Talim yangiliklari 🎓️
72.4K subscribers
140 photos
147 videos
44 files
814 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent   #qabul2024


Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari
ga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yil 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024

Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.


Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya
#apellatsiya #qabul2024

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatlari 2024-yil 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.


Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
#Qabul2024 #Statistika

⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %)erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy