Talim yangiliklari 🎓
51.9K subscribers
181 photos
151 videos
45 files
870 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
⚡️ Yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (PQ–4942, 12.01.2021) bilan Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.

👉 Filialda sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

👉 Filial ta’lim faoliyatini 2021/2022-o‘quv yilidan boshlaydi.

👉 Ta’lim jarayoni rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi.

👉 Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur filial bilan respublikadagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 25 taga, jami oliy ta’lim muassasalari soni esa 130 taga yetdi (harbiy va diniy OTMlardan tashqari)

©
otm_info


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​⚡️20-yanvar – 1-kurslar uchun kontrakt to'lash va talabalikka qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi kuni

Eslatib o‘tamiz, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, OTMlar bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021-yil 20-yanvari etib belgilangan.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish bekor qilinadimi?

Oʻrinli savol:
Hozirda minglab abituriyent yurtdoshlarimiz qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalariga 1000$ gacha kontrakt toʻlab imtixonsiz oʻqishga kirib ketishmoqda. Achinarlisi, baʼzilari xatto qaysi oliygohni qaysi yoʻnalishiga kirganini xam bilmaydi. Maqsad bitta: Nima qilib boʻlsada perevod qilib Oʻzbekiston oliygohlariga kirish.

Vazirlik bu savolga qanday javob berdi? Joriy yilda qanday yangiliklar amalga oshiriladi?


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi farmoni bilan Abduqodir Hamidovich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

🔆Yangi tayinlangan vazir haqida shu kunga qadar yaxshi gaplar eshitganmiz. Ayniqsa, Termiz davlat universitetining talabalari universitetda ancha o'zgarishlar bo'lgani haqida aytishmoqda.

♻️O'ylaymizki, yangi vazir oliy ta'lim tizimini isloh qiladi, oliy ta'limga toza havo kiradi, adolat bilan ish tutishidan umidvormiz.


⚡️Oʻzbekiston Milliy universitetining rektori Avaz Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

⚡️Shu kunga qadar oliy va oʻrta maxsus ta'lim vaziri lavozimida ishlagan Inomjon O'rishevich Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Rasman
⚡️8 fevraldan O‘zbekiston milliy universiteti kredit-modul tizimiga o‘tadi. Tizim joriy qilingach:

📌 Talaba bir universitetda o‘qib turib, ixtiyoriy fanni boshqa universitetda o‘qishi mumkin bo‘ladi;

📌Qaysi professor o‘qituvchida qaysi-qaysi fanni o‘qish tanloviga ega bo‘ladi;

📌Agar biror fanni "yopa olmasa", «ochisleniya» qilinmaydi. 8 yilgacha talaba bo‘lib qolishi mumkin. Faqat to‘lov kontraktlarini amalga oshirgan holda.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​⚡️«Kvotaboz» – o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatini tugatish taklif qilindi

Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining ekspertlar ishtirokidagi yig‘ilishida shu haqda so‘z borgan.

Senator Odil Iminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasini keskin tanqid qilib, uning faoliyatini tugatish taklifi bilan chiqdi.

«Biz Davlat qabul komissiyasiga 2 oy avval xat yozdik. Lekin ulardan haligacha javob yo‘q. Yo‘q. Shunchaki javob yo‘q. Senatning xatiga javob yo‘q.

Buni tugatish kerak. Qabulni to‘liq universitetlarning o‘ziga berish kerak. Keyin universitetlar rektorlari ta'lim jarayoni va sifatiga o‘z boshi bilan javob bersin. Dekanlar esa ta'lim tarbiya uchun javob bersin.

Nega bu ishlarni Vazirlar Mahkamasida o‘tirgan chinovnik hal qilishi kerak? O‘quv dasturlarini ham hamma universitet o‘zi qilsin.

Davlat qabul komissiyasi deganining o‘zi tagi yo‘q organ-ku. Nima keragi bor buning?», – deya yig‘ilganlarga savol bilan murojaat qilgan Odil Iminov.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АОКАдаги матбуот анжуманидан

Усмон Шарифхўжаев, Халқ таълими вазирининг биринчи ўринбосари:

🔰«Дарсликлар — ижара асосида берилади. Яъни, бир марта чоп этилган дарсликлардан бир неча йил давомида фойдаланилади.

🌐 Бугун ижтимоий тармоқларда дарсликлар билан боғлиқ кўтарилаётган масалалар кўп. Ўша дарсликларни олиб, чоп этилган санасига қарайдиган бўлсак, у 2017 йилда, 2018 йилларда чоп этилганини кўриш мумкин.

⚠️Бир йилда 600 мингдан ортиқ тиражда дарсликлар чоп этилади. Хатога йўл қўйилган бўлса, масъулга нисбатан чора кўрилади, бироқ тўлиқ тиражни қайта чоп этиш имкони деярли йўқ. Ҳар йили ўша дарсликка дуч келган ота-оналар ўша хатоларни қайта-қайта тармоққа қўймоқдалар.

📈 Дарсликлар бўйича катта ишлар бошланган. Ким бу жараёнларни ўз кўзи билан кўришни истаса, Республика таълим марказига таклиф этамиз. Масалан, бу йил янги миллий ўқув дастурига мос равишда, дарсликлар тўлиқ янгиланмоқда».


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etildi

Hukumat qarori (31-son, 22.01.2021 y.) bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining davlat ta’lim muassasasi shaklidagi Urganch filiali tashkil etildi.

🏢 Filial tarkibida “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish bo‘limi ochildi.

📌 Raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

📝 Shuningdek, “Lazgi” ijro yo‘li namunalari “Oltin fondi”ni yaratish “Lazgi” bo‘limining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Filial huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

👉 “Lazgi”ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozisiya;
👉 “Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;
👉 “Lazgi”ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;
👉 “Lazgi” bolalar havaskorlik teatr-studiyasi.

☑️ Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

➡️ Filialga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari har yili OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.



⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari

Ertaga, 26-yanvar kuni Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari boshlanadi.

🔰 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.

📍 Test sinovlari tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har bir harbiy qismning o‘zida o‘tkaziladi.

❇️ Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi esa mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.

📆 Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​2021-2022 o‘quv yilidan abituriyentlarga cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilishi mumkin

🔹 O‘zA muxbiri Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbatlashdi. Unda Majid Karimov keyingi o'quv yili uchun qabul jarayoniga mo'ljallangan yangiliklar haqida so'zlab o'tgan.

"Avvalo, 2021-2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi bo‘lsa ham, o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan:

birinchidan, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish, bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi.
" - deya ta'kidlab o'tgan Majid Karimov.

DTM raxbari aynan shu yangilikni quyidagicha izohlagan:

"Ha, buning ham o‘ziga xos talablari bor. Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018-yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020-yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi."

📌 Bundan tashqari suhbat davomida Majid Karimov, boshqa bir qancha yangiliklarga ham to'xtalib o'tgan.

Batafsil maqola: http://uza.uz/posts/237513


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
2021-2022-o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlar uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

👉 https://youtu.be/UmWMCK3Siq4

⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
2021 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasidagi Prezident stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi

2021 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.

Tayanch doktorantlar o‘rtasida 4 ta yo‘nalishda g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi:

👉 Farangiz Zaynobiddinova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – Ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot va huquq yo‘nalishi;

👉 Ilhom Abdurahmonov, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti – Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi;

👉 Iroda Shermatova, Toshkent farmasevtika instituti – sog‘liqni saqlash, sport va ekologiya yo‘nalishi;

👉 Alisher Berdiyev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

2021 yilda O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriatiga 1,6 million abituriyent hujjat topshirishi taxmin qilinmoqda. DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.

📌 Davlat test markazi Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev xpress.uz'ga bergan intervyusida OTMlar bakalavriatiga kirish imtihonlari yuzasidan qator savollarga javob berdi.

🔹 Bu yil 5ta fandan imtihon olish rejalashtirilmoqda
Bu yil kirish imtihonlari 5ta fandan o‘tkaziladi. Prezident qarorida kirish imtihonlari 2ta mutaxassislik va 3ta majburiy fanlardan o‘tkazilishi belgilangan.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti hisobga olinib, istisno tariqasida imtihonlar 2ta fanga qisqartirilgan edi.

🔹 Tanlov imkoni cheklanmasligi mumkin
DTM yuqori tashkilotlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning istalgancha ta'lim yo‘nalishlarini tanlash imkonini berish to‘g‘risida taklif kiritgan. Agar taklif qabul qilinsa, abituriyentlar oldingi yilgidek 5ta yo‘nalishni emas, o‘z fanlariga mos 20 yoki 25ta yo‘nalishni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Hozir yo‘nalishlar cheklangani uchun yuqori ball to‘playdigan abituriyentlarning imkoniyati ba'zida cheklanishi mumkin. Tanlov cheklanmaydigan bo‘lsa, bilimli yoshlarning talaba bo‘lish imkoni yana oshadi.

🔹 Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi
Kirish imtihonlarida mantiqiy savollar soni ko‘paytiriladi. Hozirgacha shu turdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham o‘tkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda ko‘p bo‘ladi.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti bo‘lgani uchun abituriyentlarning imkoniyatlari hisobga olinib, to‘rtinchi qiyinlik darajasidagi savollar olib tashlangan edi. Bu yil unday bo‘lmaydi. To‘rtinchi qiyinlik darajasi o‘rniga mantiqiy savollar tuziladi.

🔹 Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi
Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.

Abituriyentda 2ta tanlov bo‘ladi: xohlasa, sertifikat olishda yig‘gan ball foiziga qarab tegishli ballga ega bo‘lishi yoki sertifikati bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra imtihonda test ishlab ball to‘plashi mumkin.

Demak, bu yilgi kirish imtihonlarigacha 5ta fandan: matematika, ona tili, kimyo, biologiya va ingliz tilidan sertifikat olib, oldindan ballga ega bo‘lish mumkin.

🔹 Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin
DTM imtihonlarni ochiq havoda o‘tkazish variantini ham, yopiq binolarda o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Imtihon vaqti mavjud epidemiologik vaziyat hisobga olinadi va agar vaziyat taqazo qilsa, imtihonlar ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
▪️ 2021 yilda kirish imtihonlari qanday bo‘ladi ⁉️

🔺 Joriy yilda 5 ta fandan test bo‘ladi

Majburiy fanlar bloki:

- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol
, har biri uchun 2.1 balldan.

🔺Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5
ball. Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

🔺 Taʼlim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

🔺 Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186
ball. Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi (imtiyozli balla qoshilmaganda);

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

Batafsil malumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​#Rasman
▪️ Ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi.

🔺2021/2022 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga respublika tijorat banklari tomonidan imtiyozli ta’lim kreditlari berish tartibi joriy etiladi. Hukumatning tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

🔺Bunday oilalarga imtiyozli ta’lim kreditlari berish uchun tijorat banklariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maqsadli kredit resurslari ajratilsin.

🔺
Ta’lim kreditlari respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari — davlat, nodavlat, qo‘shma ta’lim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari filiallarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.

🔺Kredit foizlari kredit ajratilgandan so‘ng keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oyma-oy to‘lanadi, asosiy qarz esa talabaning o‘qishi rasman tugagach, uch oy o‘tgandan keyin to‘lash boshlanadi.

*🔺*Ta’lim krediti, o‘qish davrini hisobga olgan holda, bakalavr uchun 15 yil, magistr uchun 10 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

_🔺_Qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etish lozim, uning amalga oshirilishi unga qo‘yilgan asosiy talab hisoblanadi:

🔺mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

🔺bankning kafolati;

🔺uchinchi shaxsning kafilligi;

🔺sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
​​▪️Mart oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-mart kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida mart oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

📆 Hujjatlarni qabul qilish 5-mart kuniga qadar (5-mart kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
👉 onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
👉 to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

📍 Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!
​​Buni bilarmidingiz?

my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.

"O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor.

❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat’iyan man etiladi.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
Mart oyi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

📌 2021-yil 1-mart kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlangan bo‘lib, 5-mart kuniga qadar davom etishi belgilangan edi.

📆 Talabgorlarning murojaatlariga asosan, hujjatlarni qabul qilish 12-mart kuniga qadar (12-mart kuni ham) uzaytirildi.

Test sinovlari esa 24-26-mart kunlari o‘tkaziladi.

📋 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishishlari mumkin.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-YNQgpN_DCCag
Fanlar majmuasi-2021.pdf
993.4 KB
▪️⚡️Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.

Demak, bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94,5 ball.

1. Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
2. Matematika15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
3. Oʻzbekiston tarixi15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

👉 1-fan30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.
👉 2-fan30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
▪️ 5ta fandan test boʻlishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha boʻlgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;

🔺 3ta majburiy fan magistratura uchun taalluqli emas;

🔺 3+2 koʻrinishdagi ushbu tartib bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qoʻllanadi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw