Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Xorazm

Vazir Xorazmda: ta‘lim muassasalari faoliyati o‘rganildi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Xorazm viloyatida bo‘lib, ta‘lim maskanlarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi va pedagoglar bilan muloqot qildi.

🔹 Xususan, vazir Urganch va Xonqa tumanlarida joylashgan ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlarni o’rgandi va o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda pedagoglar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.


🔰 Uchrashuvlar doirasida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

📢 Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi yondashuvni ma’lum qildi.

⚡️Yevrokomissiya “Kids Act” doirasida 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash, 15 yoshgacha shaxsiy akkaunt ochishni taqiqlash, 13–15 yoshdagilar uchun esa ota-ona nazoratidagi cheklangan “mini-akkaunt”larni joriy etishni taklif qilmoqda.

Bunday akkauntlardan foydalanish kuniga bir soat bilan cheklanishi, 15–18 yoshdagilar uchun esa platformalarda “safe design” talabi qo‘llanishi ko‘zda tutilmoqda.


Von der Leyen texnologik platformalarning bolalarga ta’siri haqida gapirar ekan, qaramlikka olib keluvchi funksiyalar, tobora ekstremal kontentga tortilish va qizlarning fotosuratlaridan sun’iy intellekt orqali jinsiylashtirilgan soxta tasvirlar yaratishni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Biz qaramlikni keltirib chiqaruvchi funksiyalarni qabul qilishga majbur emasmiz. Bolalarning tobora ekstremal kontentga tortilishiga ham rozi bo‘lmasligimiz kerak.”


✅ Yevrokomissiya rahbari yana bir muhim tamoyilni ilgari surdi: platformalar o‘z xizmatlari bolalar uchun xavfsiz ekanini isbotlashi kerak. Uning ta’kidlashicha, masala faqat bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishida emas, balki ijtimoiy tarmoqlarning bolalar hayotiga qachon va qanday kirib kelishida.

Bolalarni raqamli muhitda himoya qilish — faqat texnologiya masalasi emas. Bu ota-ona, jamiyat va platformalar zimmasidagi umumiy mas’uliyatdir.


✅ Bolalarimizning ongi va shaxsiy daxlsizligi algoritmlar ixtiyorida qolmasligi kerak. Raqamli erkinlik xavfsizlik va mas’uliyat bilan birga bo‘lishi shart.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон

✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.


❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini samarali joriy etish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

🟢Jizzax shahridagi 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim metodistlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

🟢Seminarda “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhxonalarida 5 ta rivojlantiruvchi markaz faoliyatini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, rivojlantiruvchi markazlardan samarali foydalanish, bolalarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyatni tashkil etish bo‘yicha fikr va tavsiyalar almashildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_hujjatlariga_sharh

✅ Taʼlim muassasalarida ijobiy muhitni yaratish, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etish holatlarini oldini olish maqsadida qonunchilik hujjatlariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
 
➖ Mazkur huquqiy norma oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarni turli koʻrinishdagi zoʻravonlik va tazyiqlardan himoya qilishi bilan katta ahamiyatga ega.
 
🔹 Shuningdek, pedagoglarni emotsional farovonligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham muhim jihatlar tilga olib oʻtilgan.
 
👉 Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi departament direktori Lola Berdiyeva mazkur huquqiy oʻzgarishlarning asosiy jihatlari xususida soʻz yuritdi.
 
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM