Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdim. Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishni boshladi.

O‘quv jarayonida STEM yo‘nalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur o‘zlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda o‘qitiladi.

Shu bilan birga, o‘quv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.

Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘usi, o‘zligi va milliy madaniyati bilan bog‘liqlikni doimiy singdirib borish zarur  — menimcha, ta’limda eng to‘g‘ri yondashuv shu.

—

Ознакомилась с работой специализированной
школы-интерната с углублённым изучением иностранных языков. Здесь начали обучение более 260 талантливых детей.

Особое внимание будет уделяться STEM-направлению: математике, физике, химии, биологии и IT. Ребята смогут изучать их углублённо, работать над проектами, учиться применять знания на практике, а также проводить самостоятельные исследования. Серьёзная языковая подготовка включает английский и китайский.

При этом значительная часть учебной программы посвящена родному языку, истории, литературе и культуре Узбекистана.

Мне близок такой подход — дать детям современное образование и возможности для будущего, сохраняя прочную связь со своей страной и её культурой.
#Sayyor_qabul

✅ Bugun Jizzax viloyati Forish tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda:

➖ oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish;
➖ taʼlim muassasalariga ishga joylashish;
➖ bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabuli;
➖ ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlariga doir qator aholi murojaatlari masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.


👉 Keltirilgan murojaatlarni oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha zarur choralar amalga oshirildi.

🔹 Sayyor qabul davomida avtohalokat xavfi ostidagi bolaning hayotini asrab qolishga munosib hissa qoʻshgan hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng eʻtirof etilgan Forish tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Shahzodbek Oʻtkirovning jasorati va mardligi alohida eʼtirof etildi.


👉 Shu bilan birga qahramon oʻquvchiga vazirlikning esdalik sovgʻalari hamda maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi topshirildi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from E’zoza Karimova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
441-sonli DMTTda milliy tarbiya modelini amaliyotga joriy etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda maktabgacha ta’limda milliy tarbiya modelini amaliyotga joriy etish, bolalarda milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va kasblarga qiziqishni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar namoyish etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi qatnashchilariga tabrik
—
Поздравление участникам 46-й Всемирной шахматной олимпиады

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Master-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha treningga start berildi

✅ Taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha master-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

➖ Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev, Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Maykl Xolgeyt, Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Buyuk Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari, Pedagogik mahorat markazlari va umumtaʼlim maktablarining 300 nafardan ortiq metodist va oʻqituvchilari ishtirok etdi.


🔹 Marosimda soʻz olganlar tadbirning oʻziga xos jihatlari, pedagoglarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini oshirish, taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari va “Kelajak soati” darslari samaradorligini oshirish, oʻqituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

➖ Shundan soʻng tashkil etilgan plenar sessiyalarda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali vakillari hamda boshqa ekspertlar tomonidan taʼlim maskanlarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish, xalqaro hamkorlik va fanlar kesimidagi mashgʻulotlarning mazmun-mohiyati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazishdi.

🔹 Trening tadbirlarining turli yoʻnalishlarga doir sessiyalari va intensiv amaliy mashgʻulotlari joriy yilning 16-17-sentabr kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etiladi.

👉 Maʼlumot uchun: mazkur trening mashgʻulotlarida ishtirok etgan master-trenerlar oʻquv yili davomida hududlardagi 4 000 nafar mentor oʻqituvchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda 350 ming nafardan ortiq pedagoglar uchun kaskad usulida trening mashgʻulotlarini oʻtkazadi.

⏰ Treningning 12 ta yo‘nalishdagi sessiyalari 16–17-sentabr kunlari A.Avloniy nomidagi institutda davom ettiriladi.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM