Talim yangiliklari 🎓
51.8K subscribers
182 photos
151 videos
45 files
871 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
#Diqqat #tezkor!

Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Manbalarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari bekor qilinadi.
Ommaviy marosimlar: uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinishi bosh vazir tomonidan e’lon qilindi.

❗️Hurmatli yurtdoshlar, vahima qilmaylik, xotirjamlikni saqlaylik. Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar deydi.

Eng asosiysi gigiyenaga qat’iy rioya qiling.

Qo‘lingizni tez-tez, yaxshilab sovunlab yuvib yuring.

Qo‘lingiz bilan ko‘zingiz va yuzingizni ishqalamang.

Insonlar bilan o‘zaro qo‘l berib so‘rashishni to‘xtataylik!

Xitoy misolida oladigan bo‘lsak, koronavirus tarqalishi kamayib bormoqda. Demak, barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rsak, Xudo xohlasa, betalafot o‘tib olamiz.

Vahima qilmang. Koronavirusdan ham vahima oqibati yomonroq.

Va eng asosiysi – barchamizni Allohning o‘zi asrasin.

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Talim yangiliklari 🎓 pinned «#Diqqat #tezkor! Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida…»
Toshkentdan uyga qaytadigan talabalar diqqatiga!

16-Martdan boshlab Avia reyslar va Temir yo'l chiptalari 50% chegirma asosida sotiladi!
Talabalar poyеzdlarga chipta olish uchun tеmir yo‘l vokzalidagi kassalarga borishlariga hojat yo‘q. Ayni kunda talabalar shaharchasida “O‘zteryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan chiptaxona tashkil qilinib, poyеzdlarga chiptalar shu joyning o‘zida sotilmoqda.

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Ta’til paytida o‘qituvchilar ishga chiqishlari kerakmi?

Ta’til paytida o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini davom ettiradilar.

2020 yilning 16 mart kunidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ta’til e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Shu munosabat bilan o‘qituvchilar ishga chiqishlari kerakmi degan savollar tushmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan davlat va xususiy tashkilotlar ish faoliyatiga o‘zgartirish haqida qaror qabul qilinmagan. Faqatgina ular tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, majlislar va yig‘ilishlarga cheklovlar kiritilgan.

Tashkilotlar va ularning xodimlari ish tartibiga hech qanday o‘zgarishlar kiritilmadi. Bundan kelib chiqib o‘qituvchilar o‘quvchilar uchun e’lon qilingan ta’til davrida o‘z faoliyatlarini davom ettiradilar. Bunda o‘qituvchilar bahorgi ta’til kunlariga rejalashtirgan ishlarini amalga oshirib, pedagogik yuklamalar doirasida faoliyat (misol uchun, metodologik va tayyorgarlik ishlari) yuritishadi, xodimlarning oilaviy sharoitidan kelib chiqib, zaruriyatga ko‘ra pedagogik yuklamalarini masofaviy tarzda bajarilishiga imkon beriladi.

E’lon qilingan ta’til davri uchun belgilangan yuqoridagi tartib mehnatiga soatbay haq to‘lanadigan xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Shu bilan birga ta’lim muassasalarining asosiy xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi doirasida xohish istaklariga ko‘ra, belgilangan mehnat ta’tilining bir qismini olishlari mumkin.

©Manba: www.uzedu.uz

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
Bogʻchada karantin boʻlganda ota-ona ishdan ozod qilinadimi?

Qonunchilikka koʻra, bogʻchada yoki 6 yoshga toʻlmagan bolaga oʻrnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa aʼzosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi va sogʻliqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
#Ustozlar_uchun

Birinchi va oliy malaka toifalariga talabgor pedagoglarga tavsiya

Imtihon qoldirilganligi - Sizga qo‘shimcha tayyorgarlik uchun qulay imkoniyat.

Xabaringiz bor, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida qat’iy choralar belgilanib, barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga ta’til berildi.

Tabiiyki, Sizda maktabda dars berayotgan faoliyatingiz davriga nisbatan hozirda bo‘sh vaqtingiz ko‘proq. Ushbu davrda Siz vaqtdan samarali foydalangan holda oldingizda turgan imtihonlarga puxta tayyorlanishingiz mumkin.

Pedagog kadrlar attestasiyasida sinov testlari amaldagi Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tayyorlanganligini inobatga olib, attestasiyadan o‘tayotgan o‘quv faningiz bo‘yicha amaldagi DTS va o‘quv dasturlarini yana bir bora takrorlab oling.

To‘g‘ri, bu Sizning doimiy faoliyatingiz, Siz yillar davomida dars o‘tib yurgan faningizning kuchli mutaxassisi bo‘lib shakllangansiz.
Shunday bo‘lsada, afsuski, ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on reklamalar asosida soxta test tarqatuvchilarga ishonayotgan va hatto, test savollarini o‘zlari so‘rayotgan pedagoglar ham yo‘q emas. Bu o‘ziga ishonmaslik holatidir.

Mana shu ta’til davrida o‘z ustingizda ishlab, izlanib, bilimingizni yanada mustahkamlang!

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoni suv bossa oʻrdakga ne gʻam🤣🤣🤣...
Mazza qilib TV koʻramiz deydi🤦‍♂😂.

P.S: Aziz vatandoshlar Vahima qilmang. Koronavirusdan ham vahima oqibati yomonroq.
Va eng asosiysi – barchamizni Allohning o‘zi asrasin.


© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
11-sinf-uyga-vazifalar.pdf
76.7 KB
#oquvchilar_uchun

Barcha fanlardan 11-sinf o‘quvchilari uchun XTV tomonidan tuzib chiqilgan uyga vazifalar to‘plami.

♻️Buni sinf gruppalariga tarqating, uyda bajariladi bir haftalik rejadagi soatlar.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalq ta’limi vaziri: “Ertadan barcha maktab o‘qituvchilari ham ta’tilga chiqadi, ular ishga chiqishlari shart bo‘lmaydi. Ularga o‘zlarining metodik yuklamalarini onlayn (masofaviy) bajarishga ruxsat beriladi”.

©@xushnudbek

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol: “Ta’tilga chiqqan maktab o‘qituvchilariga haq to‘lanadimi?”

Xalq ta’limi vaziri: “Ertadan boshlab barcha o‘qituvchilar haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqishadi”.

© @xushnudbek

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
Maktablarda qog‘oz shakldagi kundalik bekor qilinadi

2020-yil 1-sentabrgacha barcha maktablarda jurnal va o‘quvchilarning kundaliklarini qog‘oz shaklida yuritish bekor qilinadi hamda ularni elektron tarzda yuritishga mo‘ljallangan yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

Batafsil👉https://telegra.ph/TY-03-18-5
​​Maktab o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta fandan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi

O‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, egallagan bilimlarini baholash maqsadida joriy yilning 24-martidan boshlab umumta'lim muassasalarining 4-11-sinf o'quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida MATEMATIKA, FIZIKA, KIMYO, BIOLOGIYA hamda INFORMATIKA fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etilasi.

Olimpiadada bepul va ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun o'quvchilar Olympiad.uzedu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va tahsil olayotgan ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Olimpiadalarni fanlar bo‘yicha o‘tkazish jadvali Olympiad.uzedu.uz veb-saytida e'lon qilib boriladi.

Topshiriqlar murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan 20 ta test savolidan iborat bo‘lib, bajarish uchun bir soat vaqt ajratiladi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
​​​​📌 AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tdi.

Quyidagi savollarga javob berdi

1-Savol. Onlayn darslar nima uchun imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz, kar-soqov bolalar uchun ham tashkillashtirilmayapti?

2-Savol. Karantin tugagach, maktablar ochilib o‘qish davri uzaytiriladimi?

3-Savol. Bitiruv imtihonlari qachon boshlanadi? Harbiy bilim yurtiga topshirmoqchiman, ular kechiktiraladimi?

4-Savol. Maktab o‘qituvchilariga ta’til berildi, lekin ularni elektron jurnal to‘ldirishga majbur qilishmoqda.

5-Savol. Karantin uzoq davom etsa, o‘quvchilarning yozgi ta’tillari qanday bo‘ladi?

6-Savol. Efirga uzatilishi rejalashtirilayotgan onlayn darslar jadvali, qaysi kanalda, qaysi sinflar uchun ekani ma’lumotlarini qayerdan bilsa bo‘ladi?

7-Savol. Onlayn darslar davlat tilidan tashqari, boshqa tillarda ham o‘tkaziladimi: qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman va boshqalar?

8-Savol. Kitob.uz saytida kitoblar o‘zbek tilida, nima uchun rus tilidagi kitoblarni yuklab ololmaymiz?

9-Savol. Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarining dars qilayotgan rasmlarini otchet qilib yuborishlarini talab qilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri??

10-Savol. Maktablarda karantin e’lon qilinishi munosabati bilan tungi navbatchilik tashkil etiladimi?

11-Savol. Nima uchun direktor, uning o‘rinbosarlari va yana bir guruh xodimlar karantin paytida ham faoliyatini davom ettirishi kerak?

12-Savol. Maktabgacha yoki boshlang‘ich ta’lim yoshidagi farzandlari bor direktor uning o‘rinbosarlari yoki karantin paytida ishlashi kerak bo‘lgan xodimlarga ham ta’til beriladimi?

13-Savol. Internetda turli onlayn video darslar e’lon qilinmoqda. Vazirlik tomonidan tayyorlangan video darslarni qayerdan olishimiz mumkin?

Barcha savollarga javoblarni videoda bilib olishingiz mumkin👇

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talabalarga MY5 telekanali orqali soat 10:00dan 12:00gacha onlayn darslar bo'lib o'tadi.

⭕️ Rasmiy ||
@talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
Sherzod Shermatov: "Bugundan, ya’ni 24 martdan, maktablarda faqat rahbarlaridan biri (direktor yoki o‘rinbosari) va qorovullar ish joyida bo‘lsa yetarli. Avval xabar berganimizdek ishda qolayotgan boshqa o‘rinbosarlar, psixolog, yoshlar yetakchisi o‘z ishlarini masofadan turib bajarishga o‘tadilar yoki o‘z xohishlariga ko‘ra ta’tilga chiqadilar."

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
​​📌​​TA’TIL PAYTIDA MAKTAB O‘QUVChILARIGA MASOFAVIY TA’LIM OLISH UChUN QO‘SHIMChA IMKONIYAT YARATILDI

O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida maktab o‘quvchilariga muddatidan avval ta’til berilganligi sababli Xalq ta’limi vazirligi va hamkor tashkilotlar o‘quvchilar uyda mustaqil bilim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda.

Jumladan, Xalq ta’limi vazirligi va JICA loyihasi mutaxassislari matematika fanidan 6-7-8-sinf o‘quvchilariga mos 139 ta (6-sinf uchun 41 ta, 7-sinf uchun 75 ta, 8-sinf uchun 23 ta ) videodarslarni tayyorladi.

Har bir videodarsning davomiyligi taxminan 10 daqiqa bo‘lib, videodarslardan tashqari matnli xabarlarni chop etish va tekshirish testlari ham mavjud.

Videodarslardan quyidagi havola yordamida foydalanish mumkin:👇

https://uzkd.uzedu.uz/rpv/

ID: UZB-oblast-sinov
PW: L0MGT5

Videodarslarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari va ota-onalar quyidagi ariza shakllarini to‘ldiradilar:

https://forms.gle/XNoGs2F2vX3cZfW68

Anketani to‘ldirgandan so‘ng har bir o‘quvchi shaxsiy ID va kalit so‘z bilan ta’minlanib, uyda individual tayyorgarlikni boshlaydi. Ta’lim bepul taqdim etiladi.

Mazkur resurs TAS-IX tizimi doirasida bo‘lib, aksariyat internet provayderlar megabaytlarni sarflamay foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda masofadan taʼlim berilmoqda🎥

⭕️ Rasmiy ||
@talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw