Xushnudbek.uz
582K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.13K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
#firibgar
Сизга ҳеч ким текин пул тарқатмаяпти, Сиз ҳеч қанақа акцияда ғолиб бўлганингиз йўқ


Бугун яна фирибгарлар ҳақида гаплашамиз.

Чунки интернетда доимгидек текин пул шайдоларини алдаш учун ёлғонлар тарқатилмоқда. Бу энди тўхтамайди, давом этаверади. Минг марта огоҳлантирилса ҳам, барибир кимдир фирибгарларга алданаверади.

Энг алам қиладигани фирибгарлар кўп ҳам янги нарса ўйлаб топаётгани йўқ. Бир хил усул. Лекин ҳалигача алданаётган одамлар кўп.

Масалан, ёш болалиларга, ҳомиладорларга ёки 17-18 ёшгача боласи бор оилаларга (вариантлари кўп хуллас) фалон сўмдан бир марталик тўлов (нафақа) берилаётгани ҳақида ёлғон маълумотлар кўпайди.

Энг қизиғи деярли ҳар куни кимдир ёзиб, шу ростми деб сўрайди. Ростлигига ич-ичидан ишонгиси келади. Бугун ҳам бир киши сўради, улар фирибгарлар десам, аллақачон ишониб пластик маълумоти ва SMS-кодларни юбориб бўлганман дейди.

❗️БУ ФИРИБГАРЛАР!

Асосий мақсад бунга ишониб, текин пул олмоқчи бўлганларнинг пластик маълумотларига, телефонга борадиган SMS-кодга эга чиқиш ва пластикдан барча пулларни ечиб олиш.


Шунингдек, ҳалигача фалон компания акция ўтказди, сиз унда ғолиб бўлдингиз, деган ёлғонни тарқатишади ва умрида ўша компания мижози бўлмаган баъзи одамлар ҳам бунга ишониб қолади.

Хуллас, яна ва яна такрорлаймиз — фирибгарлардан эҳтиёт бўлинг. Текин пул, ғойибдан келган соврин ва ютуқларга ишониб қолаверманг. Сизни “лох” қилишларига йўл қўйманг.

Илтимос, қолганларга ҳам етказинг, бир-бирингизни огоҳлантиринг. Алданиб юришмасин.


👉 @xushnudbek 👈
❗️ДИҚҚАТ, ФИРИБГАРЛАР!
#firibgar

Сўнгги пайтларда бир хил схемадаги фирибгарлар жуда кўпайиб кетди. Улар ҳақида аввал ҳам бир неча бор огоҳлантирган эдик.

Яна бир бор огоҳлантираман, мана бу фирибгарлар номини яхшилаб эслаб қолинг:

1. SolarCity
2. Tesco Share
3. Tether Gold
4. Supertask
5. Andibo
6. Oasis guruhi
7. HBCLOUD
8. Instpower
9. Leah
10. Shopbuild
11. AIS
12. Chergespot
13. Alken Wealth


Буларнинг ҳаммаси муттаҳамлар. Ишониб, пул тикиб ўтирманглар. Содда бўлманг.

Ҳали булар менга маълум бўлгани холос. Яна алламбалолари ҳам кўп экан.

Вақт кўрсатяптики, етарли пул тўплаган фирибгарлар каналларини, гуруҳларини ва админ профилларини ўчиришмоқда, секин жуфтакни ростлаяпти.

Фирибгарларни қандай аниқласа бўлади?

Бунақалар келажакда яна кўп чиқади. Биттасини ёпадию, кейингисини очади. Шунақа пайти фалон фирма ишончлими, пистон фирма ишончлими, дея иккиланиб ўтирмасдан, қуйидаги белгиларга қараб ажратиб олсангиз бўлади.

Барчаси қанақадир хорижий компания номидан иш юритади;
Сизга уйда ўтириб, осон пул топишни ваъда қилади;
Нимадир сотиб олиш (қуёш панели, майнинг учун ускуна ва ҳк), инвестиция киритиш ёки қанақадир вазифа бажаришни сўрашади;
шубҳали сайтлардан фойдаланишади.

‼️ Фирибгарларнинг энг катта белгиси: сизга пластик карта рақамини бериб, пулни Payme ёки Click орқали кимнингдир пластигига ташлашни сўрашади. Ўзлари ҳам худдики сиз “ишлаб топган” қанчадир пулни кимнингдир пластигидан сизга ўтказади.

Унутманг, хорижий компаниямиз деб, пулни қайсидир бошқа фуқаронинг пластигига ташлашни сўраса, улар аниқ фирибгарлар! Ишониб ўтирманг.

Гапларимга ишонмаганлар эса вақти келиб афсусланади.


👉 @xushnudbek 👈
‼️Internetda “Omad shou”dan yutuq yutdingiz, desa ishonib o’tirmanglar.

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishni qachon boshlaymiz?

Million marta aytilgan bo’lsa ham, million birinchi marta yana takrorlaymiz. #firibgar

❗️Internetda hech qachon sizga osmondan yutuq chiqmaydi, sizga hech kim tekin pul beraman ko’zi uchib turgani ham yo’q. Afsuski tekin narsaga o’ch insonlar haligacha har kuni firibgarlarga aldanishmoqda.

Boshqa tomondan, bizda kiberxavfsizlik bilan jiddiy shug’ullanishmaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki bunga hafsala qilmaydi, yoki ular safida kiberjinoyatlarni fosh etishga aqli yetadigan kuchli mutaxassislar kam.

Bizda ustasi farang xakerlar deyarli yo’q, hamma firibgarlar o’ta sodda va jaydari uslubda ishlaydi. Ularni fosh qilish pista po’choqday gap. Lekin negadir shuni ham qilishmaydi.

Masalan, yuqoridagi firibgarlik sxemasida “siz sovrin yutdingiz, dostavka uchun pul tashlang” deydi. Va Shakhida Ibadullayevna nomidagi Ipoteka bankdan ochilgan 8600 3329 6863 9785 raqamli plastik kartani berishadi. Bo’ldi, tamom. Hammasi oddiy. Bu jinoyatni fosh qilish uchun NATO maxsus operatsiya o’tkazishi shartmas-ku.

Nahotki bizda kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi tuzilmalarning shunga aqli yetmaydi? Nega ular internetdagi shunaqa keng tarqalgan firibgarlik sxemalarini monitoring qilib, tezda aniqlab, chora ko’rishmaydi? Adashmasam, Ichki ishlar vazirligida shunaqa alohida boshqarma (yoki bo’lim) ochilgandi. Ular nima bilan band o’zi?

Odamlarni soddalikda ayblash, firibgarlar qurboni bo’lgani uchun dashnom berish oson. Lekin bu bilan ish bitmaydi. Davlat aralashuvi va nazorati juda kerak.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov bir aytgandi, AQShda yuz ming dollar naqd pulingizni o’g’irlab ketishsa, politsiya deyarli pinagini buzmaydi, lekin kiberjinoyatchilar plastik kartangizdan 1 sent pulni o’g’irlasa, naq favqulodda holat e’lon qilishadi, jinoyatchilarni topishga, sxemani fosh etishga juda katta kuch sarflashadi.

Bizda na unisi, na bunisi bor, deb qo’rqaman…


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Telegramda virus tarqamoqda!

Yosh bolasi borlarga 2 mln so‘mdan pul berilyapti yoki 50 mln so‘mgacha hujjatsiz 0% kredit berilyapti, o‘zim oldim, degan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.

❗️Aslida bu firibgarlar tuzog‘i bo‘lib, pul olaman deb plastik kartangiz raqamini kiritsangiz, aksincha sizning pulingizni yechib olib qo‘yishadi.

Eng qizig‘i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan kelayotgan bo‘lishi ham mumkin. Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi manzilga kirsangiz, Telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib ketmoqda. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan hammaga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz. Profilni o‘chirishdan boshqa chora qolmaydi.

⚠️Iltimos, internetda duch kelgan tekin narsaga ishonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovg‘a, tekin aksiya, tekin kredit va h.k. Bularning deyarli barchasi yolg‘on. Shubhali manzillarga hatto qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.
#firibgar


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Lox»ga aylanmang!
#firibgar

Musodara qilingan arzon telefon yoki televizor sotaman, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda.

Bu qanday bo‘ladi?

1️⃣ Qimmat telefon yoki televizorlarni arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan, deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;

2️⃣ Buning uchun o’sha guruh va botlarga odam qo’shishni so’raydi. Ya’ni siz nechtadir do’stingizni o’sha guruhga qo’shsangiz, sizga arzon narsa sotishadi, yo’qsa sotib ololmaysiz deyishadi.

3️⃣ Pul o’lsin-a, pul o’lsin. Siz hovliqqancha kontaktingizdagi barcha do’stlarni ULARNING RUXSATISIZ😡 o’sha guruhlarga qo’shib chiqasiz (kimnidir ruxsatisiz biror guruhga qo’shish befarosatlik);

4️⃣ Keyin esa qachon menga arzon narsa tegarkin deb kutib yuraverasiz va shimildiriq sohibiga aylanasiz. Sizga baloni ham berishmaydi. Ammo siz do’stlaringizni o’sha noinsoflar guruhiga qo’shganingiz qoladi xolos.

5️⃣ Undan ham yomoni — ayrimlarga “tabriklaymiz, siz yutdingiz, mana bu linkni bosib, arzon narsani oling” degan xabar ham kelishi mumkin.

O’sha linkni zinhor bosa ko’rmang, yoki Telegram profilingizni buzib kirishadi, yoki plastikdagi pullaringizni yechib olishadi.

Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni "lox" qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Lox»ga aylanmang!
#firibgar

Musodara qilingan arzon telefon yoki televizor sotaman, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda.

Bu qanday bo‘ladi?

1️⃣ Qimmat telefon yoki televizorlarni arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan, deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;

2️⃣ Buning uchun o’sha guruh va botlarga odam qo’shishni so’raydi. Ya’ni siz nechtadir do’stingizni o’sha guruhga qo’shsangiz, sizga arzon narsa sotishadi, yo’qsa sotib ololmaysiz deyishadi.

3️⃣ Pul o’lsin-a, pul o’lsin. Siz hovliqqancha kontaktingizdagi barcha do’stlarni ULARNING RUXSATISIZ😡 o’sha guruhlarga qo’shib chiqasiz (kimnidir ruxsatisiz biror guruhga qo’shish befarosatlik);

4️⃣ Keyin esa qachon menga arzon narsa tegarkin deb kutib yuraverasiz va shimildiriq sohibiga aylanasiz. Sizga baloni ham berishmaydi. Ammo siz do’stlaringizni o’sha noinsoflar guruhiga qo’shganingiz qoladi xolos.

5️⃣ Undan ham yomoni — ayrimlarga “tabriklaymiz, siz yutdingiz, mana bu linkni bosib, arzon narsani oling” degan xabar ham kelishi mumkin.

O’sha linkni zinhor bosa ko’rmang, yoki Telegram profilingizni buzib kirishadi, yoki plastikdagi pullaringizni yechib olishadi.

Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni "lox" qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.


👉 @xushnudbek 👈
Firibgarlarning xabarlariga aldanib qolmang!
#firibgar

Firibgarlar tomonidan "menga so'rovnomada ovoz bering", degan xabarlar tarqatilmoqda.

Eng qizig‘i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan kelayotgan bo‘lishi ham mumkin. Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi saytga kirsangiz, undagi virus tufayli Telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib ketadi. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan hamma tanishlaringizga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz.

Iltimos, internetda duch kelgan xabarga ishonavermang. Shubhali saytlarga qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.


👉 @xushnudbek 👈
Firibgarlarning xabarlariga aldanib qolmang!
#firibgar

Yana bir bor ogohlantiramiz: "menga so'rovnomada ovoz bering", degan xabar kelib qolsa, ishonib o'tirmang. Hattoki bu yaqin insoningiz nomidan kelgan bo'lsa ham.

Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi saytga kirsangiz, undagi virus tufayli Telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib ketadi. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan kontaktingizdagi hamma raqamlarga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz.

Iltimos, internetda duch kelgan xabarga ishonavermang. Shubhali saytlarga qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu video ertalabdan kayfiyatimni ko’tardi😀

Kontekst: firibgarlar telefon qilib, o’zini bank yoki to’lov tashkilotidan deb tanishtiradi va “qaysidir firibgar plastik kartangizdan pul yechib olmoqchi, biz shuni oldini olmoqchimiz, hozir telefoningizga kod boradi, shuni aytsangiz, kartangizni bloklaymiz” deydi (yoki shunga o’xshash gaplar). Bunga ishongan ko’plab sodda odamlar pulidan ayriladi.

Ana shunday firibgarlardan biri adashib militsiyaga telefon qilibdi: Directed by Robert B. Weide

‼️XULOSA: begonalarga SMSda kelgan kodlarni aytmang. #firibgar


👉 @xushnudbek 👈
‼️Firibgarlarning navbatdagi tuzog’i

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog‘liq xayriya aksiyasi o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Oʻzbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasida yoʻlovchilarning unutilgan yuklari sotilmasligi va begonalarga berilmasligini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, unutib qoldirilgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlangach, egasiz yuklar utilizatsiya qilinadi.

Unda bu xabar nega tarqatilmoqda?

Javobi oddiy: sodda odamlarning pulini shilish uchun!

Suratdan ko’rinib turibdiki, firibgarlar rasmni montaj qilib soxtalashtirgan. Siz g’olib bo’ldingiz deyishadi va yo’qolgan yuk uchun arzimagan pul so’rashadi. Xarid qilish uchun esa ularning saytiga kirib, plastik raqamlaringizni va SMS-kodni kiritasiz. Qarabsizki, hamma pulingizni “uxlatishadi”.

Yoki boshqacha aldov usullaridan ham fodalanishlari mumkin. Masalan, yuk uchun qanchadir pul olishadi-yu, shu bilan yo’q bo’lib qolishadi. Yoki yukingiz tayyor, dostavka uchun pul to’lang, yuk uchun pulni esa qo’lga olganingizda berasiz deyishadi. Sizga bu ishonarli ko’rinadi. Ammo yakunda yana aldanasiz.

Xullas, bunaqa yolg’on “loxotron”larga umuman ishonmang! “Lox” bo’lmang.
#firibgar


👉 @xushnudbek 👈
#firibgar

Yana o’sha eski mavzu.

Telegramdan sizga biror tanishingiz menga ovoz bering deb link yuborsa, bunaqa shubhali saytlarga kirib o’tirmanglar. Katta ehtimol bilan bu xabarni tanishingizning o’zi yubormayapti. Shunchaki uning profilini buzib kirishgan.

Agar siz o’sha saytni ochsangiz, sizning profilingiz boshqaruvi ham firibgarlar qo’liga o’tib ketadi. Boshqa aytganda, bu o’ziga xos virus.

Iltimos, shubhali saytlarga kirmang, Telegramda kim nima yuborsa ochavermang. O’zingizni ehtiyot qiling, kallani ishlating.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Diqqat, Telegramda yana virus!
#firibgar

Hech kimning qiziga ovoz berish kerak emas. Shunaqa xabarlarni ko‘rsangiz, havolaga kirib o‘tirmang. Hattoki eng yaqin insoningizdan kelgan bo‘lsa ham.

Afsuski, shu kabi xabarlar kanallarda ham chiqib ketmoqda (kanal egasining profili buzilgani uchun) va doimgidek guruhlarga tarqatilmoqda. Iltimos, Telegramdan kelgan duch kelgan havolaga kiravermang, qayta-qayta tekshiring.

Mabodo ehtiyotsizlik sababli profilingiz buzilgan taqdirda ham, zudlikda profilni tiklash, virusdan tozalash choralani ko‘ring. Buning uchun Telegramda «‎Sozlamalar» => «Qurilmalar» => «‎Boshqa barcha seanslarni tugatish» buyruqlarini bosishingiz kerak.

Shuningdek, albatta 2 bosqichli xavfsizlik tizimini ulang. Buning uchun «‎Sozlamalar» => «Maxfiylik va xavfsizlik» => «Ikki bosqichli tekshiruv» buyruqlari orqali o‘zingiz mustaqil parol qo‘yasiz.

Bu nima beradi? Masalan, sizning profilingizga kimdir kirmoqchi bo‘lsa, Telegram orqali yuborilgan SMS-kodni kiritishdan tashqari, siz o‘ylab topgan parolni ham yozishi kerak bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan xavfsizlikni kuchaytiradi. Faqat parolni siz ham esdan chiqarib qo‘ysangiz, uni tiklash uchun elektron pochta manzili kiritib qo‘yishni esdan chiqarmang.

Imkoni bo‘lsa parolni unutmaslik uchun biror yaqin insoningizning (o‘zingiznikini emas) pasport seriyasi va raqamini kiritib qo‘ying. Esdan chiqib ketsa ham, topish oson bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
“Lox”ga aylanmang! Hech qanaqa musodara qilingan arzon tovarlar yo’q!
#firibgar

Arzon telefon, televizor yoki boshqa mahsulotlar sotamiz, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda. Telegramda "musodara qilingan tovarlar" degan firibgarlar guruhlari tiqilib ketgan.

Bu qanday bo‘ladi?

1️⃣ iPhone, Samsung telefonlarini arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan yoki bankrot bo'lgan firmalardan olingan deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;

2️⃣ Siz dastlab ishonmaysiz, ammo ular pulini telefon qo‘lingizga borgach berasiz, ungacha 1 so‘m ham kerakmas deydi. Oh, qanday insofli odamlar ekan-a!

3️⃣ Bunaqa guruhlarda murojaat qilish uchun bironta kontakt yo’q. Na ularning ofisi bor, na telefon raqami, na Telegram profili. Mana shuning o'zi ham sizlarni nahotki shubhalantirmasa?

4️⃣ Biron mahsulotga buyurtma berish uchun guruhga odam qo’shish kerak bo’ladi. 20, 30, 50 kishi va hk. Siz esa arzon mahsulot ilinjida do’stlaringiz va qarindoshlaringizdan so’rab o’tirmasdan, paqillatib guruhga odam qo’shib tashlaysiz.

‼️ TANISHLARNI BUNAQA GURUHLARGA BERUXSAT QO’SHISH BEFAROSATLIK VA BEZBETLIK!!! ILTIMOS, FAROSATNI ISHLATING!

5️⃣ Guruhga qancha odam qo’shsangiz ham befoyda, sizga baribir hech narsa kelmaydi. Chunki musodara qilingan arzon tovar degan narsaning o’zi yo’q, shuni esdan chiqarmang.

⚠️ Firibgarlarning asosiy maqsadi guruhlarga 100 minglab odam to’plab, keyin ularni sotish. Guruh sotilgach, uning nomi o’zgartiriladi, undagi barcha xabarlar o’chirib tashlanadi.

🤦‍♂️ Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni “lox” qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.

"Musodara qilingan arzon tovar" degan yozuvni ko'rdingizmi, tamom, o'sha joydan uzoqroq yuring. Kallani ishlating.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek.uz
“Lox”ga aylanmang! Hech qanaqa musodara qilingan arzon tovarlar yo’q! #firibgar Arzon telefon, televizor yoki boshqa mahsulotlar sotamiz, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda. Telegramda "musodara qilingan tovarlar" degan firibgarlar guruhlari tiqilib ketgan. …
❗️Diqqat, firibgarlar: Telegram orqali garovsiz va past stavkali kredit olaman deb, bor budingizdan ayrilib o‘tirmang
#firibgar

Telegramda keng tarqalgan yana bir firibgarlik usullaridan biri bu osongina kredit beramiz, degan eʼlonlardir. Hech qanaqa garov kerakmas, ish joyidan hujjat shartmas, shunchaki bizga yozsang bo‘ldi, senga bir pasda falon million pul tashlab beramiz, deyishadi. Odamlar ham sodda, bunaqalarga tezda ishonadi.

Umrida biron marta ko‘rmagan yetti yot begona odamga pasporti va plastik kartalarining rasmlarini yuboradi🤦‍♂️ Bundan ham dahshati bor: "kreditingiz chiqdi, endi uni rasmiylashtirish uchun telefoningizga kelgan SMS kodni bizga ayting" desa, bunga ham chippa-chin ishonib, SMS-kodni aytadi.

Undan keyin nima bo‘lishini bilsangiz kerak-a? To‘ppa-to‘g‘ri, plastikdagi barcha pullarini “uxlatib” ketishadi. Ayrim firibgarlar esa, bu ham kamlik qilgandek, o‘sha odamning nomiga tezda bank orqali haqiqiy onlayn kreditni rasmiylashtirib, uni ham yechib olishadi. Haligi sodda inson plastigidagi pulidan ayrilgani yetmagandek, yana bankdan qarzdor ham bo‘lib qoladi.

Turli odamlarga kredit berilgani haqida xabarlar ham joylab turishadi. Ammo bularning barchasi to'qima yolg'on gaplar!

Kecha "Onlayn kredit" degan guruh bor edi (rasmlarda), bugun o‘sha guruh nomini "Arzon tovarlar" deb o‘zgartirib qo‘yishibdi. Kecha osongina kredit beramiz deyishgandi, bugun arzon tovar sotamiz, deb xabar yozib yotishibdi. Mana shu ham ularning qip-qizil firibgar ekanligini ko'rsatadi.

Telegramda bunaqa kanal va guruhlar tiqilib yotibdi, men bittasining rasmini joyladim xolos.

❗️Xullas, bunaqalarga ishonmanglar, ozgina kallani ishlatinglar.


👉 @xushnudbek 👈
📢 Diqqat, firibgarlar!
#firibgar

Internetda yordam-pulfond.buzz degan sayt orqali moddiy yordam beramiz, deb odamlarni aldashmoqda. Bunaqa saytlarga ishonib o’tirmanglar.

INTERNETDA HECH KIM SIZGA YORDAM PULI BERMAYDI !!!

❗️Aslida bu firibgarlar tuzog‘i bo‘lib, pul olaman deb plastik kartangiz raqamini kiritsangiz, aksincha sizning pulingizni yechib olib qo‘yishadi.

Bundan tashqari moddiy yordam olish uchun sizdan kompensatsiya to’lashni talab qilishadi. Masalan, 134 ming so’m bizga to’lasang, senga 6 mln 700 ming so’m moddiy yordam beramiz, deyishadi. Pulni o’tkazib, evaziga shimildiriq olasiz.

💬 Saytda “men oldim, ishonchli ekan” degan izohlar ham bor, lekin bular ham to’qima izohlar, ishonib o’tirmanglar.

Shuningdek, firibgarlar Telegramda “Moddiy yordam” degan guruh ham ochishgan. Guruhdagi hamma post va videolar yolg’on.

📹 Eng yomoni firibgarlar sun’iy intellekt yordamida taniqli insonlarning soxta videosini ham tarqatishmoqda. Ya’ni biror taniqli inson videoda bu tizim ishonchli ekanligi haqida gapiradi. Lekin videoning o’zi ham soxta.

⚠️Iltimos, internetda duch kelgan tekin narsaga ishonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovg‘a, tekin aksiya, tekin kredit va h.k. Bularning deyarli barchasi yolg‘on. Shubhali manzillarga hatto qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Parker vasvasasi": sodda odamlar yana millionlarga kuyib qoldi, mas’ul organlar esa tomoshabinmi?

Yaqinda xabar topdim, O‘zbekistonda so‘nggi oylarda Parker nomi ostida o‘ta shubhali "biznes" avj olibdi. "Parker" moliyaviy piramidaning barcha belgilariga ega: nima faoliyat yuritishi, asoschilari noma’lum, lekin qisqa fursatda tez boyib ketishni va’da qiladi.

1️⃣ Aqlga sig‘maydigan katta daromad

Masalan, Parker’ga 1350 dollar pul tiksa kuniga 34 dollar, yiliga esa 12 ming dollar daromad qilishi aytiladi. Agar 47 ming dollar pul tiksa, yiliga 428 ming dollar daromad berishi va’da qilinadi.

Odamlar tikayotgan pullar esa, ertaga izini topib bo‘lmasligi uchun, o‘sha zahoti kriptovalyutaga aylantirilib, xorijdagi hisob raqamga yuborilgan.

2️⃣ Daromad qayerdan keladi?

"Parker"ga pul tikkanlar qanaqadir Power bank — telefon zaryadlagichlar orqali daromad topishi aytiladi. Ya’ni pulingizga dunyoning qaysidir burchagida Power bank sotib olinadi va odamlar o‘shandan foydalanib, pul to‘lasa, siz daromad qilasiz. Bu g‘irt "loxotron"!

Yodingizdami, Solar City, Tesco Share degan firibgarlar haqida yozgandim, ular ham xuddi shu usulda ishlagandi, ya’ni siz tikkan pulga dunyoning qayeridadir quyosh paneli sotib olinadi, undan topilgan daromad sizga beriladi🤦‍♂️ Safsata!

Odamlarga "oson pul topasan" desa aqldan ozib qolishiga yaqqol misol bu.

3️⃣ Shahar bedarvozami?

Eng alam qiladigani, Parker nomi ostida O‘zbekistonda o‘nlab ofis ochilgan, yuzlab katta-katta ommaviy tadbirlar uyushtirilgan, ularda o‘n minglab odamlar qatnashgan. Tadbirlarning barchasiga xorijdan pul to‘langan.

Masalan, birgina Samarqanddagi tadbirda ming kishi qatnashgan.

Shahar shunchalik bedarvozami? Kim o‘zi bular? Orqasida kim turibdi? Nahotki tegishli organlar bu bilan qiziqmagan? Ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsat olishganmidi?

Xorijdan pul to‘laydigan istalgan shubhali odamlar mana shunaqa osongina minglab odamlarni to‘play oladimi? Zo‘r-ku! Xudo ko‘rsatmasin, shuncha odamni yig‘ib, Rossiyadagiga o‘xshab terakt qilishsachi? Shumi bizning xavfsizlik?

Menga alam qiladigani, Parker degan biznes shubhali ekanligi haqida OAVlarda, jumladan KunUz nashrida 2 oy oldin maqola chiqqan ekan. Lekin kiberxavfsizlikka mas’ul tashkilotlar shu paytgacha bunga tezkor chora ko‘rmagan, natijada mana shu 2 oyda balki minglab odamlar aldanishiga olib kelgan. Agar tezda chora ko’rilganda, qancha odamlar pulini asrab qolsa bo’lar edi.

4️⃣ Moliyaviy piramida oxiriga yetib keldimi?

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, so‘nggi kunlarda saytdan pul yechish to‘xtab qolgan, biznesda adminlik qilgan odamlarning Telegram profillari esa o‘chib ketgan. Demak, hammasi tugadi.

Albatta, bu kutilgan voqea. Chunki bu kabi moliyaviy piramidalar uzog‘i 3-4 oy ishlab, keyin yopilib ketadi. Keyinroq umuman boshqa nomda, boshqacha faoliyat bilan yana kirib keladi va sodda odamlarning pullarini yana "shilib" ketadi.

5️⃣ Power bank biznesi — dunyoda mashhur firibgarlik usullaridan biri

Internetda qidirsangiz, Power bank bilan bog‘liq firibgarlik biznesi haqida turli mamlakatlardan xabarlar kelib chiqadi.

Masalan, 🇮🇳Hindistonda ED nomli kompaniya xuddi shunaqa Power bank sotvolib, pul topasan degan va’dalar bilan 2021-yilning martidan may oyigacha, ya’ni 3 oy ichida odamlardan jami 41 mln dollar mablag‘larni o‘zlashtirib, qochib qolishgan ekan.

6️⃣ "Lox" bo‘lmang, sal kallani ishlating

Hurmatli, do‘stlar!

Iltimos, baraka topgurlar, bizga pullaringni ishonib, falon narsaga investitsiya kiritsang, oson pul topasan, boyib ketasan, desa og‘zingizdan so‘lagingiz oqib, yugurib ketavermanglar.

Pulni qiynalib topasizku, nega bunchalik oson yo‘qotasiz? Xudo xayringizni bersin, iltimos, sal kallani ishlatinglar. Oson pul yo‘q, ayniqsa internet orqali hech narsa qilmasdan pul topishning iloji yo‘q.

Nahotki, sizga shuncha voqealar dars bo‘lmaydi, a?

❗️Boshqa firibgarlik usullarini kanalimda #firibgar heshtegi bilan qidirib, o’qib chiqishingiz mumkin. Ogoh bo’ling.


👉 @xushnudbek 👈
Kiberxavfsizlikka mas’ul organlar diqqatiga: SunEco nomli yana bitta o‘ta shubhali loyiha haqida
#firibgar

"Parker" degan firibgar kompaniyaga ishonib minglab odamlar puliga kuyib qolgani haqida yozgan edim.

O‘sha postdan keyin xuddi shunga o‘xshash tizimda ishlaydigan va odamlardan pul yig‘ayotgan boshqa "kompaniyalar" haqida ham ma’lumotlar berishdi.

Ana shulardan biri SunEco nomi bilan ish yuritayotgan ekan. Telegram kanalini qarasangiz, bular avval Oasis degan nom bilan ishlagan, keyin bir yumalab, SunEco'ga aylanib olishgan.

Bularning tizimi ham oldingilar bilan bir xil ishlaydi. Shubhali mobil ilovadan kriptovalyuta orqali pul investitsiya qilasiz. Bular sizning pulingizga go‘yoki qayerdadir quyosh panellari sotib olishadi va siz shundan daromad qilasiz. Qancha ko‘p pul to‘lasangiz, shuncha ko‘p daromad, har kuni falon dollar ishlaysiz, deb odamlarni qiziqtirishmoqda.

Va hattoki bular Markaziy Osiyo bozoriga 5 mln AQSh dollar sarmoya kiritdik, degan yolg‘on gapni ham tarqatishgan.

Hududlarda, jumladan Namangan va Andijonda filiallar ochishyapti, odamlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini qilishmoqda.

Hurmatli, organ xodimlari! Toki yana bir bor minglab odamlar puliga kuyib qolmasidan avval yaxshilab surishtiruv o‘tkazish va ushbu "kompaniya" faoliyati qonuniyligini jiddiy tekshirish zarur.

‼️Odamlarga esa yana bir bor eslatamiz. Oson pul topish haqidagi va’dalarga ishonib ketavermang! Iltimos, Xudo xayringizni bersin, bunchalar sodda bo‘lmang. Firibgarlar sizlarni "lox" qilib, boyishiga yo‘l qo‘ymang! Nahotki shuncha voqea sizga dars bo‘lmaydi?!


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar vazirligi yangi firibgarlik holatidan ogohlantirdi
#firibgar

Videoda aytilishicha, firibgarlar uy telefonlariga qo'ng'iroq qilib, yaqinlari avtohalokatga uchraganini va ularni davolash uchun zudlikda pul kerakligini aytishadi. Firibgarlarning bunday tuzog'iga asosan qariyalar tushmoqda va begonalarning qo'liga pullarini qo'shqo'llab topshirmoqda.

Agar sizga ham shunday qo'ng'iroq bo'lsa, unda eng avvalo yaqinlaringiz bilan shaxsan bog'lanib, vaziyatni aniqlashtiring yoki 102 raqamiga murojaat qiling.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Yangi firibgarlardan ogoh bo‘ling! Hech qanaqa "Disney" degan ilovaga pul tikmang
#firibgar

Ming marta aytgan gapimizni yana takrorlaymiz: oson pul topasan degan hammaga ishonib ketavermang.

Internetda "Disney" kompaniyasining biletlarini sotib olish orqali biznes qilishni targ‘ib qilishmoqda. Oldindan qanchadir pul bilan hisobingizni to‘ldirishingiz kerak ekan, keyin har kuni onlayn bilet sotib olsangiz daromad qilar ekansiz.

‼️Bu qip-qizil yolg‘on. Pulga qiziqib, ishonib o‘tirmanglar yana. Kimdir pul yechib olibdi. daromad qilayotgan ekan, rostdan pul beryapti, desa ham ishonmanglar.

"Disney" kompaniyasi nomi bilan avval ham ko‘p bora firibgarlik qilingan. Internetdan qidirsangiz chiqib keladi. Masalan, 2021-yil Qozog‘istonda shunday holat kuzatilgan.

Bu xuddi avvalgi firibgarlar, ya’ni Tesco, SolarCity, Parker, SunEco, Tether Gold, Supertask va boshqalarga o‘xshagan pul o‘g‘irlaydigan tizim.

O‘zingiz ham ishonmang, tanishlaringizni ham bu yo‘ldan qaytaring. Ertaga kech bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
HNK Media degan kompaniyaga ishonib o‘tirmanglar. Bu "loxotron" va firibgarlarning moliyaviy piramidasi
#firibgar

Avval ham shu kabi firibgarlar haqida ko‘p marta ogohlantirganman. Tesco Share, Solar City, SunEco, Parker, Disney va h.k. Bularning hammasi odamlarning pulini olib, oxirida qochib ketdi.

HNK Media deganini ham o‘rganib chiqdim, u ham yuqoridagi firibgarlardan va u ham bir xil usulda ishlaydi. Siz nimagadir pul tikasiz va hech bir mehnat qilmasdan katta daromad olasiz. O‘zingiz bilan ko‘proq odam olib kelsangiz, sizga kattaroq daromad va’da qilishadi. Mehnat qilmasdan pul topish ko‘plab odamlarni oson aldashning usuli. Chunki deyarli hamma uyda yotvolib, qo‘lini sovuq suvga urmasdan pul topishni xohlaydi. Osmondan pul tushib tursa, qanday mazza!?

Firibgarlar aynan mana shundan foydalanmoqda. Afsuski, bir xil usul bilan har safar minglab odamlarni aldayapti.

Xullas, HNK Media degan kompaniyaga ishonib o‘tirmanglar. Pul tikib qo‘ygan bo‘lsangiz, tezda yechib olishga harakat qiling. Pul yechish uchun yana ozgina pul tikishing kerak, desa ishonmang. Boshqa 1 tiyin ham pul tikmang. Hali pul tikmagan bo‘lsangiz, unda baxtingiz ekan, tezda bu fikrdan qayting. Tanishlaringizga ham buni yetkazing.

Afsuski, bu yerdagi katta muammo — pul tikkan odamlarning o‘zi bu yolg‘on ekanligiga ishongisi kelmaydi. Aldanganini tan olishni xohlamaydi. Ularni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lganlar bilan urishib chiqadi. "Sen bilmaysan, meni pul topayotganimni ko‘rolmaysan" deyishadi. Boshqalarni ham mana shu botqoqqa tortishga harakat qilishadi. Ammo siz ularga qayta-qayta bu yolg‘onligini aytavering. Oson bo‘lmaydi, lekin boshqa ilojimiz yo‘q.

❗️Kiberxavfsizlikka mas’ul organlar esa uxlab o‘tirmasdan, tezda bunaqa firibgar kompaniyalarga qarshi chora ko‘rishlari kerak. Har safar minglab sodda yurtdoshimiz aldanib qolishiga tomoshabin bo‘lib turmasligimiz kerak.

KunUz ham HNK haqida material tayyorlagan ekan:
https://kun.uz/kr/77712363


👉 @xushnudbek 👈