Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Infografika

Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini taʼlimga jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar
:
 
✅Hukumatning tegishli Qaroriga muvofiq, maktablardagi oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilinib, oʻqitish xarajatlarining 80 foizi Davlat budjetidan qoplab berilmoqda.

📊 Qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan  oʻquvchilarning 2 484 nafari umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishdi. Shuningdek, 6 590 nafar 11-sinf bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridagi oʻrtacha bali 85,4 ni tashkil qildi.

🔹 Buning uchun oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish jarayonlarini tashkil etish, monitoringini yuritish hamda toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha kelajak.uzedu.uz elektron platformasi ishga tushirildi.

📊 Bugungi kunda platformada 9 mingdan ortiq davlat maktablari, oʻquv markazlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtgan.

📍 2026-yilning 1-sentabr holatiga 138 813 nafar oʻquvchilar axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, umumtaʼlim fanlari, 1-4-sinflarda uzaytirilgan kun guruhlari va kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb qilingan.

2025-2026 oʻquv yilida “Kelajak” markazlarida jami 223 166 nafar oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan boʻlib, shundan 21 918 nafar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlovlardan ozod qilingan.

📊Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida 2026-yilda 1 369 ta mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish orqali 53 219 ta bola oʻrni yaratilgan.

🔰 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida 14 492 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 31 728 nafar farzandlarining ota-ona toʻlovi uchun 7,8 mlrd soʻm Davlat budjetidan yoʻnaltirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Йил_ўқитувчиси

📣 “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari boʻlib oʻtdi.

➖ Unda tanlovning ikkinchi bosqich natijalari boʻyicha saralab olingan 416 nafar talabgor pedagog oʻzaro bellashdi.

➖ Mazkur bahslarda nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat taqdimoti 20 ball hamda kitobxonligi boʻyicha test asosida 80 ballik tizim asosida baholandi. Taqdimot hamda test sinovlari yuzasidan baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar murojaatlari  apellyatsiya komissiyasi a’zolari  tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, nomzodlarning natijalari o‘zgarishsiz qoldirildi.

🔹 Tanlovning uchinchi bosqich natijalari pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.

❗️Tanlov g‘oliblari tog‘risida ma’lumotlar vazirlikning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.


👉 Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим
#Xalqaro_hamkorlik

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNIСЕF hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Samarqandda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan trening boshlandi.

Unda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 30 nafar mentor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.


➖ Jarayonlar davomida xususan:

🔹 mentorlikda professional yondashuv va mentorlik identifikatsiyasi;
🔹 mentorlik tushunchasi va uning asosiy vazifalari;
🔹 mentor va menti o‘rtasidagi samarali munosabatlar kabi mavzularda so‘z bormoqda.

🔰 Mashg‘ulotlarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy topshiriqlar, vaziyatli mashqlar va real mentorlik jarayonlariga yaqin ssenariylar asosida ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_soati_haqida

“VATAN QAYERDAN BOSHLANADI?” — “KELAJAK SOATI”


О‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ona Vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatini oshirish maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.


🔰 Darslar davomida o‘quvchilar Vatan, uning qadri, tinchlik va farovonlikni asrash, yurt kelajagi uchun mas’uliyatli avlod bo‘lib voyaga yetish kabi muhim tushunchalar yuzasidan fikr almashishdi.

🔹 Vatan — qalbimizdan, oilamizdan, ona zaminimizdan boshlanadi!

📍Videolavhada: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-sonli umumta’lim maktabi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv ijodiy studiyalarga sakkizinchi qabul boshlandi. Ishtirokchilar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’atida o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo'ladi. Har bir yo‘nalishda muallimlar uchun ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.

Qanday qilib "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanish mumkin?


14–18 yoshdagi o‘smirlar 15-sentyabrga qadar (jumladan shu sanada ham) bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Kurslarga nomzodlar tanlovi 18-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

—

В рамках проекта Zamin Creative начинается восьмой набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. Участники смогут раскрыть свои таланты и развить профессиональные навыки в трёх направлениях: медиа, дизайн и театральное искусство. Для каждого направления были разработаны специальные учебно-методические пособия для педагогов, обеспечивающие высокое качество образовательного процесса.

Как стать участником Zamin Creative?


Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 15 сентября (включительно) здесь.

Отбор кандидатов на курсы пройдёт 18 сентября.

#ZaminCreative

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
#Inklyuziv_taʼlim

✅ Ta'lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarning sifatli bilim olishi hamda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.


📍Videolavhada Andijon viloyati, Andijon shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabidagi jarayonlar aks etgan.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon
#sport

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda.


➖ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.

🔹 Roʻyxatdan oʻtish 5tashabbus.uz platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.

👉 Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️

❗️2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari yakunlanishiga 1️⃣ kun qoldi!

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

🫥“So’nggi 10 yilda maktabgacha ta’lim sohasida ko’plab sharoitlar yaratildi.

Bu imkoniyatlar bizga bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun yanada mas’uliyat bilan mehnat qilishga kuch bag‘ishlaydi”, — deydi Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi 24-sonli DMTT direktori Nadejda Krupskaya.


Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_soati_haqida

✅ “Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotda o‘quvchilar bilan mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, jamiyat va hayotimizda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida suhbatlashildi.


📍Videolavhada: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 55-sonli maktab.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Barchaga salom, bizda ajoyib yangilik.

📣 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2026–2027-o‘quv yilida a'zo bo'lish uchun qabul jarayonini ochiq deb e'lon qilamiz.

🏫 Mamlakatimizdagi barcha maktablar havola orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihaga qo'shilishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 2026-yilning 10-sentabr kunidan 4-oktabr kunigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni @qabul_eco_schools manziliga yuborish zarur.

☝️ "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga qo‘shilish va ekologik harakatning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Butun maktabingiz va mahallangiz bilan birgalikda atrof-muhitni asrash va yashil kelajakni yaratishga hissa qo‘shing.

~~~

👋😊 Всем привет, у нас отличная новость!

📣 Мы объявляем о начале приема заявок на участие в проекте Eco-Schools Uzbekistan в 2026–2027 учебном году.

🏫 Все школы нашей страны могут присоединиться к проекту, заполнив заявку по ссылке. Прием заявок будет проходить с 10 сентября по 4 октября 2026 года. Заполненные заявки необходимо отправить на @qabul_eco_schools.

☝️ Не упустите возможность присоединиться к проекту Eco-Schools Uzbekistan и стать частью экологического движения! Вместе со своей школой и махаллёй внесите свой вклад в защиту окружающей среды и создание зелёного будущего.

#EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

❓Homilador yoki yosh bolasi bor ayollar attestatsiya sinovlarida qatnashish uchun ariza berolmaydi, deb eshitdim, shu toʻgʻrimi?


✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

➖ pedagoglar ikki turdagi — majburiy va ixtiyoriy (navbatdan tashqari) shaklda attestatsiyadan oʻtkaziladi.

👉 Nizomga asosan:

➖ homilador ayollar (homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖ homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar (taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖ uch yoshgacha bolalari bor ayollar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

🔹 Eʼtibor qaratish lozimki, yuqorida keltirilgan toifadagi pedagoglar faqat majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi, ixtiyoriy attestatsiyada qatnashish istagidagi barcha pedagog ayollar sinovlarda qatnashish uchun oʻrnatilgan tartibda ariza berishlari mumkin.

👉 Maʼlumot uchun: amaldagi tartibga koʻra, malaka toifasini oshirish uchun oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan pedagog kadrlarning:

➖malaka toifasi tushirilmaydi va ularga amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha;
➖sinov natijalariga koʻra malaka toifasi oshirilgan pedagoglarga oshirilgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.

❗️Eʼtibor bering! Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bor ayollarni majburiy attestatsiyadan ozod qilishdan asosiy maqsad, mazkur ayollarning va farzandlari salomatligini asrash, ularni ortiqcha ovoragarchilikdan himoya qilishdir.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM