Talim yangiliklari 🎓
51.9K subscribers
181 photos
151 videos
45 files
870 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
▪️Arizalar JIDU Qabul komissiyasi tomonidan 2021 yil 15 iyundan 5 iyulgacha qabul qilinadi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirishda dastlabki imtihonni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida maʼlumot Abituriyentlarning hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul qilishning boshlanishi 2021 yil 15 iyundan onlayn ariza orqali amalga oshiriladi.

🔺 Abituriyent ariza shaklini onlayn tarzda to‘ldirib hujjatlarni topshirish uchun, unga zarur hujjatlar nusxasini ilova tarzida biriktirib yuklashi lozim.

Manba: abtuz

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
#Qabul2021
⚡️ Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

👨🏻‍💻 Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
Veterinariya-2021.pdf
120.6 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
Kechki-2021.pdf
274 KB
#Qabul2021 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
Pedagogika-2021.pdf
1.2 MB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Xalq ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
Tibbiyot-2021.pdf
988.2 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
Ijtimoiy-ish-2021.pdf
106.9 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
Sirtqi-2021.pdf
1.5 MB
#Qabul2021 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
Kunduzgi-2021.pdf
4.2 MB
#Qabul2021 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
#Qabul2021
Tanlov ustuvorligini belgilash

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/zaSXZDFte00

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 2021/2022 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari qabul jarayonlariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida qabul qilish jarayoni uchun video yoʻriqnoma !

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil maʼlumot 👇
https://t.me/joinchat/R-Obj3wGhHpzacJv
❗️Расман! Кириш имтиҳонлари карантин сабаб сентябр ойига қолдириладиган бўлди!

Республика махсус комиссияси қарорига кўра, очиқ ва ёпиқ ҳудудларда оммавий тадбирлар ўтказилишининг тўхтатилиши муносабати билан академик лицейларга дастлабки саралаш ҳамда асосий имтиҳонларни ўтказиш вақти маълум бир муддатга сурилди. Бу ҳақда олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабар бермоқда.

📅 Эпидемиологик вазиятдан келиб чиққан ҳолда академик лицейларга саралаш имтиҳонларининг ўтказилиши жорий йил сентябрь ойининг биринчи яримида режалаштирилмоқда.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
▪️OTMlar tomonidan Magistraturaga kirish uchun yuborilgan arizalar tasdiqlanishni boshladi !

🌐 Arizalar qabul qilish magistr.edu.uz orqali amalga oshirilmoqda.

📅 Arizalarni qabul qilish oxirgi muddati 30-iyul kuni etib belgilangan.


🔺 Oxirgi kunga qoldirmang, sababi oxirgi kuni bu platforma ham ishlamay qolishi mumkin.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦠Коронавирусга чалинган абитуриентлар имтиҳонсиз қолиб кетмайди” — ДТМ вакили

Коронавирусга чалингани сабаб имтиҳонда қатнаша олмаган абитуриентлар учун қўшимча имтиҳон ташкил этилади, деб маълум қилди Давлат тест маркази бош мутахассиси Жамшидбек Одилов Xpress.uz га берган интервюсида.



Энг зўр абитуриентлар гуруҳи: @Talaba
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan

👉 https://telegra.ph/Ijtimoiy-tarmoqlarda-tarqalayotgan-test-materiallari-yuzasidan-08-05

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Kechagi test sinovlarining natijalari eʼlon qilindi, deya xabar bermoqda DTM.

Abituriyentlar natijalarini https://my.dtm.uz sayti orqali koʻrishlari mumkin. Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham natijani bilish mumkin:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

Va yana bir yoʻli https://mandat.dtm.uz saytida ham ID-raqam orqali natijalarni koʻrsa boʻladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
Javob belgilanmagan test topshirig‘iga ball berilishi natija xato hisoblanganligini anglatmaydi

Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida talabgorlarda test topshirig‘iga nisbatan biror e’tiroz mavjud bo‘lsa, o‘z e’tirozini yozib berishi uchun e’tirozlar blankasi joriy etilgan bo‘lib, mazkur blanka oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ham qo‘llaniladi.

Bunda abituriyent unga berilgan test topshirig‘ida biror xatolik mavjud deb hisoblasa, mazkur test topshirig‘i yuzasidan o‘z etirozini e’tirozlar blankasiga yozib beradi.

Bildirilgan e’tirozlar fan mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi va e’tiroz o‘rinli bo‘lsa, mazkur test topshirig‘i tushgan barcha abituriyentlarga (abituriyent e’tirozlar blankasiga yozmagan bo‘lsa ham) ushbu test topshirig‘i uchun tegishli ball beriladi.

Bunda abituriyent mazkur test topshirig‘iga javob belgilagan yoki belgilamaganligining ahamiyati yo‘q. Ya’ni, abituriyentning e’tirozi asosli bo‘lsa, u javoblar varaqasiga belgilagan bo‘lsa ham, belgilamagan bo‘lsa ham unga mazkur test topshirig‘i uchun tegishli ball beriladi.

Agar abituriyentning e’tirozi asossiz bo‘lsa, abituriyentning e’tirozi inobatga olinmaydi va test topshiriqlari abituriyent javoblar varaqasiga belgilagan javoblar asosida tekshiriladi.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
Skaner qurilmalari to‘g‘ri ishlamoqda

Itjimoiy tarmoqlarda ayrim abituriyentlarning javoblar varaqalari keltirilgan holda skaner qurilmalari xato ishlayapti degan mazmunda fikrlar bildirilmoqda.

Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

1. Test topshirig‘iga javob belgilanmasada to‘g‘ri deb olinishi e’tirozlar blankasi bilan bog‘liq va bu bo‘yicha ushbu rasmiy munosabatda to‘liq ma’lumot berilgan.

2. Bir nechta javob belgilanganda ulardan biri to‘g‘ri javob sifatida olinishi AQSHning SCANTRON korporatsiyasining iNSIGHT turkumiga kiruvchi optik qurilmalarining dasturiy ta’minoti va maxsus algoritmi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat xato hisoblanmaydi.

Ya’ni mazkur qurilmalar javobni o‘qishda aylananing bo‘yalganlik holatini tekshiradi va kattaroq bo‘yalgan aylana belgilangan javob sifatida olinadi. Aylanalarning bo‘yalganlik holati bir-biriga yaqin bo‘lganda esa birdan ortiq javob belgilangan hisoblanadi va test topshiruvchiga mazkur test topshirig‘i uchun ball berilmaydi.

Umuman olganda SCANTRON korporatsiyasining optik skanerlari dunyodagi eng ishonchli qurilmalardan hisoblanib, AQSh, Yaponiya, Turkiya kabi rivojlangan davlatlar ham aynan shu qurilmalardan foydalanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan javoblar varaqalari esa mazkur shaxslarning millionlab abituriyentlar uchun juda muhim bo‘lgan, ularning kelajagini belgilab beradigan davlat tadbiriga bepisandlik bilan qarayotganligi, zamirida yigirmadan ortiq tashkilotning juda katta mehnati va zahmati yotgan jarayonni obro‘sizlantirishga harakat qilayotganligi va test sinoviga katta maqsadlar qo‘ygan holda talaba bo‘lish uchun emas, balki boshqa bir g‘arazli niyatlarni ko‘zlagan holda kelayotganligidan darakdir.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
Koronavirusga chalinganlar uchun ariza shakli.pdf
103.1 KB
#Qabul2021
Koronavirusga chalingan abituriyentlar diqqatiga!

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, to‘liq sog‘aygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi.

📧 Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari yuqoridagi ariza shaklini to‘ldirib, 16-avgustga qadar covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.

🔖 Bunda ariza bilan birga pasport nusxasi, “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.

📌 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etishning to‘liq tartibi bilan ushbu sxema orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
▪️Oʻz natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar, mandat eʼlon qilingandan soʻng 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.

🌐 Apellyatsiya shikoyatini my.dtm.uz sayti orqali berishlari mumkin. Hozircha bu funksiya yoʻq u saytda.

📃 Apellyatsiyada oʻzingiz ishlagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi va apellyatsion karta Sizga beriladi. Test topshiriqlari kitobini koʻrib chiqib, agarda eʼtirozingiz boʻlsa ekspertga uchrashasiz.Ekspertga Siz oʻz eʼtirozlaringizni tushuntirib berishingiz kerak boʻladi.

Eʼtirozlar oʻrinli deb topilsa Sizga shu savol uchun ball qoʻshiladi.Agarda eʼtiroz oʻrinli deb topilmasa, ekspert Sizga bu toʻgʻrisida tushuntirish berishi kerak boʻladi.

🔺 Test sinovlariga kelmagan va chetlashtirilganlar apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.


Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU