Ta'lim nazorati
✔
146K subscribers
4.71K photos
1.13K videos
696 files
7.59K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Pedagoglar_attestatsiyasi

⚡️ Pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha onlayn muloqot yaqin soatda boshlanadi

Yaqin soatlar ichida (soat 17:00 dan 18:00 ga qadar) Ta'lim inspeksiyasining masʼul xodimlari ishtirokida pedagog kadrlar attestatsiya boʻyicha onlayn muloqot boshlanadi.

🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

📌
Unda oʻqituvchilar inspeksiya xodimlaridan malaka sertifikatlarining tarqatilishi va kuz oylarida test sinovlarining oʻtkazilishi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

❗️Taʼlim inspeksiyasi masʼullariga bevosita mavzu bo‘yicha savol yoki taklif laringizni @uztdibot orqali #savol xeshtegi bilan yozib qoldirishingiz mumkin. Ushbu murojaatlarga ovozli chat davomida javob qaytariladi.

📌 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun havola: https://t.me/uztdi?voicechat

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Oʻzbekiston Xalq oʻqituvchisi Toʻxtamurod Jumayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

Mamlakatimizning taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Xalq oʻqituvchisi “Qorakoʻl maktabi” asoschisi Toʻxtamurod Jumayev 76 yoshida vafot etdi.

Toʻxtamurod Jumayev qariyb 60 yil davomida mohir pedagog va tajribali rahbar sifatida umrini yosh avlodga bagʻishlab keldi. Bolalarga bilim berishni, yosh qalblarda ilmga mehr uygʻotishni hayotining mazmuni deb bildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunlardan boshlab birinchilardan boʻlib ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internatini tashkil qildi. Uzoq yillar isteʼdodli oʻquvchilar bilan ishlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirib, Respublikamizda alohida oʻringa ega boʻlgan Buxoro viloyatidagi xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan “Qorakoʻl maktabi” asoschisi sifatida taʼlim muassasasini jahonga tanitdi.

Hozirga qadar litseyning 3114 nafar bitiruvchisi, respublika oliy oʻquv yurtlarida, 56 nafari esa xorijiy davlatlar universitetlarida tahsil olgan. Litseyning oʻquvchilari jahon va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni egallab Vatanimiz nomini dunyoga tanitmoqdalar.

T.Jumayevning taʼlim-tarbiya tizimini isloh qilish, rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Marhumning oila aʼzolariga, yaqinlariga, taʼlim sohasidagi barcha hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Mahoratli pedagog, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Toʻxtamurod Jumayevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Taʼlim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi
Audio
#Pedagoglar_attestatsiyasi

Pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha o‘tkazilgan onlayn muloqotning kirish qismida Talim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev:

▫️malaka sertifikatlarining tarqatilishi;

▫️hududiy mas'ullar va pedagog e'tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma'lumot berdi.

❗️Onlayn muloqot davomida pedagoglar tomonidan berilgan savollarga javoblar Ta'lim inspeksiyasi telegram kanali (@uztdi) orqali e'lon qilib boriladi.

Ta`lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Audio
#Pedagoglar_attestatsiyasi

👉 Kuz oylarida pedagog kadrlar attestatsiyasi tashkil etiladimi?

👉 Ushbu jarayonlarga qanday yangiliklar joriy etilishi ko‘zda tutilgan?

Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha tashkil etilgan onlayn muloqotda berilgan ushbu savollarga Ta'lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev javob qaytardi.

🔺 malaka sertifikatlarining tarqatilishi, hududiy mas'ullar va pedagog e'tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida – https://t.me/uztdi/2937

❗️Pedagoglar tomonidan berilgan savollarga javoblar Ta'lim inspeksiyasi telegram kanali (@uztdi) orqali e'lon qilib boriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Audio
#Pedagoglar_attestatsiyasi

❓2020-yildagi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etdim. Kuz oylaridagi jarayonlarda ishtirok etishim mumkinmi?

Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha tashkil etilgan onlayn muloqotda berilgan ushbu savollarga Ta'lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev javob qaytardi.

🔺 Kuz oylarida pedagog kadrlar attestatsiyasining tashkil etilishi, ushbu jarayonlarda joriy etiladigan yangiliklar haqida – https://t.me/uztdi/2938

❗️Pedagoglar tomonidan berilgan savollarga javoblar Ta'lim inspeksiyasi telegram kanali (@uztdi) orqali e'lon qilib boriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Audio
#Pedagoglar_attestatsiyasi

❓Navbatdan tashqari topshirilgan attestatsiya natijalari pedagoglarning mehnat shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladimi?

Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha tashkil etilgan onlayn muloqotda berilgan ushbu savollarga Ta'lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev javob qaytardi.

