Talim yangiliklari 🎓️
54K subscribers
129 photos
134 videos
42 files
771 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
Бухорода ўқитувчиларни мажбурлаб ишлатган директор жазоланди

Ижтимоий
тармоқларда “Таълим тизимида ҳамон мажбурий меҳнат ҳукмрон. Раҳбарлар учун ўқитувчи мардикорми?” номли хабар тарқатилганди. Бухоро вилоят халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати ушбу мақолага муносабат билдирди.

Жорий йилнинг 14 июнь куни «BUKHARA NEWS» ижтимоий тармоғи орқали Бухоро шаҳридаги 20-умумтаълим мактаби директори томонидан ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб этиш ҳолати аниқланганлиги ҳақида фото лавҳа эълон қилинди. Ушбу танқидий материал вилоят халқ таълими бошқармаси томонидан назоратга олиниб, мавжуд вазият батафсил ўрганиб чиқилди.

Вазифасига лоқайдлиги, ички интизомни таъминлай олмаганлиги сабабли халқ таълими бошқармаси томонидан мактаб директори Н. Ражабовага, шунингдек, ўқув-тарбия ишлари бўйича директор ўринбосари Б. Тешаевага тегишли тартибда интизомий жазо чоралари кўрилди.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Мактаб битирувчисига “Spark” совға қилинди

Ёдингизда бўлса жорий йилнинг январь ойида Олмазор туманида истиқомат қилувчи Муштарий Раззоқова Ўзбекистон Миллий Университетининг таэквондо факультетига талабалик сафига имтихонларсиз қабул қилинган эди.

278-мактабнинг 11-синф битирувчиси Раззоқова Муштарий Али қизи ўзининг ўқишда эришган ютуқлари ва аъло билмлари учун олтин медаль соҳиби бўлди.

Бугун Тошкент шаҳар ҳокимиятида ўтказилган “Ҳоким ва ёшлар” учрашувида шаҳар ҳокими Ж.Артикходжаев томонидан Муштарийга “Spark” русумли автомобиль совға қилинди.

2019 ва 2020 ўқув йилларида республикамиз мактабларини тамомлаган ўқувчилар орасида энг юксак чўққиларга эришиб “Spark” эгаси бўлган ягона ўқувчимиз туманимиз фахри бўлмиш Муштарийни Олмазор тумани ҳокимлиги номидан самимий қутлаймиз. Келгусидаги ўқиш ва ишларида омад тилиб қоламиз.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ҳоким ва ёшлар" учрашувида 55 та олтин 17 та кумуш медаллар эгаларига топширилди

"Ҳоким ва ёшлар" учрашуви қувончли хабар билан бошланди. Умумтаълим мактабларини олтин ва кумуш медалларга битирган энг зукко ва билимли ёшлар Олмазор тумани ҳокими ва сектор раҳбарлари томонидан тақдирландилар.

Учрашувда ташаббускор ва фаол ёшлар ўзларининг келажак режалари, уларни қийнаётган муаммолар ҳақида очиқ-ойдин гапирдилар. Олмазор туманида ёш тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш, ёшларда интернетдан фойдаланиш маданиятини ошириш, айниқса, уюшмаган ёшлар билан ишлаш тизимини ишлаб чиқиш бўйича берилган таклифлар юзасидан атрофлича фикр алмашилди.

"Ёшлар куни" муносабати билан талабалар шаҳарчасидаги "Ёшлар маркази" биносида ўтказилган учрашув Олмазор туманидаги 31 та умумтаълим мактаби битирувчилари учун унутилмас таассуротларга бой бўлди

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari (@eduuz).pdf
1.8 MB
#RASMAN #TEZKOR

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

Joriy yilda faqat ikkita mutaxassislik fanidan test sinovlari o‘tkazilishi rasman ma’lum bo‘ldi.

Mazkur faylda qaysi ta’lim yo‘nalishlarida qaysi fanlardan test sinovlari bo‘lishini bilib olishingiz mumkin.

Masalan, tarix yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar tarix (3,2) va geografiya (3,1) fanlaridan test topshiradilar.

♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim tizimi haqida achchiq haqiqatlar(albatta koʻring!)

© Kabul Dusov

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Fuqaroligi bo‘lmaganlar oliygohlarga qanday tartibda hujjat topshiradi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OTMlardagi qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Davlat komissiyasining 2020-yil 1-son bayoniga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish imtihonlarida ishtirokini ta’minlash maqsadida, ular oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalarida sanitariya-gigiyena talabalariga qat’iy amal qilgan holda belgilangan tartibda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bunda, boshqa toifadagi abituriyentlar OTMlarning qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi qat’iy belgilandi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Янги ўқув йилидан 9-11 синф ўқувчилари учун янги таълим шакли жорий этилади

2020-2021 янги ўқув йилидан бошлаб республикамиз бўйича 65 та академик лицейлар, 339 та касб-ҳунар мактаблар, 211 та коллеж ҳамда 176 та техникумларда қабул жараёнлари ташкил этилади.

Академик лицей ва касб-ҳунар мактабларига умумий ўрта таълим мактабларининг 9-синф битирувчилари қабул қилиниб, 2 йиллик кундузги таълим шакли асосида ўқитилади.

Коллежларга умумий ўрта таълим мактабларининг 11-синф битирувчилари қабул қилинади. Ўқиш 2 йилгача бўлган муддатда кундузги, кечки ва сиртқи таълим шаклларида давлат буюртмаси ҳамда тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Техникумларга умумий ўрта таълим мактабларининг 11-синф битирувчилари қабул қилинади. Ўқиш 2 йилдан кам бўлмаган муддатда кундузги, кечки ва сиртқи таълим шаклларида давлат буюртмаси ҳамда тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Профессионал таълим муассасалари ва академик лицейларда таълим рус ва ўзбек тилларида олиб борилади.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha abituriyentlar bilish va koʻrish kerak boʻlgan video👉00:00

- 5 ta yoʻnalishni tanlash tartibi haqida bilasizmi ?
- taʼlim shakli bir xil boʻlishi kerak degani nima degani ?
- faqat majmuasi bir xil boʻlishi kerak degani-chi ?
- ustuvor taʼlim yoʻnalishini qanday tanlash kerak bu qanchalik muhim ?
- 5 ta yoʻnalishni tanlasam 5 marta imtihon topshiramanmi ?
-
birinchi tanlagan yoʻnalishimga kantakt kirsam ikkinchi tanlaganimga budjet kirsam 1-sida oʻqishga majburmanmi ?

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/3OELk4vEzjA

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Hurmatli blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanallar administratorlari!

Oxirgi 2 yil davomida ochiqlik siyosati tufayli, yillar davomida e'tibordan chetda qolgan achinarli maktablarning holatlari sizlar tomoningizdan yoritilishi joylarda maktablarimizga bo‘lgan e’tiborni oshirib, minglab maktablar ta’mirlandi. Davlat va mahalliy byudjetlardan maktablar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratildi hamda homiylarning mablag‘lari jalb etildi.

Natijada istalgan hududda oxirgi 2 yilda 2015-2016 yillardagiga qaraganda kamida 3-4 barobar ko‘p mablag‘lar maktablarimiz holatini yaxshilashga safarbar etildi.

Shu bilan birga, oxirgi kunlarda eski rasmlarni olib, yoki umuman ishlatilmaydigan (konservatsiya qilingan) binoning rasmini qo‘yib, mana bizning maktablarimizning ahvoli deb notog‘ri ma’lumotlar asosida xaypga berilish kuzatilmoqda.

Bunga misol qilib yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir rasmni olaylik. Qashqadaryodagi 183-maktabning ahvoli Afg‘onistondan ham battar degan ma’noda tarqatilgan rasm. Aslida esa, bu 183-maktab emas, uning o‘quvchilari kollejdan bo‘shagan binoda o‘qiydi. Bu rasm kamida 2 yil avval boshqa maktabda olingan. Hozir bu bino dars o'tish uchun ishlatilmaydi va 2018 yil “Obod qishloq” dasturi orqali ta’mirlangan boshqa binoda dars o‘tiladi.

Bu holat bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan rasmiy munosabat ham bildirilgan https://t.me/qashqadaryo_vxtb/31140

Lekin unga hech kim qaramay, ko‘pchilik xayp qilish bilan ovora.

Joylarda muammo ko‘pligi sir emas, lekin bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlar aholini faqat chalg‘itadi va joylardagi xodimlarni ovora qiladi.

Iltimos, biron-bir rasmni yuz minglab obunachiga ega kanallarda muhokama qilishdan oldin haqiqatga to‘g‘ri kelishini tekshirib qo‘yinglar. Yoki izohlar bilan “toshbo‘ron” qilishdan avval o‘sha maktab xodimlari, hududdagi tuman yoki viloyat xalq ta’limi bo‘linmalaridan surishtirib ko‘ring. Ular vaqtida javob berolmasa, marhamat, Xalq ta’limi vazirligining yangi matbuot kotibidan so‘rashingiz mumkin bo‘ladi: Laylo Rustamova @xtvpress

Eng achinarlisi, bu kabi yolg‘on vahimani deb, haqiqiy muammoli maktablar chetda qolib ketishi mumkin.

Koronavirus tufayli issiqda uyda o‘tirish ham ko‘pchilikning asabiga salbiy ta’sir qilib turgan vaqtda bu kabi yolg‘on xayplarga berilishdan maqsad nima ekanligini o‘rganib ko‘rish kerak.

© https://bit.ly/2Ywe4H5

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari (@eduuz).pdf
1.8 MB
#RASMAN #TEZKOR

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

Joriy yilda faqat ikkita mutaxassislik fanidan test sinovlari o‘tkazilishi rasman ma’lum bo‘ldi.

Mazkur faylda qaysi ta’lim yo‘nalishlarida qaysi fanlardan test sinovlari bo‘lishini bilib olishingiz mumkin.

Masalan, tarix yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar tarix (3,2) va geografiya (3,1) fanlaridan test topshiradilar.

♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Oltin🏅 va kumush🥈 medallar kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlangan.

🥇Unga ko‘ra, oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

🥈Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.

Oltin va kumush medallarni berilishi yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzasidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​O‘zbekiston maktablarida darslar yangi o‘quv yilida ham onlayn rejimida davom ettirilishi mumkin

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 2020/2021-o‘quv yilida ham maktablardagi darslarni masofadan o‘tishga tayyorlanmoqda. Vazirlik tomonidan Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Mazkur hujjat Milliy teleradiokompaniyada “Onlayn maktab” loyihasi uchun doimiy studiya tashkil etishni ko‘zda tutadi. Koronavirus pandemiyasi davrida televizon videodarslar namoyish etilgan telekanallardan xalq ta’limi tizimida masofaviy ta’limni rivojlantirish maqsadlarida foydalanish tartibini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Mazkur uchta telekanaldan “Onlayn maktab” loyihasini davom ettirish maqsadida foydalaniladi va yanada takomillashtiriladi.

Shuningdek, “onlayn maktab” loyihasi doirasida 2020-yil 1-avgustdan boshlab, 2020/2021-o‘quv yili uchun televizion videodarslarni tasvirga olishni yo‘lga qo‘yish, mazkur videodarslarni har o‘quv yili davomida efirda namoyish etib borish rejalashtirilmoqda.

Qarorga ko‘ra, o‘qituvchilar har bir o‘tilgan videodars uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi, surdopedagoglar esa 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq oladi.

Platforma mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli boshlangan masofaviy ta’limni tartibga solishga imkon berishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida o‘quv dasturlari ixtisoslashgan, ijodiy maktablar, shuningdek, mamlakatdagi prezident maktablari bilan hamkorlikda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika) dasturi asosida yaratiladi.

Bir oy ichida darslarni tasvirga olish studiyasini texnik jihozlash, 1-sentabrgacha esa www.maktab.uz platformasini yaratish rejalashtirilmoqda. Platforma ishini tashkil qilish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining virtual serveridan imtiyozli shartlarda resurslar ajratiladi.

Mobil aloqa kompaniyalari sms xabarlar va boshqa qo‘shimcha xizmatlar yordamida www.maktab.uz platformasini bepul asosda ommalashtirishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, yangi platforma Discovery, National Geographic va BBC kanallari bilan hamkorlikda hujjatli ilmiy-ommabop filmlar namoyish etadi.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat og‘irlashib, karantin qoidalari kuchaytirilgan taqdirda “onlayn maktab” rukni ostida televizion videodarslarni tasvirga olish jarayoni Respublika maxsus komissiya tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatildi. Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi. Maktablardagi yakuniy imtihonlar esa o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Maktablarga sharoit yaratishda hokimlarga juda ko‘p masala bog‘liq

Toshkentdagi yangi taʼmirlanayotgan maktablar haqida videoroliklar eʼlon qilingandan keyin juda ko‘pchilik qachon viloyatlarda bo‘ladi degan maʼnoda izohlar yozgan ekan. Mana, birgina Namangan viloyati misolida bo‘lgan o‘zgarishlarni ushbu videoda ko‘rishingiz mumkin. Namangan viloyati hokimi tomonidan xalq taʼlimi tizimiga alohida eʼtibor qaratilishi natijasida oxirgi 2 yilda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1) 2018-2019 yillarda 9 ta yangi maktab qurildi, 85 ta taʼmirlandi, ularga ajratilgan mablag‘lar 2015-2016 yillardagiga qaraganda 4 barobardan ortiq (viloyatlar hokimliklari maktablar qurilishi bo'yicha Buyurtmachi vazifasini bajaradi, shuning uchun joylardagi qurilish sifati nazorati ularda).

2) 183 ta maktab burjuyka pechlaridan xalos bo‘ldi (bu tajribadan kelib chiqib qolgan viloyatlar ham maktablarda to‘liq burjuykani yo‘qotishni vaʼda berishgan edi, lekin xali joylarda uchrab turibdi. Ular ham shu o‘quv yiligacha tugatiladi deb umid qilamiz).

3) 165 ta maktab ichimlik suvi bilan taʼminlandi (afsuski, baʼzi viloyatlarda suvni tashib keltirish xarajatlarini ham maktab jamoasiga yuklab qo‘yish holatlari mavjud ekan).

4) barcha ta'mirtalab maktab hojatxonalarini yangidan qurish yoki ta'mirlash uchun homiylar biriktirildi (afsuski, ba'zi viloyatlarda bu masala maktab jamoasining o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda).

Hokim maktab muammosini yechishga haqiqatda yordam berishga harakat qilsa, joylardagi taʼlim masʼullari muammolarni berkitishga emas, balki hokimga aytib, ularni birgalikda yechimini topishga harakat qiladilar.

Agar taʼlim masʼullarini eshitib maktablarda kamchilik bo‘lsa mablag‘ bilan yordam berish o‘rniga hokimlar o‘zing hal qil deydigan bo‘lsa, unda joylardagi taʼlim mutasaddilari muammoni berkitishga yoki o‘qituvchi va ota-onalardan noqonuniy pul yig‘ish orqali mavjud muammolarni hal etishga harakat qiladilar.

Albatta, Namangan maktablarida hamma masala hal bo‘ldi degan fikrdan ancha yiroqmiz. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. O‘zim avval borgan maktablarning hali anchasiga mablag‘ yetmaganligi tufayli taʼmirlanmaganligiga ham guvoh bo‘ldim. Sababi, ajratilgan mablag‘lar undanda yomon maktabning taʼmiriga yo‘naltirilgan. Ko‘p masala iqtisodiy ahvolimiz va moliyaviy resurslarga bog‘liqligi hammamiz bilamiz.

Shuning uchun hokimlarimiz va sektor rahbarlari joylardagi maktablarimiz sharoitlarini yaxshilashga haqiqiy yordamlarini ayamaydilar deb umid qilamiz. Batafsil: https://bit.ly/2Blsv85

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Диққат! 1-синфга ҳужжатлар қабули 6 июлдан бошланади

Пойтахтимиздаги умумий ўрта таълим мактабларининг 1-синфига ҳужжатлар қабули 6 июлдан бошланади.
Саволлар билан ота-оналар ўзи истиқомат қилаётган тумандаги халқ таълими бўлими ёки юқорида кўрсатилган телефон рақами орқали мурожаат этишлари мумкин.


Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Mana buni yangilik desa boʻladi!
Maktab o‘qituvchilarining yillik taqvim reja va konspekt yuritishi bekor qilindi

«Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qarorga muvofiq, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni yuritish bekor qilindi.

Maktab o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnali elektron tizim orqali ham yuritilishi mumkinligi belgilandi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Асакада сохта диплом ваъда қилган коллеж ҳисобчиси 1100 доллар пора билан қўлга тушди

Асакада ҳамширалик иши йўналишида ўқиганлиги ҳақида диплом олиб беришни ваъда қилган коллеж ҳисобчиси 1100 доллар пора билан қўлга тушди. Бу ҳақда Бош прокуратура матбуот хизмати хабар берди.

Маълум бўлишича, тумани тиббиёт коллежи бош ҳисобчиси Б.Х. фуқаро З.нинг ишончига кириб, унга юқори лавозимда ишловчи танишлари орқали ҳамширалик иши йўналишида ўқиганлиги ҳақида диплом олиб беришни ваъда қилган.

Эвазига олдиндан талаб қилган 1100 долларини олган вақтида Бош прокуратура ҳузуридаги департаментнинг Асака тумани бўлими томонидан ДХХ ходимлари билан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда ашёвий далил билан ушланган.

Мазкур ҳолат юзасидан Б.Х.га нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси (Фирибгарлик) 3-қисми ва 28, 211-моддаси (Пора бериш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
⁉️САВОЛ:

Олий ўқув юртига кириш имтиҳонини топшириш учун ходимларга қандай имтиёз берилади?

❗️ ЖАВОБ:
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 254-моддасига асосан:

🔹кириш имтиҳонлари топширишга рухсат этилган ходимларга олий ўқув юртларига кириш учун камида ўн беш календарь кун, муддат билан иш ҳақи сақланмаган ҳолда таътил берилади;
🔹ўқув юртлари жойлашган ерга бориш ва қайтиб келиш вақти бу ҳисобга кирмайди.

Мана шу вазиятга алоҳида эътибор беринг, бу ерда камида 15 кун муддат дейилмоқда, демак абитуриент ходимга ОТМга имтиҳон топшириши учун 15 кундан кўп, яъни масалан, 20 кун ёки 30 кунлик иш ҳақи сақланмаган таътил ҳам берилиши ҳам мумкин.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Дипломини нострификация қилишни истаган Самарқанд, Жиззах, Навоий ва Қашқадарёда талабалари диққатига!

Самарқанд давлат университетининг бош биносида (Самарқанд шаҳри, Университет хиёбони кўчаси, 15-уй) 2020 йил 10-11 июль кунлари хорижий давлатларда таълим олганлик тўғрисидаги ҳужжатларни тан олиш учун соҳалар бўйича навбатдаги синов тестлари бўлиб ўтади. Бу ҳақда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси маълум қилди.

Ушбу тестларда Самарқанд, Жиззах, Навоий ва Қашқадарё вилоятларида яшовчи фуқаролар қатнашади.

Синов тестлари ўтказиладиган санаси ва синов тестида иштирок этувчилар рўйхати билан қуйида танишишингиз мумкин:

👉Ҳуқуқшунослик

👉Соғлиқни сақлаш ва ижтимоий таъминот

👉Иқтисодиёт

👉Қишлоқ хўжалиги, муҳандислик, ишлов бериш ва қурилиш

👉Педагогика фанлари

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
📌 Joriy yilning sentabr oyidan xususiy maktablarda onlayn dars bo‘lsa, to‘lovni 100% olishadimi?

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ushbu savolga javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat umumta’lim tashkilotining namunaviy ustaviga muvofiq, o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan nodavlat umumta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi. Shu sababli nodavlat umumta’lim tashkilotlarida badal to‘lovi turlicha miqdorda belgilanishi mumkin.

Karantin munosabati bilan 2020-yil 1-sentyabrdan nodavlat umumta’lim tashkiloti tomonidan dars mashg‘ulotlari onlayn shaklda tashkil etiladigan bo‘lsa, tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada darsni tashkil etish shakli hamda to‘lov miqdorini shunga mutanosib ravishda belgilash yuzasidan tomonlar kelishib olishlari kerak.

Ma’lumki, ayrim nodavlat umumta’lim tashkilotlarida o‘qishdan tashqari ta’lim oluvchilarni ovqatlantirish ham amalga oshiriladi. Yangi to‘lov miqdorini belgilashda ovqatlantirish va ta’lim oluvchi bilan yakka tartibda ishlash xarajatlari chegirib tashlanib, to‘lov miqdori kamaytirilishi mumkin.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​#DIQQAT #TEZKOR #RASMAN: 📌Oʻquv markazlari va bolalar bog‘chalari yopiladi

😷 Respubika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10-iyuldan 1-avgustga qadar O‘zbekistonda karatin cheklovlari kuchaytiriladi. 

❗️ Shu jumladan, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat‘i nazar maktabgacha ta‘lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtalidi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube