Ta'lim nazorati
✔
143K subscribers
4.72K photos
1.13K videos
698 files
7.63K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
❓Савол: Жорий йилда педагог кадрлар аттестациясида иштирок этишим лозим эди. Пандемия туфайли синовлар муддати узайтирилди. Малака сертификатимнинг муддати тугаши сабабли тоифам тушадими?

❗️Жавоб: Педагогларнинг жорий йилда амал қилиш муддати тугайдиган малака тоифа сертификатлари муддати 2020 йилнинг 31 декабрига қадар узайтирилди.
_____________________________________________

❓Савол: Педагог кадрларнинг малака (тест) синовлари қачон ўтказилади?

❗️Жавоб: Педагог кадрларга тоифа бериш бўйича навбатдаги аттестация жараёнлари республикамиздаги эпидемиологик вазият барқарорлашгандан сўнг давом эттирилади.

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEm4cpr_D6kNejJ68A
​​Dasturlash boʻyicha oʻtkazilgan onlayn musobaqaning gʻoliblari maʼlum boʻldi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan oʻquvchilar, talabalar hamda boshqa talabgor fuqarolar oʻrtasida oʻtkazilgan dasturlash boʻyicha onlayn musobaqa oʻz nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning birinchi bosqichi dasturiy yechimlarni avtomatik testlovchi tizim orqali onlayn koʻrinishda 2020-yil 26-aprel kuni oʻtkazilgan boʻlsa, unda yuqori natija qayd etgan 105 ta ishtirokchi keyingi bosqich uchun saralab olindi.

Musobaqa savollari rossiyalik xalqaro toifadagi hakam OlegXristenko tomonidan tuzilgan boʻlib, gʻoliblarni ham musobaqani bevosita kuzatib borgan ushbu hakam aniqlab berdi.

Ikkinchi bosqich 2020-yilning 9-may sanasida oʻtkazilib, 5 soat davom etgan murosasiz kurashlar natijalariga quyidagicha koʻrinish oldi:

Talabalar oʻrtasida:

1-oʻrin: Hasanov Husayn Saidjamol oʻgʻli (TATU talabasi) – 8 ta masala
2-oʻrin: Baltabayev Nazarbek (TATU Urganch filiali talabasi) – 7 ta masala
3-oʻrin: Ganiyev Asadullo (TATU talabasi) – 6 ta masala

Oʻquvchilar oʻrtasida:

1-oʻrin: Baxriddinov Maqsud Ilxomidin oʻgʻli (TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi) – 5 ta masala
2-oʻrin: Xoʻjaqulov Dilshodbek Zafar oʻgʻli (Toshkent shahri, Aniq Fanlarga Ixtisoslashgan Davlat Umumtaʼlim Maktabi) – 4 ta masala
3-oʻrin: Oʻrinov Azimjon Mehmonali oʻgʻli (Namangan viloyati, Namangan shahridagi prezident maktabi) – 3 ta masala

Fuqarolar oʻrtasida:

1-oʻrin: Hojiyev Sunatullo (TATU oʻqituvchisi) – 7 ta masala
2-oʻrin: Hasanov Saidjalol Saidjamol oʻgʻli (NamDU oʻqituvchisi) – 7 ta masala
3-oʻrin: Xoʻjamurod Murtozaqulov (Toshkent FIDO-BIZNES dasturchisi) – 5 ta masala

Yuqorida qayd etilgan ishtirokchilar sovrindor hisoblanadi hamda pandemiya yakuniga yetkazilgandan soʻng Taʼlim inspeksiyasida maxsus sertifikat, tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan beriladigan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Musobaqaning batafsil natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://contest.yandex.ru/contest/18299/standings/

👉@uztdi
Talabalar o‘rtasida dasturlash boʻyicha oʻtkazilgan onlayn musobaqaning gʻoliblari:

🥇1-oʻrin: Hasanov Husayn Saidjamol oʻgʻli (TATU talabasi) – 8 ta masala

🥈2-oʻrin: Baltabayev Nazarbek (TATU Urganch filiali talabasi) – 7 ta masala

🥉3-oʻrin: Ganiyev Asadullo (TATU talabasi) – 6 ta masala

👉@uztdi
Maktab va akademik litsey oʻquvchilar oʻrtasida dasturlash boʻyicha oʻtkazilgan onlayn musobaqaning gʻoliblari:

🥇1-oʻrin: Baxriddinov Maqsud Ilxomidin oʻgʻli (TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi) – 5 ta masala

🥈2-oʻrin: Xoʻjaqulov Dilshodbek Zafar oʻgʻli (Toshkent shahri, Aniq Fanlarga Ixtisoslashgan Davlat Umumtaʼlim Maktabi) – 4 ta masala

🥉3-oʻrin: Oʻrinov Azimjon Mehmonali oʻgʻli (Namangan viloyati, Namangan shahridagi prezident maktabi) – 3 ta masala

👉@uztdi
Dasturlash boʻyicha onlayn musobaqa oʻquvchilar va talabalardan tashqari qiziqish bildirgan fuqarolar oʻrtasida ham o‘tkazildi.

Quyida ushu musobaqa g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:

🥇1-oʻrin: Hojiyev Sunatullo (TATU oʻqituvchisi) – 7 ta masala

🥈2-oʻrin: Hasanov Saidjalol Saidjamol oʻgʻli (NamDU oʻqituvchisi) – 7 ta masala

🥉3-oʻrin: Xoʻjamurod Murtozaqulov (Toshkent FIDO-BIZNES dasturchisi) – 5 ta masala

👉@uztdi
Педагоглар малака тоифа сертификатларининг амал қилиш муддатлари узайтирилди

Мақолада Тошкент шаҳар педагог кадрлари учун ўтказилган малака синов натижаларининг таҳлиллари билан танишишингиз мумкин.

👉
https://xabar.uz/ifp4

👉@uztdi
Forwarded from Feruza Madrakhimova
Педагог кадрлар аттестацияси бўйича маълумотлар рукнидан

Тошкент шаҳар педагог кадрларининг тест синови натижалари ўқув фанларидан ўртача баллар таҳлил қилинганда қуйидаги кўрсаткичлар келиб чиққан:

- Кимё фанидан 63,6 балл (ўтган йилга нисбатан +17,7 балл),
- Биология фанидан 56,8 балл (ўтган йилга нисбатан +2,6 балл),
- Она тили ва адабиёт фанидан 56,7 балл (ўтган йилга нисбатан +1,8 балл) билан кўрсаткич ўсган.

Аммо
- География фанидан 53,9 балл (ўтган йилга нисбатан -18,1 балл),
- Информатика фанидан 48,6 балл (ўтган йилга нисбатан -17,1 балл),
- Инглиз тили фанидан 54,7 балл (ўтган йилга нисбатан -13,2 балл),
- Тарих фанидан 49,8 балл (ўтган йилга нисбатан -6,8 балл) билан кўрсаткич пасайган.

👉@fmadraximova
Педагог кадрлар аттестацияси бўйича маълумотлар рукнидан

Тошкент шаҳрида ўтказилган малака синовларида 1372 нафар педагог иштирок этиб, уларнинг 72 нафари узрли сабабларга кўра иштирок этмади.

Малака синовларининг натижаларининг дастлабки таҳлилларига кўра педагогларнинг ўртача кўрсаткичи 59,1 баллни ташкил қилиб бу кўрсаткич 2019 йилга нисбатан 4,7 баллга пасайган.

Тошкент шаҳар педагог кадрлари кўрсаткичларини 100 баллик рейтинг тизими асосида таҳлил қилинганда, иштирок этган 1372 нафар педагог:

- 38 нафари 86-100 баллгача,
- 272 нафари 71-85 баллгача,
- 548 нафари 55-70 баллгача,
- 514 нафари 55 баллдан паст натижа кўрсатган.


Тест синовлари натижаларига кўра:
- 93 нафар (6,7%) педагог олий малака тоифаси,
- 461 нафар (33,6%) педагог биринчи малака тоифаси,
- 247 (18,0%) нафар педагог иккинчи малака тоифаси,
- 571 (41,6%) нафари эса мутахассис малака тоифасига мос келадиган кўрсаткичларни қайд этишди.

👉@uztdi
Taʼlim inspeksiyasi Yevropa oliy taʼlim sifati kafolati assotsiatsiyasi (ENQA)ga kuzatuvchi boʻldi

https://www.tdi.uz/news/310/

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Инспекция по образованию стала наблюдателем Европейской ассоциации гарантии качества высшего образования (ENQA)

https://www.tdi.uz/ru/news/311/

Официальные страницы Государственной инспекции по надзору за качеством образования 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari tahlili: Toshkent shahri misolida

https://www.tdi.uz/news/313/

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi kanaliga ulanish👇👇👇https://t.me/joinchat/AAAAAEm4cpr_D6kNejJ68A
Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta‘lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan o‘quvchilarning xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishi uchun qulaylik yaratish maqsadida onlayn test trenajor platformasi ishga tushirildi.

Platformada PISA tadqiqotining tabiiy-ilmiy fanlar, o‘qish va matematik savodxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha savol va topshiriqlar keltirilgan bo'lib, 15 yoshli o'quvchilar uchun mo'ljallangan.

Undan umumta'lim muassasalarining 7-11-sinf o'quvchilari foydalanishlari tavsiya etiladi.

Foydalanuvchilar savollar va topshiriqlar asosida o‘zlarini sinab ko‘rishlari hamda savodxonliklarini rivojlantirib borishlari mumkin.

Test tizimiga http://test.tsmm.uz yoki http://markaz.tdi.uz/post/46 manzili orqali kiriladi.

Murojaatlar @pisatestBot manziliga yuborilishi mumkin.

Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining kanali
t.me/milliymarkaz
Telegram | Website | Youtube
Forwarded from Feruza Madrakhimova
Жорий йилнинг 1 сентябрига қадар аккредитация сертификатларининг муддати тугайдиган таълим ташкилотлари аккредитацияси муддати 2020 йил 31 декабрига қадар узайтирилди.

👉
@fmadraximova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100 та саволга 100 та жавоб

❓Карантин даврида хорижий дипломларни тан олиш ва нострификация қилишга хужжат топшириш мумкинми?

❓Хорижий давлатларда таълим олганлик тўғрисидаги ҳужжатларни тан олиш қандай ҳолатларда рад этилиши мумкин?

Ушбу саволларга Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси бўлим бошлиғи Н.Ишонқулов жавоб беради.

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEm4cpr_D6kNejJ68A