Ta'lim nazorati
✔
143K subscribers
4.72K photos
1.13K videos
698 files
7.63K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
​​⚡️Aziz oʻquvchilar, insholar tanlovida faol ishtirok eting !

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Nima deb oʻylaysiz..?“ rukni ostida insholar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad karantin davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularga ijodiy qobiliyati va amaliy koʻnikmalarini namoyish etish imkonini berish hamda ularning oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilish savodxonligini oshirishdan iborat. Eng asosiysi, yosh isteʼdodlarni izlab topish hisoblanadi.

Tanlovda umumtaʼlim maktablarning 6-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy.

Tanlovga oʻzbek va rus tillarida yozilgan insholar qabul qilinadi.

Tanlov davomida sinflar quyidagi koʻrinishda guruhlarga ajratiladi va har bir guruhda 1-2 va 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi:

1-guruh – 6-7-sinf oʻquvchilari;
2-guruh – 8-9-sinf oʻquvchilari;
3-guruh – 10-11-sinf oʻquvchilari
oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tanlov gʻoliblari uchun quyidagi mukofotlar beriladi:

🥇-oʻrin uchun ­– Planshet (3 nafar birinchi oʻrin);
🥈-oʻrin uchun ­– Elektron kitob (3 nafar ikkinchi oʻrin);
🥉-oʻrin uchun ­– Smart-soat (3 nafar uchinchi oʻrin).

Shuningdek, ijodiy ishlar uchun belgilangan quyidagi talablarga rioya qilishingiz lozim:

1.Maksimal ish hajmi ­– 800 ta soʻzdan oshmasligi lozim (titul sahifadan tashqari).
2. Ijodiy ishning birinchi sahifasi (titul sahifasi)da sarlavha, muallifning toʻliq F.I.Sh, maktabi va sinfi koʻrsatilishi lozim (titul sahifasi namunasidan foydalaning).
3. Tanlovda ishtirok etish uchun insholar kompyuterda tahrir qilingan shaklda (MS Word, PDF) yoki qoʻlyozma shaklida (PDF) yuborilishi lozim.

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi taʼtil davri tugagandan keyin amalga oshiriladi.

Insholar joriy yilning 20-apreliga qadar qabul qilinadi!

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirishingiz va inshoni essay@tdi.uz elektron pochta manziliga joʻnatishingiz lozim. Roʻyxatdan oʻtmagan ishtirokchilarning insholari qabul qilinmaydi.

Roʻyxatdan oʻtish: 👉 https://forms.gle/SWAN2DWKoAhGRWGW8

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
PISA tadqiqotiga tayyorlanamiz: “Qiyaliklarni tadqiq etish” topshirig‘i

PISA xalqaro tadqiqotining tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik yo‘nalishida baholanadigan kompetensiyalardan biri “Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash” bo‘lib, tahlil natijalariga ko‘ra, ko'pgina o‘quvchilarda ushbu kompetensiya boshqalariga nisbatan kamroq shakllangan.
Havola qilinayotgan “Qiyaliklarni tadqiq etish” deb nomlangan topshiriq “Kirish” va ikkita savoldan iborat bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilarning “Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash”, “Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish” kompetensiyalari baholanadi.

Shu va shunga o‘xshash topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalari va kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu
havola orqali topshiriq va uni yechish usullari bilan tanishish mumkin.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
PISA Qiyaliklarni tadqiq etish.pdf
1.7 MB
PISA tadqiqotiga tayyorlanamiz: “Qiyaliklarni tadqiq etish” topshirig‘i

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
📌В рамках международного исследования TIMSS в целях ознакомления с примерами заданий, направленных на оценку знаний учащихся по математике и естественным наукам, а также развития навыков по выполнению подобных заданий, была разработана тетрадь для упражнений.

Данная тетрадь составлена на основе вопросов программы TIMSS, направленных на оценку учащихся 8 классов по естественным наукам, где учащиеся 7-8 классов могут воспользоваться для проверки знаний по биологии и химии.

Также данная тетрадь поможет укрепить знания и навыки для подготовки учащихся к международным исследованиям.

Национальный центр по осуществлению международных исследований по оценке качества образования при Государственной инспекции образования
Telegram | Website | Youtube
TIMSS Science G8rus.pdf
1.8 MB
📌 Тетрадь для упражнений для подготовки к международным исследованиям TIMSS.

Национальный центр по осуществлению международных исследований по оценке качества образования при Государственной инспекции образования
Telegram | Website | Youtube
📌TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida o’quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimini baholashga mo'ljallangan topshiriqlar namunalari bilan tanishish hamda shu kabi topshiriqlarni ishlash bo’yicha ko’nikmalarni rivojlantirish maqsadida mashq daftari ishlab chiqildi.

Mazkur mashq daftari TIMSS dasturining tabiiy fanlardan 8-sinf o’quvchilarini baholashga qaratilgan savollari asosida tuzilgan bo’lib, undan 7-8 sinf o’quvchilari, biologiya va kimyo fanlaridan olgan bilimlarini sinab ko’rish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, mashq daftari o’quvchilar tomonidan xalqaro tadqiqotlarga tayyorlanishda foydali manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.


Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
TIMSS Science G8 mashq daftari.pdf
1.7 MB
📌TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida o’quvchilarning tabiiy fanlardan bilimini baholashga mo'ljallangan mashq daftari.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
Aziz o'quvchilar, “Nima deb oʻylaysiz...?" rukni ostida insho yozishda quyidagi mavzulardan birini tanlashingiz lozim:

▫️Nima deb oʻylaysiz, Siz sevib oʻqigan badiiy asar sizning hayotingizga taʼsir qilganmi va qanday?

▫️Nima deb oʻylaysiz, kelajakda qaysi kasb egalarining Vatanimizga koʻproq foydasi tegadi? Siz
qanday kasb egasi boʻlmoqchisiz?

▫️Nima deb oʻylaysiz, karantin davrida uyda o`zingiz, oilangiz va jamiyat uchun qanday foydali ish qilyapsiz?

▫️Nima deb oʻylaysiz, tarixda buyuk mutafakkirlarimiz qilgan ishlarni kelajakda Siz ham qila olishingiz mumkinmi?

▫️Nima deb oʻylaysiz, insonlarda ezgulik va mehr tuygʻularini yana-da rivojlantirish uchun nimalarni qilgan boʻlar edingiz?

▫️Nima deb oʻylaysiz, karantin davrida maktab hayotidan koʻproq nimani sogʻinyapsiz?

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi roʻyxatdan oʻtish shaklini https://bit.ly/2yFYnCK toʻldirishingiz va inshoni essay@tdi.uz elektron pochta manziliga joʻnatishingiz lozim.

@uztdi
Азиз ўқувчилар, “Нима деб ўйлайсиз...?" рукни остида иншо ёзишда қуйидаги мавзулардан бирини танлашингиз лозим:

▫️Нима деб ўйлайсиз, Сиз севиб ўқиган бадиий асар сизнинг ҳаётингизга таъсир қилганми ва қандай?

▫️Нима деб ўйлайсиз, келажакда қайси касб эгаларининг Ватанимизга кўпроқ фойдаси тегади? Сиз қандай касб эгаси бўлмоқчисиз?

▫️Нима деб ўйлайсиз, карантин даврида уйда ўзингиз, оилангиз ва жамият учун қандай фойдали иш қиляпсиз?

▫️Нима деб ўйлайсиз, тарихда буюк мутафаккирларимиз қилган ишларни келажакда Сиз ҳам қила олишингиз мумкинми?

▫️Нима деб ўйлайсиз, инсонларда эзгулик ва меҳр туйғуларини янада ривожлантириш учун нималарни қилган бўлар эдингиз?

▫️Нима деб ўйлайсиз, карантин даврида мактаб ҳаётидан кўпроқ нимани соғиняпсиз?

Танловда иштирок этиш учун қуйидаги рўйхатдан ўтиш шаклини https://bit.ly/2yFYnCK тўлдиришингиз ва иншони essay@tdi.uz электрон почта манзилига жўнатишингиз лозим.

@uztdi
TIMSS xalqaro tadqiqotiga tayyorlanamiz

O‘quvchilar o‘zlarining bilim doirasidan tashqarida matematik kompetensiyalarini namoyon etganlarida bilish, qo‘llash va mulohaza yuritishni turli darajalarda amalga oshiradi.

"Bilish" sohasi o‘quvchilar bilishi kerak bo‘lgan dalillar, tushunchalar va protseduralarni qamrab oladi.

Quyida 4-sinflarda matematika fanidan o‘quvchilarning bilimini baholashga yo‘naltirilgan TIMSS test topshiriqlaridan namunalar, ya’ni “Natural sonlar”, “Oddiy kasrlar”, “Sonli ifodalar va tenglamalar” mavzulariga doir misollar, “Shakllarni tekislikda tasvirlash”, “Nuqtalar, kesmalar va burchaklar”, “O‘qish va ma’lumotlarni talqin qilish” mavzulariga doir masalalardan namunalar keltirilgan.

Ushbu mashq daftaridan 4-sinf matematika fanidan mavzularni takrorlash, darsdan tashqari va to'garak mashg'ulotlarida foydalanish tavsiya etiladi.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
TIMSS 4-sinf matematika 1-daftar.pdf
2.2 MB
TIMSS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida matematika fanidan 4-sinflar uchun 1-mashq daftari

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
Jahon Banki loyihasi boʻyicha moliyaviy masalalar muhokama qilindi

https://tdi.uz/news/273/

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Нуфузингиз доим баланд бўлсин, азиз ўқитувчилар!

Бугунги синовли кунларда ўқитувчилар фидоийлик кўрсатишмоқда.

Биламизки, кўплаб ривожланган давлатларда ўқитувчилик энг обрўли касблардан бири ҳисобланади. Бугунги кунда Ўзбекистонда ҳам ўқитувчининг нуфузини ошириш ва энг обрўли касблардан бирига айлантириш бўйича қатор вазифалар белгиланди. Юртимизда ёшларни маънавий-ахлоқий ва жисмонан соғлом этиб тарбиялаш, уларни мамлакатимизда олиб борилаётган ислоҳотларнинг фаол иштирокчисига айлантириш ҳамда ўқитувчилик касбининг жамиятимиздаги нуфузини янада ошириш борасида кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда.

Бу бежизга эмаслигини яна бир бора ўз исботини топди. Бугунги синовли кунларда, карантин даврида ўқитувчилар тиним билмасдан масофавий тарзда ўз ўқувчилари билан ишлашмоқда.

Фидоий меҳнат қилаётган ўқитувчилар шарофати билан фарзандларимиз телевидение орқали видеодарсларни кузатиб, билим олишмоқда.

Шунингдек, фарзандларимиз ҳар куни ижтимоий тармоқлар ва мессенжерлар орқали ўзларининг устозлари билан мулоқот қилишмоқда. Педагоглар ўқувчиларининг видеодарсларни кузатишларини назорат қилиш баробарида ҳар бир ўқувчи билан қўшимча иш олиб бориб, вазифалар беришмоқда. Ўқувчилари уйида бажарган топшириқларни интернет орқали олиб текшириб боришмоқда.

Шу ўринда ҳозирги уйда пайтимизда кўзимиз ўнгидаги ўқитувчиларнинг меҳнати ҳақида тўхталмоқчимиз.

Одатда кунига 4-5 та фан ўтилади. Синфда 30-35 нафар атрофида ўқувчи бор. Уларнинг ҳар бири 4-5 та фандан тайёрлаган вазифасини жўнатишади, видеодарсда тушунмаган жойларини устозидан сўрашади.

Бошланғич синфларда аксарият дарслар бир ўқитувчи томонидан ташкил этилади ва улар бир вақтнинг ўзида бир нечта фан бўйича таълим беришади.

Катта синфларда фанлар бўйича ўқитувчилар алоҳида ҳисобланса-да, синфлар сони кўп. Бу дегани бир ўқитувчининг дарс ўтадиган синфлари бўйича ҳар бирида 30-35 нафар ўқувчидан иборат алоҳида телеграм гуруҳлари мавжуд бўлиб, шу каби воситалардан унумли фойдаланган улар билан дарс қилишмоқда.

Бир кунлик фаолиятни ўйлаб кўринг, ўқитувчи нечта ўқувчи билан мулоқот қилади ва уларга тушунтириш беради.

Кўриниб турибдики ўқитувчининг деярли бутун куни ўқувчилари билан ўтмоқда.

Масофавий таълим оддий дарс ўтиш тарзидан анча мураккаб ва у кун давомида, гоҳида кечки пайтда ҳам ўқитувчиларни ўқувчига боғлаб қўймоқда.

Кўп йиллар давомида афсуски, халқ таълими тизимига, текин ишчи кучидек қараб келинган ва мактаб таълими тизими иккинчи даражага ўтиб қолган эди.

Ҳозирда мактабдаги ҳар қандай ортиқча мажбурий меҳнатни йўқ қилиш, қоғозбозликни камайтириш, қўшимча педагогик юкламалар тартибга солиш ва имкон борича ўқитувчиларга шароит яратиб беришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Ўқитувчи ва мураббийларнинг жамиятдаги ижтимоий мавқеи ва нуфузи ошмоқда.

Умид қиламизки, ҳозирги синовли кунларда ўқитувчиларнинг фидоий меҳнатлари бундан-да юқори қадр топади. Жамият томонидан доимий эътирофда бўлади.

Азиз устозлар Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси барчангизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик ва масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда муваффақиятлар тилайди.

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг расмий саҳифалари👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев банк тизимининг барқарор ишлашини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
Жаҳон иқтисодиётида бошланаётган инқироз ҳолатларини ҳисобга олиб, банкларнинг лойиҳалар портфелини танқидий кўриб чиқиш вазифаси қўйилди.
Маблағларни янги иш ўрни яратиш ҳамда уй шароитида ўзини ўзи банд қилиш лойиҳаларига йўналтириш кераклиги кўрсатиб ўтилди.
Масофавий хизмат кўрсатиш турлари ва қамровини кенгайтириш бўйича ҳам топшириқлар берилди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения стабильной работы банковской системы.
Поставлена задача критически пересмотреть портфель проектов банков с учетом зарождающихся кризисных явлений в мировой экономике.
Рекомендовано направлять средства на создание рабочих мест и стимулирование самозанятости в домашних условиях.
Даны поручения по расширению перечня и охвата дистанционных услуг.

#Mirziyoyev #yigilish #pandemiya #banktizimi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Masofaviy taʼlim boʻyicha xalqaro ekspert ishtirokida onlayn seminar tashkil etildi

https://tdi.uz/news/275/

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Республика олий таълим кенгаши ва олий таълим муассасалари ректорлари кенгашининг МУРОЖААТИ

Ҳурматли ватандошлар!

Ҳозирги кунда бутун дунёнинг диққат-эътибори Covid-19 коронавирус пандемиясига қаратилган бўлиб, жаҳон илм-фани аҳли ушбу касаллик тарқалишининг олдини олиш ва тўхтатиш, инсоний талофатни кескин камайтириш ва бу хатарни илдизи билан қуритиш учун бор интеллектуал салоҳиятини сафарбар этмоқда.

Давоми: https://tdi.uz/news/276/

@uztdi