Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi

Ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:

✅ Bugungi kunda pedagoglarning mehnatini munosib rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

🔹Mamlakatimiz tarixida ilk bor o‘qituvchilarning ish haqini oshirish ikki bosqichda va tabaqalashtirilgan tartibda amalga oshirildi.

📊 Umumta’lim maktablari xodimlariga ish haqidan tashqari to‘lanadigan ustama va qo‘shimcha haqlar 2017-yilda 15 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 40 tadan ortiqni tashkil etmoqda.

🌐 Bugungi kunda qariyb 17 ming nafar o‘qituvchining oylik ish haqi 1000 AQSH dollaridan ortiq miqdorni tashkil etmoqda.

📊 15 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizigacha bo‘lgan qismi, 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ doirasida qoplab berilishi nazarda tutilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Bayramga_tuhfa

🔴 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimiz bo'ylab qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetib, foydalanishga topshirilmoqda.


🌐 Xususan:

📍Qoraqalpog'iston Respublikasi, Taxiatosh tumanida 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.

📍 Surxondaryo viloyati, Denov tumani “Vodiy” mahallasida “Ilmkon” o‘quv majmuasi tarkibida davlat-xususiy sheriklik asosida 300 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan bunyod etildi.

📍Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 180 o‘ringa mo‘ljallangan binosi kapital ta’mirlanib, zamonaviy va fayzli qiyofada foydalanishga topshirildi.

📍Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi 28-umumta’lim 900 o‘rinli maktabining binosi foydalanishga topshirildi.

📍Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham yangidan qurildi.

📍Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.

📍Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi Nihol mahallasida joylashgan 6-sonli DMTT yangilanib, foydalanishga topshirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#audiochat

📣 Hurmatli ustozlar, qadrli kuzatuvchilar!

✅ Joriy yilning 28-avgust kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy telegram sahifasida maktablarda dars taqsimoti va 2026-2027-o‘quv yilidagi yangiliklarga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi.

➖ Unda vazirlik mutaxassislari tomonidan mavzuga oid batafsil ma’lumot beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍
 
1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari”, “Birinchi qo’ng‘iroq” va “Kelajak soatlari”ga munosib tayyorgarlik ko’rish — navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

➖ Yig‘ilish avvalida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish, 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari”ni topshirish masalalari haqida so‘z bordi.

📊 Ta’kidlash joizki, joriy yilda 795 ming nafardan ortiq o‘quvchilar 1-sinfga qabul qilinmoqda. Ularga 12 xil nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshiriladi.

🔰 Shuningdek, yig‘ilish davomida o‘zbek tilini rivojlantirish va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida so‘z bordi.


Bundan tashqari, vazirlik tizimidagi kutubxonalar faoliyati, ularning holati haqida mas’ullar axboroti tinglandi.

🌐 Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish va natijadorlik bo‘yicha muntazam hisobot berib borish topshirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vazirligi Tayanch ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i Abubekir Siddiq Savashchi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va qardoshlik aloqalari ta’lim sohasida ham izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.


🔰 Xususan, yaqinda tasdiqlangan ta’lim sohasidagi hukumatlararo bitim ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

➖ Uchrashuvda shuningdek, Toshkent shahrida Turk maktabini hamda Istanbul shahrida O‘zbek maktabini tashkil etish va qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz”: Amerikadagi 500 vatandoshdan Prezidentga maktub keldi

AQSH va Kanadada yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganini alohida e’tirof etdi.

Murojaatda so‘nggi yillarda davlatning ochiqligi, xorijdagi vatandoshlar bilan munosabat mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, ular bilan muloqot qilish, fikrini eshitish va Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etilgan.

🇺🇸🇺🇿 Ayniqsa, O‘zbekiston va AQSH munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani vatandoshlarda katta umid uyg‘otayotgani ta’kidlangan. Ular Prezident Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan bo‘lajak bevosita va ishonchli muloqoti, oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirgan.

“Siz olib borayotgan siyosat bizga nafaqat yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki zimmamizga katta mas’uliyat ham yuklamoqda. Biz xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lishimiz, Vatanimizning haqiqiy qiyofasini keng jamoatchilikka yetkazishimiz kerak”, — deyiladi murojaatda.


Vatandoshlar amerikalik tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yangi texnologiyalar, bilim va tajribalarni Vatanga olib borish, ta’limiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan.

Murojaatda yana bir muhim fikr alohida urg‘ulangan:

🔷“Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz. O‘zbekistonning yutug‘i — bizning yutug‘imiz. O‘zbekiston bayrog‘ining dunyo maydonida baland ko‘tarilishi — har bir vatandoshimiz uchun faxr va iftixordir”.


Maktub yakunida vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyevni va O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, mamlakat tinchligi, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi islohotlarga muvaffaqiyat tilagan.

Murojaat “Vatan Global Alliance” jamiyati raisi Ozod Soliyev, O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Malakov va Muhabbat Shamayeva, Vatan Filadelfiya jamiyati raisi Saidullo Ahmedov, Vatan Nyu-York jamiyati raisi Baxtiyor Qodirov hamda Amerikada yashayotgan 500 nafar vatandosh nomidan yo‘llangan.

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

✅ Hukumatning tegishli Qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) to'g'ridan-to'g'ri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) berish amaliyoti joriy qilindi.

➖ Buning uchun:

🔹Pedagog.uzedu.uz platformasida Profilingizga kiring.
🔹"Murojaatlarim" bo‘limini oching.
🔹To‘g‘ridan-to‘g‘ri turni tanlang.
🔹Kerakli formalarni to‘ldiring.
🔹Oxirgi formadan imtiyoz tanlash qismida "Imtiyozli bakalavr diplomi" ni tanlang.
🔹Yuborish tugmasinini bosing.

🔰 Shuningdek, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi)” berish imtiyozini qo'shish bo'yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

Yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

✅ O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida xolis baholash, ta’lim natijalarini muntazam tahlil qilib borish hamda yangi baholash tizimi qamrovini yanada kengaytirish maqsadida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.

📊 Natijada mazkur tizim respublika bo‘yicha 5 000 dan ortiq maktabni qamrab oladi.

👉
MAKTABLAR RO‘YXATI

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM