Talim yangiliklari 🎓️
53.8K subscribers
131 photos
137 videos
43 files
780 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
Ўқитувчининг баҳо қўйишига аралашган фуқаро ва мансабдор шахслар жавобгарликка тортилади

Бугун бўлиб ўтаётган Сенатнинг бешинчи ялпи мажлисида Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга ўзгартириш киритишга оид қонун сенаторлар томонидан маъқулланди. Қонунга кўра, ўқитувчиларнинг касбий фаолиятига ноқонуний аралашиш ёки унинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун жазо белгиланмоқда.

Янги қонуннинг мазмуни шундаки, ўқитувчининг талабалар билимини баҳолашига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки бошқа ҳолларда унинг ишига тўсқинлик қилганлик учун фуқаролар базавий ҳисоблашнинг 10 бараваригача (2 млн 230 минг сўм), мансабдор шахслар эса 15 бараваригача (3 млн 345 минг сўм) жаримага тортилади.

Бу қонун ўқитувчилардан баҳо талаб қиладиган, уларнинг баҳолаш ишига аралашадиган ёхуд ўқитувчилик фаолиятини амалга оширишга тўсқинлик қиладиган шахсларга нисбатан қўлланади.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​IMTIYOZLAR BIZGA KERAKMI ?
O‘qishga imtiyoz bir yoshni quvontirsa, mingni xafa qiladi. Bunday imtiyoz nega kerak?

Yurtimizda millionlab yosh yigit-qizlar ko‘nglida bir olam orzu bilan oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kirishni istaydi. Bu yil qanday yangilik bo‘lar ekan, qabul o‘rinlari ko‘payarmikan, degan savollarga javob topish ilinjida intizor bo‘ladi. Ularning aksariyati o‘qishga kira olmasa, kelajagi, taqdiri qanday davom etishini bilmay, chuqur xavotirga tushadi.

Kechagina ommaviy axborot vositalari orqali oliy o‘quv yurtlariga qabul haqida batafsil axborot berildi. Har tugul qabul o‘rinlari o‘tgan yilgiga nisbatan oshgani ko‘plab yoshlarni quvontirdi. Lekin, menimcha, o‘qishga kirishda imtiyozlar berilishi to‘g‘risidagi yangiliklar chin dildan o‘qib, tayyorgarlik ko‘rib yurgan yoshlarimizni o‘ylantirib qo‘ydi, hatto qalbini og‘ritdi. Ularning o‘ylari, og‘riqlarini tushunishimiz kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolar teng huquqqa ega ekanliklari belgilangan. Demak, ota-onasi qayerda xizmat qilishi yoki fuqaroning ayrim yutuqlarga ega bo‘lishi Konstitutsiyada belgilangan meʼyordan ustun qo‘yilishi mumkin emas!

Nima uchundir maktabni aʼlo baholarga bitirib, oltin medal sohibi bo‘lgan abituriyentga hech qanday imtiyoz yo‘q, lekin respublika fan olimpiadalari g‘oliblariga imtiyoz belgilangan. Yoki bo‘lmasam, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalariga belgilangan imtiyoz. Agar shu tanlovda oliy taʼlimga imtihonsiz kirish imtiyozi bekor qilinsa, tanlovda qatnashuvchi qizlar tarkibi qanday o‘zgarar ekan?...

Mudofaa va huquq-tartibot idoralari tizimidagi xodimlar farzandlari uchun belgilangan imtiyozni ham tushunish qiyin. Shundog‘am bu tizimlardagi xodimlar katta imtiyozlarga ega. Endi ularning hisobidan farzandlariga ham imtiyoz berilishi qanchalik ijtimoiy adolat tamoyiliga to‘g‘ri keladi?... Aytaylik, oddiy dehqon yoki bog‘bonning o‘qishni dunyodagi hamma narsadan ko‘proq istaydigan qora ko‘z farzandi kimlargadir imtiyoz berilgani uchungina “yiqilsa", jamiyat, siz bilan biz unga adolatsizlik qilgan bo‘lmaymizmi? Bunday farzandlarning qalbi sinmaydimi? Dili og‘rimaydimi?..

Menimcha, harbiy xizmatni namunali o‘taganlik uchun tavsiya asosidagi imtiyozni ham faqat harbiy sohadagi taʼlimni davom ettirishga tatbiq etish lozim. Chunki ana shunday imtiyoz egalari hisobiga haqiqiy bilim va qobiliyatga ega, eng muhimi, o‘zi tanlagan soha bo‘yicha yillab tayyorgarlik ko‘rgan yigit-qizlar oliy taʼlimda o‘qish baxtidan benasib bo‘lib qolmoqdalar.

Fikrimcha, qayerda o‘rinsiz imtiyoz yaratilsa, o‘sha joyda korrupsiya, degan baloga keng eshik ochiladi. Shuning uchun ham uzoq hayot yo‘lining boshida turgan farzandlarimizni korrupsiya og‘usi bilan sug‘ormaylik, boshqalarini esa adolatsizlik bilan hayotdan norozi qilmaylik.

Maqsuda Vorisova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab direktori qarindoshim. Men ushbu maktabda o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritishim mumkinmi?

👨🏻‍💻Savol va murojaatlar uchun:
👉🏻 @toshviladliya_bot

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
O‘zbek tili va adabiyoti(3.2ball) va Tarix(3.1ball) fanlaridan tayyorlanayotgan abituriyentlar yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan oliygohlarga va yoʻnalishlarga 5 tagacha yoʻnalishni tanlangan holda hujjat topshirishlari mumkin.

❗️Eslatma: 1-tanlagan yoʻnalishiz ustuvor yoʻnalish hisoblanishini unutmang!

© Marifat.uz

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Forwarded from IT-MAVZU
O'qishga kira olmaslik fojia emas! Oliy ma'lumotga ega bo'lish kafolatli kelajak ham emas!

O'zim haqimda juda qisqa qilib aytaman. Yoshim 25 da. Tibbiyot kollejini tugatganman. 3 yil o'qishga kirolmadim. Keyin misqollab 650 $ pul to'plab Notebook sotib oldim va kompyuter dasturlaridan biri bo'lgan 3ds max dasturini o'rganishga kirishdim. O'z ustimda ko'p ishladim va ko'p qiyinchiliklarga duch keldim. Shu kasbim ortidan o'tgan yili Malibu 2 avtomashinasini sotib oldim. Ayni paytda asosiy daromadimni internet orqali topaman.

Bularni nega aytyapman?!
O'qishga kira olmasangiz siqilib yurmasdan kompyuter dasturlaridan birini professional darajada o'rgansangiz bemalol yaxshi daromadli ish topa olasiz.

P.s. Eng kerakli dasturlar, saytlar va foydali ma'lumotlarni IT Business School kanalimda yozganman.

👉 @ITbusiness_school
Geografiya(3.2ball) va Tarix(3.1ball) fanlaridan tayyorlanayotgan abituriyentlar yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan oliygohlarga va yoʻnalishlarga 5 tagacha yoʻnalishni tanlangan holda hujjat topshirishlari mumkin.

❗️Eslatma: 1-tanlagan yoʻnalishiz ustuvor yoʻnalish hisoblanishini unutmang!

© Marifat.uz

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Ona tili va adabiyot(3.2ball) va Tarix(3.1ball) fanlaridan tayyorlanayotgan abituriyentlar yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan oliygohlarga va yoʻnalishlarga 5 tagacha yoʻnalishni tanlangan holda hujjat topshirishlari mumkin.

❗️Eslatma: 1-tanlagan yoʻnalishiz ustuvor yoʻnalish hisoblanishini unutmang!

© Marifat.uz

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Расширенное видеоруководство по прохождению регистрации через официальный веб-сайт
(https://abitur.dtm.uz/login) Государственного центра тестирования

🎥Просмотр на YouTube (в формате HD)
👉https://youtu.be/RF4mzbVdbNM

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti
(https://abitur.dtm.uz/login) orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil videoqo‘llanma(rus tilida)

🎥Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)👉https://youtu.be/RF4mzbVdbNM

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Ўқувчилар учун онлайн олимпиада

🏢 Халқ таълими вазирлигининг Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти умумтаълим мактабларининг 8 ва 9 синф ўқувчилари ўртасида (алоҳида тарзда) математика 🧮 фанидан ўз билимларини синаб кўришлари учун имконият тақдим этади.

🗓 Жорий йилнинг 25 июнь (пайшанба) куни соат 11:00 да 8 синфлар ўртасида, эртаси, яъни 26 июнь (жума) куни соат 11:00 да 9 синфлар ўртасида математика фанидан онлайн олимпиада ўтказилади. Олимпиада топшириқлари 20 та тест саволларидан иборат бўлиб, бажариш учун иштирокчиларга 1 соат вақт ажратилади.

Онлайн олимпиадада иштирок этиш учун ўқувчилар olympiad.uzedu.uz (ёки oo.uzedu.uz) сайтига ўзларининг логин ва пароллари ёрдамида белгиланган вақтда киришлари керак.

📊Онлайн олимпиададан сўнг ўқувчилар ўз рейтингларини кўришлари ва QP-кодли иштирокчи сертификатларини юклаб олишлари мумкин бўлади.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
#Биласизми
Мактабларда ўқувчиларга тиббий хизмат кўрсатиш учун тиббиёт муассасалари томонидан тиббиёт ходимлари бириктирилади.

Тиббиёт ходимлари мактаб раҳбарияти ва педагог ходимлар билан бир қаторда даволаш-профилактика тадбирларини ташкил этиш, санитария нормалари, қоидалари ва гигиена нормативларига риоя қилиш, овқатланиш режими ва сифатига, ўқувчиларни тиббий кўрикдан ўтказиш ва соғломлаштириш учун масъулдирлар.

Бунда мактаб раҳбарияти томонидан тиббиёт ходимларининг фаолият олиб бориши учун зарур шарт-шароитлар (махсус жой, мебель ва тиббий жиҳозлар, биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш учун зарур бўлган дори-дармонлар) яратиб берилиши зарур.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlarida xotiramizni tekshirishadimi yoki bilimimizni?

«Fikrimcha, O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari bilim tekshirishga emas, yodlashga asoslangan. Men 4 marta universitetga kirishga harakat qilganman – ikkita davlat oliy ta'lim muassasasiga va ikkita harbiy universitetga.

Barcha imtihonlarda yiqilganman. Chunki tarix fanidan qaysidir yilni esimdan chiqarib qo‘yganman. «Yevropadagi ma'lum bir o‘zgarish qaysi sanada bo‘lgan», degan mazmundagi savol tushgan edi
. Xotiramni tekshirishyaptimi yoki bilimimnimi? Agar o‘sha vaziyatni aytib berish so‘ralsa, shunday aytib beraman – kino ko‘rgandek bo‘lasiz», deydi Jahongir Po‘latov.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy o‘rta-taʼlim maktablarida 2020-2021 o‘quv yilida ham variativ o‘quv rejalarini tajriba sinovidan o‘tkazish ishlari davom etiriladi

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Бухорода ўқитувчиларни мажбурлаб ишлатган директор жазоланди

Ижтимоий
тармоқларда “Таълим тизимида ҳамон мажбурий меҳнат ҳукмрон. Раҳбарлар учун ўқитувчи мардикорми?” номли хабар тарқатилганди. Бухоро вилоят халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати ушбу мақолага муносабат билдирди.

Жорий йилнинг 14 июнь куни «BUKHARA NEWS» ижтимоий тармоғи орқали Бухоро шаҳридаги 20-умумтаълим мактаби директори томонидан ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб этиш ҳолати аниқланганлиги ҳақида фото лавҳа эълон қилинди. Ушбу танқидий материал вилоят халқ таълими бошқармаси томонидан назоратга олиниб, мавжуд вазият батафсил ўрганиб чиқилди.

Вазифасига лоқайдлиги, ички интизомни таъминлай олмаганлиги сабабли халқ таълими бошқармаси томонидан мактаб директори Н. Ражабовага, шунингдек, ўқув-тарбия ишлари бўйича директор ўринбосари Б. Тешаевага тегишли тартибда интизомий жазо чоралари кўрилди.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Мактаб битирувчисига “Spark” совға қилинди

Ёдингизда бўлса жорий йилнинг январь ойида Олмазор туманида истиқомат қилувчи Муштарий Раззоқова Ўзбекистон Миллий Университетининг таэквондо факультетига талабалик сафига имтихонларсиз қабул қилинган эди.

278-мактабнинг 11-синф битирувчиси Раззоқова Муштарий Али қизи ўзининг ўқишда эришган ютуқлари ва аъло билмлари учун олтин медаль соҳиби бўлди.

Бугун Тошкент шаҳар ҳокимиятида ўтказилган “Ҳоким ва ёшлар” учрашувида шаҳар ҳокими Ж.Артикходжаев томонидан Муштарийга “Spark” русумли автомобиль совға қилинди.

2019 ва 2020 ўқув йилларида республикамиз мактабларини тамомлаган ўқувчилар орасида энг юксак чўққиларга эришиб “Spark” эгаси бўлган ягона ўқувчимиз туманимиз фахри бўлмиш Муштарийни Олмазор тумани ҳокимлиги номидан самимий қутлаймиз. Келгусидаги ўқиш ва ишларида омад тилиб қоламиз.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ҳоким ва ёшлар" учрашувида 55 та олтин 17 та кумуш медаллар эгаларига топширилди

"Ҳоким ва ёшлар" учрашуви қувончли хабар билан бошланди. Умумтаълим мактабларини олтин ва кумуш медалларга битирган энг зукко ва билимли ёшлар Олмазор тумани ҳокими ва сектор раҳбарлари томонидан тақдирландилар.

Учрашувда ташаббускор ва фаол ёшлар ўзларининг келажак режалари, уларни қийнаётган муаммолар ҳақида очиқ-ойдин гапирдилар. Олмазор туманида ёш тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш, ёшларда интернетдан фойдаланиш маданиятини ошириш, айниқса, уюшмаган ёшлар билан ишлаш тизимини ишлаб чиқиш бўйича берилган таклифлар юзасидан атрофлича фикр алмашилди.

"Ёшлар куни" муносабати билан талабалар шаҳарчасидаги "Ёшлар маркази" биносида ўтказилган учрашув Олмазор туманидаги 31 та умумтаълим мактаби битирувчилари учун унутилмас таассуротларга бой бўлди

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari (@eduuz).pdf
1.8 MB
#RASMAN #TEZKOR

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

Joriy yilda faqat ikkita mutaxassislik fanidan test sinovlari o‘tkazilishi rasman ma’lum bo‘ldi.

Mazkur faylda qaysi ta’lim yo‘nalishlarida qaysi fanlardan test sinovlari bo‘lishini bilib olishingiz mumkin.

Masalan, tarix yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar tarix (3,2) va geografiya (3,1) fanlaridan test topshiradilar.

♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim tizimi haqida achchiq haqiqatlar(albatta koʻring!)

© Kabul Dusov

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Fuqaroligi bo‘lmaganlar oliygohlarga qanday tartibda hujjat topshiradi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OTMlardagi qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Davlat komissiyasining 2020-yil 1-son bayoniga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish imtihonlarida ishtirokini ta’minlash maqsadida, ular oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalarida sanitariya-gigiyena talabalariga qat’iy amal qilgan holda belgilangan tartibda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bunda, boshqa toifadagi abituriyentlar OTMlarning qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi qat’iy belgilandi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Янги ўқув йилидан 9-11 синф ўқувчилари учун янги таълим шакли жорий этилади

2020-2021 янги ўқув йилидан бошлаб республикамиз бўйича 65 та академик лицейлар, 339 та касб-ҳунар мактаблар, 211 та коллеж ҳамда 176 та техникумларда қабул жараёнлари ташкил этилади.

Академик лицей ва касб-ҳунар мактабларига умумий ўрта таълим мактабларининг 9-синф битирувчилари қабул қилиниб, 2 йиллик кундузги таълим шакли асосида ўқитилади.

Коллежларга умумий ўрта таълим мактабларининг 11-синф битирувчилари қабул қилинади. Ўқиш 2 йилгача бўлган муддатда кундузги, кечки ва сиртқи таълим шаклларида давлат буюртмаси ҳамда тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Техникумларга умумий ўрта таълим мактабларининг 11-синф битирувчилари қабул қилинади. Ўқиш 2 йилдан кам бўлмаган муддатда кундузги, кечки ва сиртқи таълим шаклларида давлат буюртмаси ҳамда тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Профессионал таълим муассасалари ва академик лицейларда таълим рус ва ўзбек тилларида олиб борилади.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha abituriyentlar bilish va koʻrish kerak boʻlgan video👉00:00

- 5 ta yoʻnalishni tanlash tartibi haqida bilasizmi ?
- taʼlim shakli bir xil boʻlishi kerak degani nima degani ?
- faqat majmuasi bir xil boʻlishi kerak degani-chi ?
- ustuvor taʼlim yoʻnalishini qanday tanlash kerak bu qanchalik muhim ?
- 5 ta yoʻnalishni tanlasam 5 marta imtihon topshiramanmi ?
-
birinchi tanlagan yoʻnalishimga kantakt kirsam ikkinchi tanlaganimga budjet kirsam 1-sida oʻqishga majburmanmi ?

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/3OELk4vEzjA

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg