta’lim, amaliy topshiriqlar asosida o‘qitish, darslarni rejalashtirish va baholash usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Ma'lumot o'rnida: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 180 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.



🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi

Ilk rivojlanish markazlari haqida 🍉 fakt

✅ Mazkur markazlar faoliyati 2025-yilda yo‘lga qo‘yilgan.

➖Bunda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash maqsad qilingan.

🌐 Mazkur ta’lim muassasalarida 3-6 yoshli bolalar uchun “oʻyin guruhi”, 2-7 yoshli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modellari asosida taʼlim-tarbiya beriladi.

📊 2025-yilda respublikamiz bo‘ylab 50 ta Ilk rivojlanish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

📈 2026-yil yakuniga qadar esa yana 49 ta Ilk rivojlanish markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
___

📍 Videolavhada Andijon viloyati, Qo‘rg’ontepa tuman Ilk rivojlanish markazi faoliyati aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Bayramga_tuhfa

🔴 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimiz bo'ylab qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetib, foydalanishga topshirilmoqda.


🌐 Xususan:

📍Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari yakunlanib, o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi.

📍Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 300 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

📍Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabining 240 o‘rinli qo‘shimcha binosi zamonaviy talablar asosida bunyod etildi.

📍Sirdaryo viloyati, Guliston mahallasidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinib, bolajonlar uchun o'z eshiklarini ochdi.

📍Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi 46-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 60 o‘rinli oshxona hamda zamonaviy kutubxona barpo etildi.

📍Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Termiz filialining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

📍 Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanidagi 140 о‘rinli 23-DMTTi binosi hamda "Zarafshon" mahallasidagi 710 o‘rinli 54-maktab binosi zamon talablari asosida mukammal ta'mirlanib foydalanishga topshirildi.

📍Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф

“Bugun o‘qituvchining mehnati qadr topmoqda. Mehnat qadrlangan joyda esa o’sish bo’ladi…”


✅ Xabaringiz bor, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bir guruh fidoyi ustozlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

🔺 Ular orasida Buxoro viloyati, Buxoro tumani, 30-maktab biologiya fani o‘qituvchisi Farangiz Gʻaniyeva ham bor. 19 yillik pedagogik tajribaga ega ustoz “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

➖ Ta’kidlash joiz, Farangiz G’aniyevaning o‘quvchilari har yili fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalar qayd etishmoqda.

🌐 Batafsil videolavhada.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika_1

Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari 11 BALLGA OSHDI

📊 Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari

➖ O'rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Navoiy viloyati peshqadamlik qilmoqda (112,8 ball).


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika_2

📊 Davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni so‘nggi 3 yilda +3,5 foizga oshdi

👉 Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich:

📍Navoiy viloyati — 52,5 foiz
📍Buxoro viloyati — 37,9 foiz
📍Jizzax viloyati — 35,9 foiz

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM