Xushnudbek.uz
551K subscribers
9.94K photos
2.55K videos
216 files
8.6K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Eron Isroilga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qildi

Avvalroq Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga zarba bergan, natijada Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali qo‘mondoni Muhammad Rizo Zahadiy o‘ldirilgan edi. Eronning bugungi hujumi shunga javob sifatida amalga oshirilgan.

New York Times’ning xabar berishicha, 5 soatga yaqin davom etgan havo hujumida Eron Isroil tomoniga 185 ta dronlar, 36 ta qanotli raketalar va 110 ta “yer-yer” turkumidagi raketalar uchirgan.

Isroil tomoni hujum natijasida katta talafot ko’rilmagani va havo mudofaa tizimlari tomonidan raketalar urib tushirilganini aytayotgan bo’lsa, Eron tomoni hujum muvaffaqiyatli bo’lganini ta’kidlamoqda.

Yaqin Sharqdagi havo sarhadlari yopilgan, aviakompaniyalar reyslarni bekor qilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Uzbekistan Airways 15-aprel kungi HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilgani va O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash boʻyicha qarori bilan bogʻliq.

Yo‘lovchilar 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokim o‘rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonani mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi ta’minotchi sifatida tayinlash evaziga 5 ming dollar talab qilgan. So‘ralgan puldan 15 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Tekshiruv davomida hokim o‘rinbosari avval 10 mln so‘m olganligi ma’lum bo‘ldi. U muqaddam ham sudlangan.

Andijon shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari o‘zining mansabdor tanishlari orqali mahalliy fuqaro nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, “Eski shahar – Oltinko‘l” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritib berish evaziga 7500 dollar talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tekshiruvlarda Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. lavozimidagi shaxsning ham ushbu ishga aloqadorligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. U ham muqaddam sudlangan.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 dollar va 265 ming 187 yevro qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishida, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun xizmat haqini baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatgan. Bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash” bo‘limi boshlig‘i tanishlari orqali mahalliy fuqaroning xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 18-19-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo’lishi kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
💥 Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi boshlanishiga 2 kun qoldi

Tailandda bo’lib o’tadigan musobaqada O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi “B” guruhda to’p suradi.

1-tur
🇺🇿O‘zbekiston –
Avstraliya 🇦🇺
🗓 17-aprel | 14:00

2-tur
🇮🇶
Iroq – O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 19-aprel | 19:00

3-tur
🇺🇿O‘zbekiston –
Saudiya Arabistoni 🇸🇦
🗓 21-aprel | 19:00

Yigitlarimizga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hademay 37 million bo’lamiz, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈
❗️1-maydan "svet"-gaz uchun yangi tariflar joriy qilinadi va ijtimoiy norma joriy etiladi

Hukumat 2 yildan buyon "ana bo'ladi, mana bo'ladi", deya kutilayotgan qarorni nihoyat qabul qilibdi. Energetika sohasidagi narx siyosatini isloh qilish haqida avval ham ko'p gapirilgan, lekin turli sabablarga ko'ra, orqaga surilib kelinayotgandi.

Endi qarorga ko'ra, joriy yilning 1-mayidan ijtimoiy norma joriy etiladi. To'g'ri, qarorda aynan "ijtimoiy norma" degan jumla ishlatilmagan, o'rniga “bazaviy me’yor mexanizmi" deyilgan. Lekin mazmuni bir xil.

Ijtimoiy norma nima degani?

Ijtimoiy norma - bu aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan ma’lum miqdordagi energiya tushuniladi. Ya’ni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi, yetmagani davlat byudjetidan subsidiya qilinadi.

Bunda tariflar bir nechta kategoriyaga bo'lingan va qancha ishlatilganiga qarab, narxlar ham o'zgaradi. Kim ko’p ishlatsa, shuncha ko’p to’laydi, kam ishlatganga imtiyozli narx beriladi.

💡Elektr energiyasida kategoriyalar va narxlar quyidagicha:

oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so‘m;
oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so‘m;
oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so‘m;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan.

🔥Gazda kategoriyalar va narxlar quyidagicha:

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, qishki mavsumda (noyabr-fevral oylari) davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda:

oyiga 500 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 so‘mdan.

Mart – oktyabr oylarida iste’molchilar bir oydagi iste’molidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to‘laydi:

oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 so‘mdan.

Ehtiyojmand aholiga qanday yordam beriladi?

Ehtiyojmand aholini qo‘llab–quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 1 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga quyidagi 2 ta yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan:

1) isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga 270 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi;

2) ijtimoiy normadan quyidagi miqdorgacha oshiqcha ishlatilgan "svet" va gaz to’lovi davlat byudjetidan kompensatsiya qilinadi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt·soatgacha.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi

U o’zining ish yurituviga berilgan jinoyat ishi doirasida bir shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga undan 5 ming dollar talab qilgan.

Tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo’llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining Chunchongbuk-do provinsiyasi gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Koreya tomoni Chunchongbuk-do provinsiyasida o‘zbekistonlik talabalarni grant asosida o‘qitish, ularni o‘qish davrida turar joy va qo‘shimcha ish bilan ta’minlash dasturini joriy etish taklifini bergan.

Jumladan, Jungwon universiteti rektori Hvang Yun Von birgina ushbu oliygohning barcha sharoitlarga ega talabalar turar joyida 2000 ta bo‘sh o‘rin borligi va o‘zbekistonlik talabalar hamda doktorantlarni qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun talaba va doktorantlar ingliz yoki koreys tillarini bilishi, akademik o‘zlashtirishi va xulqi qoniqarli bo‘lishi talab etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha maktab direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Hukmga ko‘ra, maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Maktab direktoriga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. U ham 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlay olmaydi.

Ma’lumot uchun, holat 27-noyabr kunida sodir bo‘lgan.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Osiyodagi 2 ta katta turnirni g’alaba bilan boshladik.

Futzal bo’yicha Osiyo kubogida milliy terma jamoamiz 🇦🇺Avstraliyani 3:2 hisobida mag’lub etdi. Jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov dubl qayd etdi, ilk golni esa Akbar Usmonov urdi.

Futbol bo’yicha U23 Osiyo kubogida esa yigitlarimiz 🇲🇾Malayziya ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozonishdi. Gollarni jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov hamda Ulug’bek Hoshimov urdi.

Barchaga g’alabalar muborak!


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.


👉 @xushnudbek 👈
Dushanbedagi "Qasri millat" qarorgohida Emomali Rahmonning taklifiga binoan 🇹🇯Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈
“Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Rinotin kids” siropi sifati haqida tanqidiy postlar e’lon qilinganidan so'ng Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi holat bo'yicha o‘rganish olib bordi.

Unga ko'ra, aholi orasida ovqatdan zaharlanishning oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.

Bundan tashqari, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga respublika hududlaridagi barcha dorixonalardagi “Rinotin kids” siropini qaytarib olish topshirig‘i berildi. Hozirgacha korxona tomonidan 28 ta dorixonalardagi mahsulotlar qaytarib olingan.

“Rinotin kids” siropi dori vositasi emas, balki biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, Italiyada ishlab chiqariladi. Mahsulot O‘zbekistonga “Gricar Chemical S.R.L kompaniyasining ishonchnomasiga ko'ra olib kiriladi. Shuningdek, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga 2022-yil 29-aprelda ruxsatnoma berilgan.


👉 @xushnudbek 👈