🔺 2020-yildagi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etgan pedagoglar kuz oylaridagi jarayonlarda ishtirok etishi mumkinmi? – https://t.me/uztdi/2939

❗️Pedagoglar tomonidan berilgan savollarga javoblar Ta'lim inspeksiyasi telegram kanali (@uztdi) orqali e'lon qilib boriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Audio
#Pedagoglar_attestatsiyasi

❓Vazirlar Mahkamasining 392-sonli qarori qabul qilinishidan avval olingan malaka toifalarining amal qilish muddati necha yilni tashkil etadi?

Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha tashkil etilgan onlayn muloqotda berilgan ushbu savollarga Ta'lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev javob qaytardi.

🔺 Navbatdan tashqari topshirilgan attestatsiya natijalari pedagoglarning mehnat shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladimi? – https://t.me/uztdi/2940

❗️Pedagoglar tomonidan berilgan savollarga javoblar Ta'lim inspeksiyasi telegram kanali (@uztdi) orqali e'lon qilib boriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Audio
#Pedagoglar_attestatsiyasi

❓Tarbiya fanidan olingan malaka toifalari boshqa fanlar uchun ham amal qiladimi?

Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha tashkil etilgan onlayn muloqotda berilgan ushbu savollarga Ta'lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev javob qaytardi.

🔺 Vazirlar Mahkamasining 392-sonli qarori qabul qilinishidan avval olingan malaka toifalarining amal qilish muddati necha yilni tashkil etadi? – https://t.me/uztdi/2941

❗️Pedagoglar tomonidan berilgan savollarga javoblar Ta'lim inspeksiyasi telegram kanali (@uztdi) orqali e'lon qilib boriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#сарҳисоб

❓Илмий-тадқиқот институти сифатида қайта ташкил этилган институт ўзининг 6 ойлик фаолияти давомида қандай натижаларга эришди?

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг 2021 йилнинг дастлабки ярим йилликда амалга оширган асосий ишлар САРҲИСОБИ

👉Қисқача матни

👉Тақдимот шакли

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
Audio
#Pedagoglar_attestatsiyasi

❓Men zaif eshituvchi bolalar maktab internatida ishlayman. Yaqinda bizga internat pedagoglarining attestatsiyaga jalb qilinishi haqida aytishdi. Mazkur jarayonlar haqida ma'lumot bersangiz.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha tashkil etilgan onlayn muloqotda berilgan ushbu savollarga Ta'lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Xamrayev javob qaytardi.

🔺 Tarbiya fanidan olingan malaka toifalari boshqa fanlar uchun ham amal qiladimi? – https://t.me/uztdi/2942

❗️Pedagoglar tomonidan berilgan savollarga javoblar Ta'lim inspeksiyasi telegram kanali (@uztdi) orqali e'lon qilib boriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#Ijro_intizomi

Hududiy boʻlimlarga taʼlim sifatini shaffof va adolatli baholash boʻyicha vazifalar berildi

Joriy yilning 16-iyul kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimlari tomonidan 2021-yilning birinchi yarmi davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va ikkinchi yarim yillikdagi vazifalar muhokama qilindi.

Unda hududlarda oʻtkazilgan oʻrganish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritalari”da koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda ijro nazorati tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, inspeksiyaning hududiy boʻlimlari rahbarlari va xodimlari tomonidan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha taqdimot qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/907/

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
📌ДИҚҚАТ!

🎓Халқ таълими тизими А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтида илк бора МАГИСТРАТУРАга қабул

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 25 январдаги “Халқ таълими соҳасидаги илмий-тадқиқот фаолиятини қўллаб-қувватлаш ҳамда узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини жорий қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4963-сон қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазирлигининг А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтида бир йиллик магистратура фаолияти йўлга қўйилди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 22 июндаги “2021/2022 ўқув йилида Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари тўғрисида”ги ПҚ-5157-сон қарори билан А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти магистратурасига 5А110905-“Катталар таълими” ва 5А230201-“Таълим менежменти” мутахассисликлари бўйича тўлов контракт шартномаси асосида талабалар қабул қилиш квоталари тасдиқланган.

Институт қабул комисссияси, юқорида келтирилган магистратура мутахассисликларига мос йўналишда Олий таълим муассасалари турдош йўналишлар бўйича битирган бакалаврларни ва тегишли йўналишлардаги дипломга эга мутахассисларни институт магистратурасига таклиф қилади.

❗️Қабул 30 июль санасига қадар давом эттирилади.

✅Магистратурага қабул бўйича батафсил маълумотларни ва онлайн ҳужжат топшириш бўйича видео йўриқномани институтнинг расмий телеграмдаги https://t.me/avloniyuz канали орқали кўришингиз ва ўзгаришлардан доимий хабардор бўлиб туришингиз мумкин.

👉Керакли ҳужжатлар

👉А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти магистратурасига қабул квоталари

👉Қабул бўйича турдош олий таълим йўналишларининг рўйхати

Қабул бўйича саволлар бўлса, қуйидаги рақамларга мурожат қилишингиз мумкин:

(71)2460663, (90) 9032818 (90) 8052663, (97)7768255

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube